• II BO‘LIM. UMUMIY IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR
  • 3-BOB. MOLIYAVIY NATIJALARNING SHAKLLANISHI
  • Давлат статистика щисоботи




    Download 83 Kb.
    bet1/2
    Sana16.02.2024
    Hajmi83 Kb.
    #157562
      1   2
    Bog'liq
    1-kb shakli 3-боб



    1-kb shakli (yillik) “MIKROFIRMA VA KICHIK KORXONANING HISOBOTI” SHAKLINI TO‘LDIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISHLAR

    Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli korxona va tashkilotlarning toifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003- yil 30- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


    1998- yil 9- apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1987-sonli Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi PF-3305-sonli Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016- yil 24- avgustdagi “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlar tasniflagichiga muvofiq belgilanadi.
    II BO‘LIM. UMUMIY IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR

    Bo‘limni to‘ldirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil


    5- fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (tovarlar,ishlar va xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002- yil 27- dekabrdagi 140-son bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar”ga (ro‘yxatga olish 1209 24.01.2003- y.) asosan to‘ldirilishi zarur.


    3-BOB. MOLIYAVIY NATIJALARNING SHAKLLANISHI

    201.1-satrda elektron tijorat bilash shug‘ullanuvchi tashkilotlar tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisi hajmini ko‘rsatadilar. Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijorat hisoblanadi.


    Elektron tijoratdagi shartnoma ofertani yuborgan elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan ofertaning aksepti olingan paytdan e’tiboran tuzilgan deb e’tirof etiladi. Elektron tijoratda oferta (taklif) elektron hujjat tarzida tuziladi. Elektron tijorat ishtirokchisining oferta qabul qilinganligi to‘g‘risidagi javobi (aksept) elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida yoxud ofertada ko‘rsatilgan shartlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni sodir etish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
    219-satrda korxonalarning ishchilari va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mulklarni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari aks ettiriladi.
    220-satrda 219-satrda aks ettirilgan xarajatlaridan, korxona ishchilarining sog‘ligi va xayotini ixtiyoriy sug‘urta qilish bilan bog‘liq xarajatlari aks ettiriladi.
    221-satrda texnologik maqsadlarda ishlatiladigan, energiyaning barcha turlarini hosil qilishda, binolarni isitish, xo‘jalik subyektining transportida bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishdagi, xo‘jalik subyektining o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan va sotib olinadigan barcha turdagi yoqilg‘ining jami qiymati ko‘rsatiladi.
    222-satrda texnologik jarayonlarda, transport, ishlab chiqarish va boshqa xo‘jalik ehtiyojlarida sarflanadigan, xo‘jalik subyektining o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan va sotib olinadigan barcha turdagi elektr energiyasi jami qiymati ko‘rsatiladi.
    223-satrda texnologik jarayonlarda, transport, ishlab chiqarish va boshqa xo‘jalik ehtiyojlarida sarflanadigan, xo‘jalik subyektining o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan va sotib olingan barcha turdagi issiqlik energiyasining jami qiymati ko‘rsatiladi.



    Download 83 Kb.
      1   2




    Download 83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Давлат статистика щисоботи

    Download 83 Kb.