|
Tabiiy rekreatsion resurslar
|
bet | 9/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK
Bularga tabiiy va tabiiy- antropogen geotizimlar, mavsumiy yoki yil davomida dam olish faoliyatini tashkil etish uchun ichki va tashqi xossalardir. Turizm va rekreatsiyani rivojlanishiga barcha mamlakatlar, davlatlar va xalqlar birdek manfaatdor. Bunday manfaatdorlik turistik va rekreatsion xizmatlarni xorijlik turistlarga ko`rsatish evaziga YaIMning ko`payishida, valyuta tizimini ta`minlashda, ushbu faoliyat natijasida byujedga soliq tushumini oshirishda namoyon bo`ladi.
Shu bilan birga, xodimlar ham manfaatdor. Chunki ular o`z jamg`armalari evaziga dunyoga sayohat qilib hoxlagan mamlakatini, dam olish maskanlarini va xalqlarni (v.h.k) ko`radi. Dunyo tamaddunidan baxramand bo`ladi, o`zining intellektual salohiyatini oshirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Turizm va sayohatni tartibga solish uchun mo'ljallangan jahon miqyosidagi, kontinental va mintaqaviy tashkilotlarni yaratish jarayoni 1920-yillarda boshlangan. XX asr Bu davrda turli
darajadagi va malakali xalqaro turizm tashkilotlarining butun tizimi shakllandi. Bugungi kunda ularning soni 200 dan oshdi. Ularning to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i xalqaro turizm industriyasida faol va nufuzli.
Hozirgi kundagi tizimga oid adabiyotlarda turistik va rekreatsion tashkilotlarni ularni milliy va hududiy belgisi bo`yicha yirik 3 ta guruhga bo`ladilar. Bular:
XTT – Xalqaro turistik tashkilotlar:
XTT – dunyo miqyosida faoliyat ko`rsatadi va shu doirada hisob – kitob olib boradi. Xalqaro me`yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqaradi va shunga amal qiladi.
HTT – Hududiy turistik tashkilotlar:
Bu tashkilot yer kurrasining ma`lum bir hududlarida faoliyat ko`rsatadi va ularning huquqiy va faoliyat doirasida shu hududda amal qiladi. Bularga Markaziy Osiyo davlatlarini qamrab olgan hudud. Yevropa Ittifoqiga kiruvchi tashkilotlarning hududiy birlashmalari kabilarni misol keltirish mumkin.
MTT – Milliy turistik tashkilot:
Bu tashkilot – ma`lum bir davlatga mansub bo`lib, u o`z faoliyatini shu davlat, mamlakat miqyosida olib boradi. Bularga O`zbekistonda “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasini misol keltirish mumkin. Turistik tashkilotlar iqtisodiy asosi, ma’muriy - boshqaruv holati bo’yicha ham
turli bo’lishi mumkin. Bu jihatdan ular shu tashkilotning kimga mansubligi bo’yicha tasniflanadi.
|
| |