|
Rekreatsiya va turizm geografiyasi
|
bet | 11/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIKMaslaxat beruvchi turistik tashkilotlar – mutaxasisilar va turistik faoliyat bilan shug`ullanuvchi shaxslarga maslaxat berish jarayonida pullik maslaxat xizmatini ko`rsatadilar.
O`rgatuvchilar – bu soha bilan shug`ullanish istagida bo`lgan, ushbu sohaning sir-sinoatini turizm biznesidan ham bexabar bo`lgan kishilarni ham o`rgatadilar. O`rganuvchi ma`lum nazariy malaka va amaliy ko`nikmaga ega bo`lgach ularga imtihon natijasi bo`yicha shu soha mutaxasisiligini tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat) beriladi.
Nashr qiluvchi – turizm sohasi ham mukammal boshqarilishni, turli axborotlarni tarqatishni, turistik obyektlar va ularning tavsifini berish kabi ishlarni amalga oshiradi. Bu shu sohasiz amalga oshirilmaydi. Ko`rinib turibdiki turizm infratuzilmasi tarkibidan munisib joy olgani.
Iste`mol qiluvchi – turizm maxsulotlari, xizmat, pirovardida iste`mol uchun ishlab chiqariladi. Turistik maxsulotlarning iste`molchisi turistlarning o`zlaridir. Lekin shu iste`molni amalga oshirish uchun iste`molchi tashkilotlar faoliyat ko`rsatadi.
Kasbiy uyushmalar – hozirda turistik faoliyat bilan shug`ullanadigan juda ko`p xususiy firmalar mavjud. Ular o`z ishini
muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish maqsadida kasbiy uyushmalar (asotsiatsiyalarga) birlashganlar.Bu tashkilotlar o`z a`zolarini erkin faoliyat bilan shug`ullanish uchun sharoitlar yaratib beradilar.
Turistik faoliyat soxasining yana bir asosiy qismini transport sohasi tashkil qiladi. Transport sohasi ham bir qancha turlarga, xususan, havo, temiryo`l, avtomobil, suv va boshqa harakatlantiruvchilarga (ot-ulov) ga bo`linadi.
Turistik tashkilotlar turizmni rivojlantirishga qaratilgan muxim omillardir. Ularning takomillashib borishi shu sohaning yanada ravnaq topishi uchun asos bo`ladi.
Oʻzbekistonda turistik tashkilotlarning ahamiyati.
O'zbekiston kengaytirilgan imkoniyatlarga ega mamlakatdir turizm sanoat. Uning ko'pi Markaziy Osiyo shaharlar asosiy savdo nuqtalari bo'lgan Ipak yo'li, bog'lash Sharqiy va G'arb sivilizatsiyalari. Bugungi kunda O'zbekiston muzeylarida ikki milliondan ortiq eksponatlar saqlanmoqda, bu mintaqada yashagan Markaziy Osiyo xalqlarining noyob tarixiy, madaniy va ma'naviy hayotidan dalolat beradi. O'zbekiston o'z tarixiy, arxeologik, me'moriy va tabiiy boyliklari bilan sayyohlarni o'ziga jalb qiladi
|
| |