• Hududiy rekreatsion tizimlar 4ta asosiy turga bo’linadi
  • Rekreatsiya va turizm geografiyasining obyekti va predmeti




    Download 0,56 Mb.
    bet3/59
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #142301
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
    Bog'liq
    TURIZM DARSLIK

    Rekreatsiya va turizm geografiyasining obyekti va predmeti


    Rekreatsion geografiya XXasrning ikkinchi yarmidan rivojlana boshladi. Mazkur fanning rivojlanishida V.S.Pereobrajenskiy, A.A.Vinch, P.G.Safiya, I.P.Gerasimov, A.A.Shashina, A.P.Avtsin, A.D.Lebedov va boshqalarning xizmatlari katta.
    Hududiy rekreatsion tizimlar, turli xil reaksion tizimlarning shakllanishi, rivojlanishi, tarqalishi rekreatsion geografiyaning o’rganish obyekti bo’lib hisoblanadi. (1975 – yil)

    Hududiy rekreatsion tizimlar 4ta asosiy turga bo’linadi:


    1. Davolovchi;

    2. Sog’lomlashtiruvchi;

    3. Sport;

    4. Bilish.

    Davolovchi hududiy reaksion tizimlarda davolash tibbiy omillar vositasida amalga oshiriladi. Ularga mineral suvlar (ichiladigan, cho’miladigan, balchiqlar), iqlimiy shart – sharoit kiradi.
    Hududiy rekreatsion tizimlarni ikkinchi va uchinchi turida kishilarning sog’lig’ini mustahkamlaydigan chora – tadbirlar qo’llaniladi. Mazkur chora- tadbirlar kishilarning charchog’ini yozishga va oshirishga yo’naltiriladi. Bunda piyoda yurish, sayohat, ekskursiyalar, turli-xil tomoshalar havo va quyosh vannalari, cho’milish (dengizda, daryoda, ko’lda) katta o’rin tutadi.
    Hududiy rekreatsion tizimlarning to’rtinchi turi yangi hodisalar, jarayonlar va barcha narsalarni bilishga asoslangan. Bundadavolash, sog’lomlashtirish va umummustahkamlash tadbirlariga ko’proq e’tibor beriladi.
    Turizm geografiyasining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishida dastlabki izlanishlar XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin I.G.Kol tomonidan olib borilgan. Bu tadqiqot dam olish, turizm geografiyasi bo’yicha ilk qadamlardan biri bo’ldi.Shu davrda nemis A.Gettner ham o’z izlanishlarida turizm geografiyasi o’ziga xos jihatlarini ochib berdi. U
    turizm geografiyasining predmeti bo’yicha ilmiy ishlar olib borib, yirik shaharlar atrofida tabiat va iqlim resurslaridan foydalanish xususiyatlariga katta e’tibor berdi. Shuningdek, Gettner sayohat paytida kishilarning tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy hamda rekreatsiya resurslaridan foydalanishini turizm geografiyasining predmeti deb ta’kidlaydi. Turizm geografiyasi bilan rekreatsiya geografiyasini bir – biriga qo’shilgan holda, yaxlit predmet sifatida ko’rishgan.
    Turizmni iqtisodiyotning asosiy tarmog’i sifatida qaralganda uning to’rtta asosiy hududiy bo’g’inlari yoki bosqichlarini ajratish mumkin: xalqaro, milliy, mintaqaviy va mahalliy turizm.
    Turizm geografiyasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir bo’lagi bo’lib, u turli mamlakat va mintaqalarda sayyohlikning shakllanishi, rivojlanish va hududiy tashkil etish xususiyatlari hamda qonuniyatlarini o’rganadi.
    Rekreatsion geografiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • tabiiy resurslarni rekreatsion maqsadlarda baholash;

    • asosiy iqlimiy mintaqalar va tabiat zonalari hamda landshaftlarning tabiiy rekreatsion imkoniyatlarini baholash;

    • rekreatsion iste’molni o’rganish va baholash;

    • O’zbekistonda rekreatsion jarayonlarning rivojlanish jarayonlarining rivojlanish xususiyatlarini o’rganish.

    Fanning maqsadlari sifatida:

    • rekreatsiya va turizmning asl mohiyatini ochib berish;

    • rekreatsiya va turizmning taraqqqiyot yo’li, tajribasi, hozirgi kundagi muammolarini aniqlab olish;

    • xalqaro turizmning regional, hududiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib berish;

    • sohaga oid tushuncha va ahamiyatlarni ta’riflash.

    Turizm geografiyasi ko’plab tabiiy va gumanitar fanlar bilan jumladan, rekreatsiya geografiyasi, tibbiyot geografiyasi, landshaftshunoslik, o’lkashunoslik, mamlakatshunoslik hamda iqtisodiyot, tarix, etnografiya, huquqshunoslik hamda iqtisodiyot, tarix, etnografiya, huquqshunoslik va boshqalar bilan bog’liq holda taraqqiy etadi.
    Turizm geografiyasi o’z tadqiqot doirasida ayniqsa rekreatsiya geografiyasi bilan uzviy bog’liqdir. Sababi har qanday turistik sayohat davomida kishilar ma’lum darajada dam oladilar, o’z kuch – quvvatini tiklaydilar. Ayni vaqtda rekreatsiya, ya’ni dam olish, davolanish paytida albatta vaqt – vaqti bilan turli sayyohlik tadbirlari o’tkaziladi, marshrutlarga chiqiladi. Shu jihatdan bu ikki tarmoq bir – birini to’ldirib turadi.
    R.Abdumalikovning fikricha , turizm –sayohat paytida “tur “ (belgi) o’rganish degan ma’nopni bildirib tog’ ,adirlar va uzoq masofalarga sayohat qilish , oxirgi manzilga belgi qo’yib kelish yoiki cho’qqiga chiqqanini bildirish uchun biron belgi qo’yishni anglatadi ,deb tariflaydi (Abdimalikov,1978). Bu fikr ko’proq o’lkashunosligi va turizm bilan bog’liqdir.

    • O’zbekiston Respublikasi “Turizm to’g’risidagi qonuni” da turizm jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan so’lomlashtirish, ma’rifiy ,kasbiy - amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda

    (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda uzog’i bilan bir yil muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi);

    • turist - O’zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo’nab ketgan) jismoniy shaxs;

    • turistik resurslar - tegishli hududning tabiiy-iqlim, sog’lomlashtirish, tarixiy madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy -maishiy obektlari majmui;

    • turistik indistura - turistik faoliyatning turistlarga xizmat ko’rsatishini ta’minlovchi turli subektlari (mehmonxonalar ,turistik komplekslar , kempinglar , modellar ,pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, sport muassalari va boshqalar) majmui;

    • gid (ekskursiya etakchisi) -tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko’rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya;

    • axborot,tashkiliy yo’sindagi xizmatlar va mamlakatga yordam korsatuvchi jismoniy shaxs.

    Ikkinchi jahon urushi davrida turizimga doir ilmiy izlanioshlar tadqiqotlar birmuncha pasaydi. Urushdan keying i 50-60-yillarda turizim geografiyasini o’rganishda Fransiya , Britaniya, Avstraliya, Yaponiya va boshqa davlatlarda keng ko’lamli o’rganiladi.
    XX asrning ikkingi yarmidan keyin Sobiq ittifoqda ham bu yo’nalish bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borildi .Jumladan
    ,N.S.Mironenko va L.T.Tverdoxlebov(1984) rekreatsiya va turizmning geografik xususuyatlari to’g’risida , P.N.Zachinyaev , N.S Falkov ich (1972) xalqaro turizmning geografik joylashishi va rivojlanishi bo’yicha ilmiy asar yaratdi. Bundan tashqari turizm geografiyasining nazariy va
    uslubiy asoslari I. I.Pirojnik , A.Yu.Aleksandrova , S.R.Erdavletov va boshqalar ham ilmiy ishlarida ko’rish mumkin.



    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rekreatsiya va turizm geografiyasining obyekti va predmeti

    Download 0,56 Mb.