EKSKURSIYALARNI TASHKIL QILISH, KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING AHAMIYATI
Reja:
Ekskursiyani olib borish
Ekskursiya obektlarini namoyish etish metodlari:
oldindan ko`rib chiqish;
ko`rish orqali rekonstruksiyalash;
voqealarni lokalizatsiyalash;
ko`rganlarni taqqoslash;
“gid portfeli”dagi ko`rgazmali vositalarni ko`rsatish;
obektni avtobus harakati paytida ko`rsatish;
panoramali ko`rsatish.
Tayanch iboralar: Ekskursiyani olib borish, ekskursiya obektlarini namoyish etish metodlari: oldindan ko`rib chiqish; ko`rish orqali rekonstruksiyalash; voqealarni lokalizatsiyalash; ko`rganlarni taqqoslash; “gid portfeli”dagi ko`rgazmali vositalarni ko`rsatish; obektni avtobus harakati paytida ko`rsatish;panoramali ko`rsatish.
1. Ekskursiyani olib borish
Avval aytib o`tilganidek, ekskursiya bu diqqatga sazovor, tarixiy joylarni ko`rsatish va ularning ushbu o`lka iqtisodiyoti, madaniyati, tabiyatiga tutgan o`rni haqida hikoya qilish bilan harakterlanadi. Ekskursiyaning bu ikki elementi bir-biri bilan uzviy bog`liqdir.U yoki bu obektlarning mavjudligi hikoya mazmunini belgilaydi, hikoyaning o`zi esa, ko`rsatish uchun aniq obektning mavjudligini talab qiladi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, ekskursiya uchun eng muhimi ko`rsatish, namoyish etishdir.U aniq bir reja texnologik harita asosida olib boriladi. Namoyish etish-obektlar tahlili, zaruriy tushuntirishlar, xulosalar bilan to`ldiriladi.
V.A.Sichinava fikricha, ekskursiyaga muhim rol o`ynaydigan ko`rgazmali vositalar 3 turga bo`linadi:
ekskursiya marshrutidagi haqiqiy(asosiy) ekskursiya obektlari;
qo`shimcha illyustrativ materiallar(gid portfelidagi ko`rgazmali materiallar);
so`zli-obrazli material gid mahoratiga bog`liq bo`lib, voqealarni yorqin tushuntirib berish evaziga erishiladi.
|