|
Bularga quyidagilar kiradi
|
bet | 13/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIKBularga quyidagilar kiradi:
Tartibga soluvchi; Nashr qiluvchi; O`rgatuvchi; Iste`mol qiluvchi; Savdo qiluvchi; Ishlab chiqaruvchi; Maslaxat beruvchi ;
Kasaba uyushmalarga loyihalashtruvchi;
Bozor agentligi;
Tartibga soluvchi turistik tashkilotlar – turizmni rivojlantirish, uning faoliyatini ma`lum me`yorlar asosida boshqarish kabi me`yoriy – huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Loyihalashtiruvchi turistik tashkilotlat – ham turizm infratuzilmasining tarkibiy qismi bo`lib, turistik obyektlarning joylanishi va ular bo`yicha turistlarning harakatini loyihalash bilan shug`ullanadilar.
Yetkazb beruvchi tashkilotlar – turistik maxsulotlarni yetkazib berish bilan shug`ullanadilar. Ular ham turizmning ajralmas bir qismidir.
Bozor agentligi – har qanday bozorda bo`lgani kabi, asosan turizm bozorining juda ko`p jihatlar, xususan marketing faoliyati, bozor konyukturasi kabi qirralarini o`rganadilar.
Maslaxat beruvchi turistik tashkilotlar – mutaxasisilar va turistik faoliyat bilan shug`ullanuvchi shaxslarga maslaxat berish jarayonida pullik maslaxat xizmatini ko`rsatadilar.
O`rgatuvchilar – bu soha bilan shug`ullanish istagida bo`lgan, ushbu sohaning sir-sinoatini turizm biznesidan ham bexabar bo`lgan kishilarni ham o`rgatadilar. O`rganuvchi ma`lum nazariy malaka va amaliy ko`nikmaga ega bo`lgach ularga imtihon natijasi bo`yicha shu soha mutaxasisiligini tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat) beriladi.
Nashr qiluvchi – turizm sohasi ham mukammal boshqarilishni, turli axborotlarni tarqatishni, turistik obyektlar va ularning tavsifini berish kabi ishlarni amalga oshiradi. Bu shu sohasiz amalga oshirilmaydi. Ko`rinib turibdiki turizm infratuzilmasi tarkibidan munisib joy olgani.
|
| |