|
Rekreatsiya va turizm geografiyasi
|
bet | 32/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIKSavol va topshiriqlar
Turistiq oqimlar statistikasini o'rganishdan maqsad nima? 2.Turistik daromadlar qanday usullarda hisoblanadi?
3.Turistik harajatlar qanday usullarda hisoblanadi? 4.BMT jahonni nechta turistik makroreginga ajratadi?
mавзу . Turistik bozorni segmentlash. Turizm turlari Reja:
Turistlik xizmat bozorining funksiyalari va tarkibi
Turistlik xizmat bozorini segmentatsiyalash
Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar
.
Turistlik xizmat bozorining funksiyalari va tarkibi Turistlik xizmat bozori turistlik mahsulotni sotish va sotib olish
jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistlik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistlik xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi.
Har bir turmahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida bir- biriga mos tushmaydigan iqtisodiy manfaatlar bo‘ladi. Ularning bir-biriga mos kelishi oqibatida esa turmahsulotni sotish va sotib olish jarayoni vujudga keladi. Bozorda o‘ziga xos xususiyat sodir bo‘ladi, bunda xizmat ko‘rsatuvchi va iste’molchi qiziqishlarining kelishuvidir. Bozorda markaziy holatni iste’molchi yaratadi. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa o‘z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi
Turistlik xizmat bozori murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki o‘rtadagi dallol orqali (xo‘jalik sub’ekti-turoperator-turagent) sotiladi.
Ushbu omillardan tashqari yana bir holatni e’tiborga olish kerak, ya’ni ko‘rsatib o‘tilgan bitim har doim bir joyda amalga oshirilmaydi (masalan, mehmonxona, turistlarni qabul qilish joyi yoki turoperatorlarda). Turistlik xizmat bozori ma’lum bir o‘ziga xos joy yoki geografik hudud bilan chegaralan-magan. Shuning uchun turistlik mahsulotning oldi-sotdi ishlari sotuvchi va haridorlarni jalb qilmagan holda teleks, telegramma, faks, telefon, aniq hisob-kitob orqali amalga oshirilishi mumkin.
Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali faoliyat yuritadi:
Erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o‘z maqsadlari (maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yoki minimal harajat bilan mahsulotni sotib olish) ga intiladilar;
Ko‘rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalarning borligi;
Iste’molchining erkin xolatda tanlay olish imkoni.
Zamonaviy turistlik xizmat bozori quyidagi o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajaradi:
Turistlik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati funksiyasi. Bu turistlik mahsulot va o‘zaro pul almashuvida ayon bo‘luvchi qiymat harakatini bildiradi. Buning natijasida jamiyat takror ishlab chiqarishning normal yo‘nalishi ta’minlanadi, turizmni rivojlantirish uchun pul mablag‘i paydo bo‘ladi va yig‘iladi.
Iste’molchi (turist)ga turistlik mahsulotni yetkazib berish jarayonini tashkillashtirish funksiyasi. Turist o‘z mablag‘ini turistlik mahsulotga sarf qilgan holda o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojini
qondiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, turistlik xizmat bozori ishchi kuchining harajatini qoplagan holda jamoaning asosiy ishlab chiqarish kuchini qayta tiklaydi.
Mehnatga moddiy manfaatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish funksiyasi. Taqsimlash bozoridagi o‘zaro pul va turistlik mahsulotni taqsimlash jarayonining tugallangan shaklidan iborat.
Turistlik xizmat bozori o‘ziga xos xususiyatlariga ega:
- Turistlik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va uni iste’moli orasida vaqt uzilishi bo‘ladi, shuning uchun turmahsulotni taklif qilish kanallarining (mahsulotni sotuvchi) aniqligi va ishonarli bo‘lishi o‘ta muhimdir.
- Turistlik talabga mavsumiy almashuvlar va turistlik oqimning shakli ta’sir qiladi. Ushbu salbiy hodisalarning oldini olish uchun narx- navoni differensatsiyalash (xizmat ko‘rsatuv elementlari bo‘yicha mavsumga qarab) shuningdek turistlarni yetkazib berish hajmini muvozanatlash orqali erishish mumkin.
- Mahsulot sifati ko‘p hollarda aniq ijrochilarga bog‘liq, shuning uchun turistlik korxonalar ichidagi menejment doimo rivojlanishi lozim.
- Turistlik xizmat bozorida iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hududiy tarqoqlik mavjud, shuning uchun uzoqlashgan hamkorlar bilan tezkor aloqalar o‘rnatish muxim hisoblanadi.
|
| |