Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab turlar uyushtirish




Download 0,56 Mb.
bet24/59
Sana21.01.2024
Hajmi0,56 Mb.
#142301
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
TURIZM DARSLIK

Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab turlar uyushtirish.


O‘zbekistonning betakror tabiati, tog‘ va tekislik, daryolari, cho‘l va vohalari, ko‘l va turli landshaft zonalari asosiy rekreatsiya resurslaridir. Ularni ekoturizm nuqtai nazaridan o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan Qashqadaryo viloyati o‘zining qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, xushmanzara tabiati va fayzli go‘shalari bilan sayyohlarni o‘ziga rom etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra yurtimiz sayyohlik ko‘lami va tarixiy joylar ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n mamlakat qatorida turadi. Ta’kidlash kerakki, o‘lkamiz rang-barang tabiiy landshaft, betakror o‘simlik va hayvonot olamiga ega. Bugungi kunda sayyohlikning ekoturizm, madaniy-ma’rifiy va jismoniy sayohat, ekstremal, arxeologik, rafting, xeliski, sport, folklor-etnografik, tibbiy va rekreatsion turizm, agroturizm, geoturizm kabi turlari ham jadal rivojlanmoqda. Sayyohlar orasida alpinistlar, chang‘i sportiga qiziquvchilar ham ko‘paymoqda. Bu viloyatda jahon miqyosida talab tobora.ortib borayotgan ekologik, tibbiy va rekreatsion turizm kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Tabiiy turistik resurslar tabiat mintaqalari bo‘ylab turlicha zichlikda tarqalgani bois, turistik marshrutlarni ham tabiat mintaqalari bo‘ylab ishlab chiqish maqsadga muvofiq.Ma’lumki, mamlakatimiz hududida.landshaftlarning to‘rtta balandlik (cho‘l, adir, tog‘ va yaylov) mintaqasiga bo‘lingan. Har bir mintaqa uchun o‘ziga xos geologik-geomorfologik tuzilishi, iqlim,
suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi ega. Shu sababli ularning tarkibini tashkil etuvchi rekreatsion turistik resurslar ham bir-biridan farq qiladi. Qashqadaryo viloyatining ekoturistik marshrutlari, tabiiy turistik resurslarning geografik tarqalishiga mos ravishda cho‘l, adir, tog‘, yaylov (baland tog‘) mintaqalari bo‘yicha shakllanadi.
Balandlik mintaqalari bo‘ylab turistik mashrutlarni rejali asosda tashkil etish lozim. Bu holat turistik yo‘nalishlarning salohiyatini, jozibadorligini oshiradi. Natijada uyushtirilgan mashrut bo‘ylab xarakatlanayotgan turist zerikmaydi, yo‘nalish bo‘ylab qatnov zichlashadi. Turistik obyektlarga turistlar oqimning kuchayishini ta’minlaydi. Shu boisdan tabiiy turistik obyektlarga uyushtiriladigan marshrutlarni tanlashda turli tamoyillarga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Ulardan asosiylari quyidagilar:
Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab turlar uyushtirish.
Qadimda mashhur bo‘lgan, ammo zamonamizda birmuncha unitilgan yo‘llar bo‘ylab turlar uyushtirish.
Buyuk Ipak yo‘lining yon tarmoqlari bo‘ylab turlar uyushtirish.
Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan so‘qmoqlar bo‘ylab turlar uyushtirish.
Buyuk ipak yo‘li sayyohlik mahsuloti sifatida odatdagi yo‘nalishlardan ajralib turadigan bir qator xususiyatlarga ega. Misol uchun, klassik sayyohat qilish, odatda, har qanday mamlakatga sayohat qilishdir. Bu yerda transmilliy marshrut haqida gap ketmoqdaki, chunki sayyoh bir qancha mamlakatlarga tashrif buyurib, halqlarni qadimiy madaniyati va bugungi kun bilan tanishib, juda ko‘plab taassurotlar va bilimlarga ega bo‘ladi.
Shu munosabat bilan, 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasini birinchi Prezidenti va Jahon turizm tashkilotining Bosh kotibi tashabbusi bilan Sharq bilan G‘arb yo‘lidagi eng qadimiy shahar Samarqandda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlik loyihasi bo‘yicha birinchi xalqaro uchrashuv o‘tkazdi. 19 ta Ishtirokchi mamlakatlar tarixiy hujjatni – “Buyuk Ipak yo‘lidagi sayyohlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Samarqand deklaratsiyasi” ni qabul qildi.
Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab turlar uyushtirishda, bu borada birinchi Prezidentimizning “Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” (1995 yil 2 iyun), qarori qabul qilindi. 2002 yil oktabr oyida, yana O‘zbekistonning qadimiy yurtida, bu masala bo‘yicha navbatdagi va to‘rtinchi yig‘ilish o‘tkazildi. U Buyuk Ipak yo‘lining marvaridlaridan biri hisoblangan Buxoro shaxrida bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishda Buxoro shaxri bilan birga Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaxarlari YUNESKOni Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.[4]
Ushbu yo‘nalish tarmoqlari zamonamizda elas-elas ko‘zga tashlanadi. Bu yo‘nalishlarning aniq tasavvur etish uchun respublikamizning cho‘l qismi bo‘ylab sochilgan sardobalar va muhim shaxarlar shaxristonlar, rabotlar geografiyasini tiklash kifoyadir. Chunki sardobalar Buyuk Ipak yo‘lini suv bilan ta’minlovchi, cho‘l mintaqasidagi asosiy suv obe’ktlari edi. Buyuk Ipak yo‘li cho‘l mintaqasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘ylab rivojlangan.
Qashqadaryo vohasining cho‘l mintaqasi (300-500 m gacha) bo‘ylab uyushtiriladigan turistik marshrutlarda, bu mintaqa bo‘ylab
turistik yo‘nalishlarni Qarshi, Nishon va Qarnob cho‘llari bo‘ylab uyushtirish imkoniyatlari mavjud. Bu yo‘nalishni ham Buyuk Ipak yo‘li tarmoqlari bo‘ylab o‘tkazish qiziqarlidir. Bu yerda xam Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishini sardobalar tizimi ko‘rsatib turadi. Qashqadaryo voxasi nafakat O‘rta Osiyoda, balki butun dunyo bo‘yicha ham sardobalar eng zich joylashgan hududdir. Bu ko‘hna obidalar joylashgan geografik nuqtalarini bir-biriga tutashtiradigan ikkita asosiy yo‘nalish mavjud. Ular shimoldan janubga va janubdan g‘arbga davom etadi.
Bu yo‘nalishlar bo‘ylab turistik resurslarning geografik tarqalish xususiyatlari, asosan, tipik cho‘l landshaftlari, barxanlar, taqirlar, botiqlar, sho‘rxoqlar relyefi; saksovulzorlar, quyonsuyak, qum akatsiyasi o‘suvchi maydonlar, subtermal va termal, oltingugurt-vodorodga to‘yingan artezian burg‘u quduqlari; qum bug‘ma iloni, kobra, o‘q ilon kabi noyob zaxarli ilonlar, toshbaqa, qo‘shoyoq, sayg‘oq, buxoro bug‘usi, oq quyruq, tuyalar podasi, cho‘l lochini, g‘ajir, tasqara, qorakul qo‘ylar otari, cho‘l burguti, echkiemar, gekkon kaltakesagi, dasht agamasi kabi jonivorlar uchraydi. Chirli, chog‘om, quduq, sardoba kabi g‘aroyib qadimgi gidrotexnik inshootlar, qoqlar, daryolarning kadimiy o‘zanlari, chinklar, qoldiq tog‘larga xos g‘aroyib relyef shakllari mavjud.
Birinchi yo‘nalish - Karmana shahridan 20 km g‘arbda boshlanib Sardobai Malik, Sardoba Nomlik, Raimbek Sardobasi orqali to‘g‘ri Qoravulbozorga olib keladi. Bu yerda Buxorodan boshlangan yo‘lga birlashgach, janubi - sharq tomon yo‘naladi va Qoravulbozorga olib keladi. Bu yerda Buxorodan boshlangan yo‘lga birlashgach, janubi - sharq tomon yo‘naladi va Qoravulbozor, Qo‘shsha, Bo‘zchi, Qaqir sardobasiga kelgach, yo‘l ikkiga ajralgan. Chunki, Begichak, Fatta sardobasining
yo‘nalishining hozirgi Pomiq qishlog‘iga yetib tuxtaydi. Qaqir sardobadan boshlab ayrilgan yo‘lning ikkinchi uchi Ashuk (Achchiq, balki Ochiqdir) sardobasi orqali Pudina qishlog‘idagi sardoba (xozirgi kunda ushbu sardoba saqlanmagan) bilan to‘g‘ri janubi-sharqda joylashgan Qarshiga kelib taqaladi. Bu yo‘l bo‘ylab Behbudiy sardobasi saqlanib qolgan. Pudina sardobasi 1940 yillar arafasida buzilib ketgan.
Ikkinchi yo‘nalish - Behbudiy-Qarshi shaxridan chiqib, to‘g‘ri janub tomon davom etadi. Bu yo‘nalishning o‘zi ikki tizimdan iborat. Birinchisi – Behbudiy – Nishon – Talimarjon – Sangisuvloq yo‘nalishi. Sangisuvloqqa yetgach bu yo‘l yana ayrilgan. Sangisuvloq, Usti ochiq sardobasi orqali Kerki shaxriga kirib borgan. Ikkinchisi - Sangisuvloq, Butosh, Toz, Yulg‘un Og‘iz orqali Kerkidan 50 km (Amudaryo bo‘ylab oqimga teskari) yuqorida o‘tgan kechuvga chiqadi. Bexbudiydan chiqqan yo‘lning ikkinchi yo‘nalishi bir chiziq bo‘ylab ajralmasdan Yusuf sardoba, Urasi, Isfanto‘da, Abdulla Xon, O‘g‘iz sardobasi orqali Chorshangu shahridan 15-20 km sharqroqda Amudaryo kechuviga tushgan. Bu yo‘nalishlardagi Egizak, Sangisuvloq, Usti Ochiq, Butosh, Toz, Yulg‘un Og‘iz, Isfan To‘da, Abdulla Xon, O‘g‘iz sardobalari Turkmaniston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Yo‘nalishlarning barchasi suvsiz cho‘llarni kesib o‘tadi. Sardobalar esa cho‘l yo‘llaridagi yagona suv manbalari bo‘lgan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlarning yakuniga ko‘ra, ulardan ayrimlarigina saqlanib qolgan. Shunday bo‘lsada, ular Qoravulbozor-Qo‘shsha-Bo‘zchi-Qaqir-Achchiq- Pudina-Behbudiy, Behbudiy -Nishon-Talimarjon-Sangisuvloq- Ustiochiq-Karki, Sangisuvloq-Butosh- Toz-Yulg‘un-Og‘iz-Karki yo‘nalishlaridagi turistik marshrutlarga asos bo‘lishi mumkin.
Yo‘llarning tarixiy geografik ko‘rsatgichlari miloddan avvalgi va o‘rta asrlardagi eng gavjum bo‘lgan, ammo zamonamizda qisman saqlangan bo‘lsada, xalqaro ahamiyati yo‘qolgan. Ular “Buyuk ipak yo‘li” tarmoqlari bo‘lgan yo‘llar bo‘ylab uyushtirilgan turlardir. Bu yo‘nalishlar juda sodda marshrutlar bo‘lib, maxsus sport malakasiga ega bo‘lmagan har qanday turist ham bosib o‘ta oladigan, transportning barcha turlari yura oladigan turlar.
Adir mintaqasi (400-500 m dan 1200 m gacha) bo‘ylab uyushtiriladigan turistik marshrutlarda asosan texnika yurishi uchun birmuncha qulay relyef va iqlim sharoitining murakkab bo‘lmagan xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Adir mintaqasi bo‘ylab uyushtirilgan turlar ham cho‘l mintaqasiga xos turistik marshrutlar kabi uzoq masofa bo‘ylab davom etganligi sababli, turistlar belgilangan yetib borganga kadar vaqt ichida zerikib qolishlari, toliqishlari mumkin. Shu boisdan turistlarni qiziqtirgan obyektga olib boradigan yo‘l bo‘ylab uchraydigan barcha turistik joylarni ko‘rish maqsadida ularga ekskursiyalar uyushtirish turlarning qiziqarli bo‘lishiga imkon beradi. Adir-tog‘ mintaqasi bo‘ylab uyushtiriladigan marshrutlar diltortar tabiati bilan ajralib turadi. Shu boisdan eng so‘lim joylarda hordiq chiqarish, hatto baliq ovi uyushtirish kabi tadbirlar bilan turlarning samaradorligiga erishish mumkin. Bir mavzuli ekoturistik marshrutlar, ba’zan shu tariqa ko‘p mavzuli turistik marshrutlarga aylantiriladi.
Adir mintaqasi bo‘ylab ko‘pgina yo‘nalishlar tashkil etish mumkin. Ularning mazmundorligiga erishish uchun turlarni adir mintaqasini kesib o‘tgan qadimgi serqatnov yo‘llar bo‘ylab rivojlantirish maqsadga
muvofiq. Adir mintaqasi bo‘ylab uyushtirilgan marshrutlar Zarafshon- Hisor tizmalari bo‘ylab o‘tadi. Ayniqsa, Hisor tizmasi turistik resurslarga juda boy bo‘lganligi sababli eng ko‘p (10 ta) yo‘nalish ishlab chiqildi. Adir mintaqasi bo‘ylab turlar uyushtirish muddati cho‘l mintaqasiga nisbatan birmuncha qisqaroq bo‘lsada, iqlim xususiyatlarining qulayligi bilan ham qiziqarlidir. Chunki, ayni yoz pallasida ham harorat cho‘l mintaqasidagi kabi yuqori bo‘lmaydi, aksincha, havoning mu’tadil harorati ustuvorlik qiladi. Natijada adir mintaqasi bo‘ylab turlar uyushtirish uchun qulay sharoit shakllanadi.
Turistik-yo‘nalishlar Zarafshon tizmasining janubiy yonbag‘ri, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Janubiy-Sharqiy Hisor hududlardan o‘tadi.
Yo‘nalishlar tartibi:

  1. Chiroqchi-Qalqama-Langar.

  2. Chiroqchi-Oyoqchi-Alvastiko‘l.

  3. Chiroqchi-Quriqsoy-Tarag‘ay.

  4. Kitob-Varganza-Hazrati Bashir.

  5. Kitob-Xo‘jaimkonagi-Mo‘g‘ul-Qatlos.

  6. Shaxrisabz-Miroqi-Hisorak.

  7. Shaxrisabz-Amag‘on-Almati-Chopiq.

  8. Yakkabog‘-Tatar-Qiziltom.

  9. Qamashi-Kattatol-Langar.

  10. G‘uzor-Rovot-Boyqurg‘on.

  11. Dehqonobod-Oqrabod-Sho‘rob qishloqlari orqali o‘tadi.

Bu yo‘nalishlar bo‘ylab turistik resurslarning geografik tarqalish xususiyatlari asosan to‘lqinsimon rivojlangan soy va jilg‘alar bilan kuchli parchalangan tipik adirlar landshaftiga to‘g‘ri keladi. Shuvoq, yantoq,
quvray, oq quvray, qo‘ziquloq, karak o‘suvchi keng yaylovlar bahor oylarida lolaqizg‘aldoq, chuchmoma, bo‘tako‘z, oqbosh, gulxayra, chitir, chechaklari bilan rangin tovlanuvchi kengliklaryastanib yotadi. Adir mintaqasining yuqori qismida zirk, na’matak, dulanazorlar yoz faslida soya-salqin joylarga aylanadi. Adirlarning quruq qismlarida agama, gekkon kaltakesagi, ko‘lvor ilon, sariq suv ilon, qo‘shoyoq, yumronqoziq, dala kalamushi, tulki, bo‘ri kabi jonivorlar, ko‘k qarg‘a, qaldirg‘och, bedana, to‘rg‘ay, bulbul kabi sayroqi, burgut, lochin, boyqush kabi nodir qushlar tez-tez uchraydi. Chayon, qoraqurt, biy, buzoqboshi, sariq ari, yirik qovoqarilardan extiyot bo‘lish lozim. Toshbaqa, yumronqoziq, jayra, bo‘rsiq, sassiqko‘zan kabi jonivorlar beozordir. Koriz, sardoba, kulfakli hovuz, qadimgi suvomborlar, murakkab turdagi quduqlar kabi g‘aroyib qadimgi gidrotexnik inshootlar tez-tez ko‘zga tashlanadi. Charxpalak, suv tegirmonlari hanuzgacha faoliyatini to‘xtatmagan, hovuz, hovuzak, akvaquduqlar mavjud.
Bu yo‘llarning tarixiy-geografik ko‘rsatkichlari asosan qadimgi karvon yo‘llari adir mintaqasini murakkab relyef shakllarini chetlab o‘tgan, ammo mashhur diniy raxnomalar, mashhur olimlar, davlat arboblari, sarkardalar, mashhur sayyohatlarning qadamjolari bo‘ylab o‘tgan, aksariyat hollarda regional, ayrim hollarda lokal ahamiyat kasb etuvchi yo‘llar bo‘ylab uyushtirilgan turlar hisoblanadi. Bu turlar qadimgi xalq qadryatlari bo‘lgan osma yo‘llar bo‘ylab o‘tgan nuqtalarda juda zavqli kechadi. Yo‘nalishlar sodda marshrutlar bo‘lib, maxsus sport malakasiga ega bo‘lmasada, qisman jismoniy tayyorgarligi mavjud bo‘lgan turistlar uchun mo‘ljallangan. Transportning barcha turlari, aksariyat hollarda ot-ulov turidagi transport vositalari qo‘l keladi.
Tog‘ mintaqasi (1200-2700 m. gacha) bo‘ylab uyushtirilgan turistik marshrutlar asosan, Qoratepa va Chaqilkalon tog‘lari, Sumsar, Qorasirt, Sovuqbuloq, Chaqchar tizmalarida tog‘ mintaqasi uchun xos bo‘lgan murakkab relyef tuzilishi, uyushtirilgan turlar bo‘ylab texnika vositalarining saralangan holda xarakatlanishiga sababchi bo‘ladi. Chunki tog‘ yo‘llarida maxsus moslamalar bilan jihozlangan “Jip”, “UAZ”, “Niva” rusumli yengil avtomabillar yoki ot-ulov transport turlari (ot, eshak, xachir va h.)gina tavsiya etiladi. Marshrutlarni murakkablik darajasiga ko‘ra, yo‘nalishlar harakatlanish tezligi sust tarzda kechadi. Aksariyat hollarda yuz berayotgan vaziyat yo‘lma-yo‘l tunab qolish holatini keltirib chiqaradi.
Tog‘ mintaqasi turistik resurslarga juda boy, ular turli xil bo‘lib, bu jihatdan ham cho‘l, adir mintaqalaridan xam farqlanib turadi. Tog‘li hududlar relyefi tektonik harakatlar, vaqtincha va muttasil oqar suv ta’sirida kuchli parchalangan bo‘lib, qiziqarli va ayni paytda harakatlanish uchun murakkab relyef shakllari yuzaga kelgan. Tog‘ landshaftlarining o‘ziga xos tarovati turistlar diqqatini jalb etadi. Jilg‘a, soy, buloq, ko‘l, ostonalar, sharsharalarga (Ko‘kbuloq, Qiziltom, Boshdaryo, Xo‘kizburun, Teres, Mudin, Suvtushar) boy, tezoqar daryolar bo‘yida dam olish maroqli bo‘lganligi tufayli, ular ko‘ngil ochar va diltortar go‘shalar tarzida namoyon bo‘ladi, ekzotik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bug‘doyiq, kavrak, tariq, isfarak, gulxayri, lola, anjabor, yerchoy, binafsha, tak-tak, tariqbosh, yalpiz, o‘suvchi o‘tloqlar bahor va yoz fasllarida tabiiy gulzorlarga aylanadi. Bahor faslida chuchmoma, tuyatovon kabi tugunakli o‘simliklarning ildizmevalaridan terish va iste’mol qilish sharoitida turistlar uchun o‘ziga xos qaytarilmas
zavq-shavq bag‘ishlaydi. Ravoch, kiyiko‘t, tog‘ yalpizi, o‘lmas o‘t poyalari esa ziravorligi, muattar hidi bilan barcha turistlarni o‘ziga tortadi. Tog‘ sharoitida yovvoyi jonivorlarni uchratish hamma vaqt ham kuzatilavermaydi. Ayniqsa, ayiq, silovsin, qoplon, kiyik, bo‘ri, tulki kabi jonivorlar o‘ta extiyotkor bo‘lganligi sababli kam holatlarda ko‘zga chalinadi. Ammo ularni tabiatda kuzatish barcha uchun qiziqarli lahzalar tarzida uzoq vaqtlar xotirada saqlanib qoladi. Tog‘ daryolarida baliq ovlashni tashkil etish maroqli tarzda dam olish, tamaddi qilish uchun sababchi bo‘lish mumkin. Tog‘ mintaqasi bo‘ylab shu tarzda qiziqarli marshrutlar tuzish, mintaqa uchun xos bo‘lgan turistik resurslardan
omilkorlik bilan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Zarafshon tizmasi janubiy yonbag‘ri, Janubi-G‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari bo‘ylab quyidagi yo‘nalishlar bo‘ylab marshrutlar uyushtiriladi.
Yo‘nalishlar tartibi:

  1. Xo‘jatug‘-Qirqtog‘-Kilsi karst shaxtasi.

  2. Langar-Amir Temur g‘ori - Qirqtog‘ - Taxtaqaracha.

  3. Xazrati Bashir-Kosagar-Qorabuloq-Tuvarga.

  4. Katlos-Javuz-Madmon-Musabozor.

  5. Xisorak-Soyat-Suvtushar.

  6. Qiziltom-Zarmas-Temurlang g‘ori.

  7. Langar-Ko‘kabuloq-Qaranqo‘l-Do‘konxona.

  8. Boyqo‘rg‘on-Chaygul-Konbuloq-Kon-Shaxshar-Chakmazor.

  9. Dehqonobod-Chashmiron-Duob.

  10. Dehqonobod-Konsoy-Torqopchig‘ay qishloqlari orqali o‘tadi.

Bu yo‘nalishlar bo‘ylab turistik resurslarning geografik tarqalish xususiyatlariga ko‘ra, tektonik harakatlar va oqar suvlar tasirida kuchli
parchalangan, murakkab relyefli hududlar bo‘ylab rivojlangan tog‘ landshafti bug‘doyiq, kovrak, shirach, isfarak, gulxayri, lola, anjabor, yerchoy, binafsha, tak-tak, tariqbosh, kasmaldak, yalpiz, chalov o‘suvchi archa o‘rmonlari bo‘ylab marshrutlar. Ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan turist, qo‘ng‘ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, alqor, burama shoxli tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, jayra, turli ilonlar, burgut, tasqara, kaklik, qumri, zarg‘aldoq, boyug‘li kabi jonivor-parrandalarni kuzatishlari, yovvoyi holda o‘suvchi tog‘ olcha, do‘lana, olma, uzum, anor, yong‘oq, tut mevalaridan tatib ko‘rishlari mumkin. Zilol suv, buloqlar, jilg‘alar suvidan bahramand bo‘lib, dam olishlariga imkoniyatlar katta.
Yo‘llarning tarixiy geografik ko‘rsatgichlari mos ravishda, aksariyat xollarda maxalliy axamiyatga ega bo‘lgan, tabiiy ravishdagi tosh-qum qoplamali, diltortar ko‘rinish kasb etuvchi, ekzotik xususyatlarga boy bo‘lgan yo‘llar bo‘lab uyushtirilgan turlar. Ushbu turlar tarixiy voqealar, mashhur kishilarning safarlari, hayotiy kechinmalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi tufayli qiziqarli voqealar ahamiyat kasb etishi bilan turistik resurslarning turli-tumanligi hamda takrorlanmasligi bilan ajralib turadi.
Bu yo‘nalishlar murakkab marshrutlar hisoblanib, maxsus sport malakasiga ega bo‘lmasdan, kuchli jismoniy tayyorgarligi mavjud bo‘lgan turistlar uchun mo‘ljallangan. Transportning ayrim turlari, ayniqsa, ot-ulov qo‘l keladigan turlar hisoblanadi.
Baland tog‘ (2700 m dan yuqori bo‘lgan tog‘li xududlar) mintaqasi bo‘ylab uyushtirilgan turistik marshrutlar. Baland tog‘ mintaqasi viloyat
hududining juda oz qismini tashkil etadi. Shu boisdan bu hudud bo‘yicha 4 ta turning yo‘nalishiga tavsif berish mumkin.
Mamlakatimizning eng katta muzliklari (Seversov, Botirboy, To‘rtqo‘ylik) ham shu yerda joylashgan. Baland tog‘ mintaqasi bo‘ylab harakatlanish qiyinlashadi. Chunki hududning relyefi o‘ta murakkab bo‘lib, transportning ot-ulov yoki havo (vertolyot) turlaridangina foydalanish imkonyati mavjud. Havo xarorati past, qor qoplami o‘zoq vaqt saqlanadi, ko‘p yillik qor uyumlari, tog‘ muzliklari uchraydi. Yoz faslida qor uyumlarini ko‘rish turistlar uchun judayam qiziqarli bo‘ladi. Muzliklar va ular tufayli shakllangan turli relyef shakllari, karrlar, troglar, morenalar to‘plami, morena ko‘llari, ekzaratsiya hosilalari diqqatini jalb etuvchi tabiiy turistik resurslardir. Baland tog‘ mintaqasi bo‘ylab turlar uyushtirishni iqlim xususyatlari bilan bog‘liq holatda qisqa muddatli ravishdv yoz fasllarida (iyun oyining o‘rtalarida, avgust oylarining boshlarida) rivojlantirish mumkin. Baland tog‘ mintaqasida iqlim o‘ta keskin o‘zgaruvchan, bu xususyat uning sutkalik muddati davrida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. 3000 m balandlikda sutkalik xavo xarorati kunduzi 20-250S bo‘lgan xolda, kechalari bu ko‘rsatgich -4…-50S gacha tushib ketish odatiy hol. Shu boisdan turistlar tunash uchun alohida tayyorgarlik ko‘rish lozim bo‘ladi. Chodir, to‘shak-qop, odatdagidan ko‘proq oziq-ovqat, maxsus kiyim -kechak, poyafzal zaxirasini olish shunday ishlar jumlasidandir. Chunki toqqa ko‘tarilish uchun odatdagidan ko‘proq xarakat qilib kuch sarflanadi, toza xavo, toza suv iste’mol qilish oziq-ovqatni tez hazm bo‘lishiga, ko‘proq energiya sarflanishiga sabab bo‘ladi. Baland tog‘ mintaqasi turlarida maxsus sport tayyorgarligiga ega bo‘lgan turistlarning ishtirok etishi maqsadga muvofiq. Guruxda esa
yuqori malakali tibbiyot xodimlari ishtirok etishi talab etiladi. Chunki tasodifiy xodisalarning sodir bo‘lishi va tog‘ havosi, atmosfera bosimining o‘zgarishi turistlarga turlicha ta’sir etishi ehtimoli yuqoridir. Yo‘nalish Janubi-G‘arbiy Hisor tizmalari orqali o‘tadi.
Yo‘nalishlar tartibi:

  1. Musabozor - Shut - Hazratisulton.

  2. Suvtushar - Xo‘jangulota cho‘qqisi.

  3. Amir Temur g‘ori - Chilispin g‘ori -Chimboy cho‘qqisi.

  4. Do‘konxona - Chimboy platosi - Qorason dovoni.

  5. Chakmazor - Chaqchar davoni orqali o‘tadi.

Bu yo‘nalishlar bo‘ylab tabiiy turistik resurslarning geografik tarqalish xususiyatlari juda murakkab tog‘ relyefi uchun kuestalar, kanyonlar, troglar, sirtlar, karbonotli karst hosilalari xos, hudud aksariyat hollarda qor bilan qoplanib yotadi. Tez-tez kichik tog‘ muzliklari uchraydi. Yoz fasli qisqa, qish esa davomli va sovuq, o‘simlik qoplami siyrak va daraxtsiz, subalp va alp o‘tloqlari yoz faslida tabiiy gulzorlarga aylanganligi uchun bu xudud asosiy turistik resurs xususiyatiga ega. Jonivorlar tog‘ mintaqasiga nisbatan siyrakroq uchrasada, tog‘ echkisi, arxar, bo‘ri, tog‘ hiloli, burgut, sug‘ur, bo‘rsiq tez-tez uchraydi.
Yo‘llarning tarixiy geografik ko‘rsatgichlari asosan maxaliy axamiyatga ega bo‘lgan tog‘ so‘qmoqlari, ba’zan tik yonbag‘irlar bo‘ylab o‘tgan osma yo‘llar, g‘aroyib ostonalar bo‘ylab o‘tadi.
Bu yo‘nalishlar o‘ta murakkab marshrutlar maxsus sport malakasiga ega bo‘lgan, jismonan yaxshi chiniqqan turistlar uchun mo‘ljallangan faqat ot-o‘lov va havo (vertolyot) transporti qo‘l keladigan turlar toifasiga kiradi.
Viloyatning bu kabi turistik yo‘nalishlari ekoturizm, ma’rifiy, madaniy va jismoniy sayohat, ekstremal, arxeologik, rafting, xeliski, sport, folklor-etnografik, otda, tuyada, avtomobilda sayohat qilish, tibbiy va rekreatsion turizm turlari turizmini rivojlantirish imkonini beradi, sayyohlarni tabiat qo‘ynida dam olish bilan birga, turli madaniy dasturlar, masalan, kelin salom, beshik to‘yi kabi milliy marosimlar, shuningdek, mahalliy taomlarni tayyorlash (“tandir go‘sht” pishirish, suv tegirmonida un tortish va tandirda non yopish) va boshqa chet ellik sayohatchilarni yurtimizga keng jalb etish, qiziqarli yangi turistik marshrutlarni tayyorlash orqali viloyatning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Turizmi bu kabi turlarini rivojlantirish uchun infratuzilma, qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, sayohatchilarni jalb etishning samarali shakl va usullaridan foydalanish, sohaga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadga muvofiqdir.



Download 0,56 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab turlar uyushtirish

Download 0,56 Mb.