Rekreatsiya va turizm geografiyasi




Download 0,56 Mb.
bet16/59
Sana21.01.2024
Hajmi0,56 Mb.
#142301
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
TURIZM DARSLIK

Turizm haqida tushuncha.


Turizm (fransuzcha: tour – sayr, sayohat) faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma‘rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmaganholda uzog‘i bilan 1 yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi. Turizmning tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1813-1815y). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yo‘l sayyohligini tashkil qildi. Shundan so‘ng u o‘zining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyohlik guruhlari AQSHga jo‘natildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatni boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi. Mavarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixonning “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyohlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.
Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm
marshrutlari bo‘yicha uyushtiriladi. Turizmning juda ko‘p turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, uzoqqa sayohat, yaqin joyga sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar).
N.Yefrimov (1998 y) fikriga ko‘ra turizmni asl mohiyati geografik belgilar (ichki va xalqaro), turistik oqimlarning yo‘nalishlari (kelish va ketish), maqsadi (davolanish, dam olish, ish yuzasidan, ilmiy, sport va h.k.), mablag‘ bilan ta‘minlanganligi (ijtimoiy va savdo), xarakatlanishi (piyoda, velosipetda, samalyotda, dengizda), joylashishi (mehmonxona, motelda, pansionatda, kempingdda, palatkada), turizmda qatnashuvchilar soni (yolg‘iz, oilaviy, guruh bilan) va tashkiliy huquqiy asoslari (tashkiliy, ixtiyori) ochib beradi.

Download 0,56 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rekreatsiya va turizm geografiyasi

Download 0,56 Mb.