• Rekreatsiya va turizm haqida tushuncha
  • mavzu. Rekreatsiya va turizm geografiyasi fanining o’rganish obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari




    Download 0,56 Mb.
    bet2/59
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #142301
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
    Bog'liq
    TURIZM DARSLIK

    mavzu. Rekreatsiya va turizm geografiyasi fanining o’rganish obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari


    Reja:

      1. Rekreatsiya va turizm haqida tushuncha.

      2. Rekreatsiya va turizm geografiyasining obyekti va predmeti

      3. Rekreatsiya va turizm geografiyasining vazifalari.

      4. Rekreatsiya va turizm geografiyasining maqsadi.

      5. Turizm geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

    Rekreatsiya va turizm haqida tushuncha


    Turizm terminini birinchi bo’lib 1830-yilda V.Jekmo tomonidan qo’llanilgan edi. Bu tushuncha fransuz tilida ,,tour”, sayohat ma’nosida ishlatilgan. Turizm va turist tushunchalari o’z navbatida bir ma’nodagi tushuncha sifatida qarash noo’rindir. Turizm keng ma’nodagi xizmatlar yig’indisidan iborat soha hisoblanadi.
    Bu termin va tushunchalarga Bern universiteti professorlari Xunziker va Krapflar aniqroq baho beradi. Jumladan, turist - bu o’zi yashayotgan joydan boshqa joyga, hududga, mamlakatga, mamlakatidan tashqariga bo’sh vaqtlarida dam olish, sog’lig’ini tiklash, sog’lomlashtirish, mehmonga borish, diniy va ish yuzasidan haq to’lanadigan maqsadlaridagi tashrifidir, deb ta’rif beradi.
    A.Soliyevva M.Usmonovlar(2005) turizm tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: ,,aholining o’zi yashab turgan mintaqa, hudud, o’lka yoki biror mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko’rish maqsadida uyushtirilgan rekreatsion faoliyat turiga sayohat, ya’ni turizm” hisoblanadi. 1963-yilda Birlashgan Millatlar
    Tashkilotining (BMT) Xalqaro turizmga oid Rim konfrensiyasiga muvofiq turist deb, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga safarga borib, kamida 24 soat ichida o’sha yerda turib, turistik xizmatidan foydalangan kishiga aytiladi.
    Xizmat ko’rsatish sohalari orasida rekreatsiya xizmati so’nggi yillarda keng rivojlanmoqda. Rekreatsiya(sayohat, hordiq chiqarish, sanatoriya – kurort) xizmati mehnat qilish jarayonida sarflangan kuch, energiyani tiklashda muhim omil hisoblanadi.
    Rekreatsiya xizmati nirivojlanishi uchun zarur bo’lgan omillar:

    • kundalik ehtiyojlardan orttirilgan mablag’;

    • rekreatsiya resurslari;

    • rekreatsiya xo’jaligi bo’lishi;

    Rekreatsiya resurslari ikki xil, ya’ni tabiiy hamda madaniy-tarixiy rekreatsiyaga bo’linadi. Tabiiy rekreatsiya resurslariga tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar zaminida vujudga kelgan sharsharalar, g’orlar, buloqlar, so’lim tog’ yonbag’irlari kiradi. Tabiiy muhiti keskin o’zgargan, tig’iz infrastruktura sharoitida aholining tabiat qo’ynida, maxsus dam olish maskanlarida hordiq chiqarishga ehtiyoji kuchaymoqda. Issiq avjiga chiqqan yoz oylarida tekisliklarda yashovchi aholi tog’ maskanlariga oshiqadi.

    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    mavzu. Rekreatsiya va turizm geografiyasi fanining o’rganish obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari

    Download 0,56 Mb.