|
Maqsadli, bunda korxona o‘z maqsadini amalga oshiradi yoki oshirmoqchi bo‘ladi.
Asosiy
|
bet | 35/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIKMaqsadli, bunda korxona o‘z maqsadini amalga oshiradi yoki oshirmoqchi bo‘ladi.
Asosiy, korxonaning asosiy xizmati amalga oshiriladi (sotiladi).
Qo‘shimcha, bunda bir qancha hajmga ega bo‘lgan xizmatlarning sotilishi ta’minlanadi.
O‘sib borayotgan, sotish hajmining real oshish imkoniyati.
2. Turistlik xizmat bozorini segmentatsiyalash
O‘zbekiston bozorlarida turistlik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida raqobatchilik bir qadar keskin ravishda kechadi, chunki korxonalar soni tobora ortib bormoqda. Ko‘pgina korxonalarning moliyaviy, mehnat va boshqa resurslari cheklangan bo‘lib, ular barcha mijozlar istaklarini to‘liq amalga oshira olmaydilar. Turistlik korxonaning ish faoliyatini unumli va daromad keltira oladigan qilib tashkillashtirish uchun ular bozor segmentatsiyasidan foydalanadilar.
Bozor segmentatsiyasi - iste’molchilarning talablarini birlashtiruvchi harakterga ega bo‘lgan bozor qismlarini tushunamiz. Ushbu segment (qism) larning har biri maqsadli bozor sifatida tanlanishi mumkin. Iste’molchilarning talabini har bir mahsulot qondira olmasligi bois, segmentatsiyaning asosiy maqsadi-turistlik mahsulotni aniq (manziliy) ta’minlashga qaratiladi. Turistlik xizmat bozorining segmentatsiyasi vujudga keluvchi savollarga, ya’ni: xususiyati, qiziqishi, fikrlashi, qabul qilishi, ma’naviy qadriyatlar va har bir segment vakilining zaruriyatiga qarab javob beradi. V.Saprunova tomonidan taklif qilingan
turistlik faoliyat savollariga javob beruvchi me’zonlar segmentatsiyasining asosiy guruhi 18.1. jadvalda keltirilgan.
Jadval 18.1.
Turistlik mahsulotga talab segmentatsiyasi
Mezonlar
|
Talab segmentlari
|
Geografik mezonlar
|
1.Turist tashrif buyuradigan mamlakat
|
Chiquvchi
Kiruvchi Ichki
|
2.Turistlik sayohatdan geografik maqsad
|
Dunyo davlatlari bo‘ylab turizm Dunyoning aloxida xududlari bo‘ylab turizm
Turist yashaydigan davlatning aloxida
xududlari bo‘ylab turizm
|
Ijtimoiy mezonlar
|
1. Yoshi
|
Yoshlar turizmi (30 yoshgacha)
“Seniorlar” turizmi (30 dan -45 yoshgacha
va 45 dan 55 yoshgacha) Bolalar turizmi
|
2. Jinsi
|
Ayollar turizmi
Aralash turizmi
|
3. Turistning kasbi
|
Kasbiy belgilar bo‘yicha sigmentlar ko‘pligi maxsus turlar
|
|
Iqtisod, siyosat va jamiyat hayotining turli
sohalarida ishlaydigan xodimlar uchun maxsus turlar
|
4. Oila boshlig‘ining kasbi
|
Jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlari bo‘yicha segmentlar(yuqori menejment,
xizmachilar va h.k.)
|
5. Doimiy yashash
joyidagi aholi punkitining kattaligi.
|
Katta, o‘rta va kichik shaharlardan turistlar Qishloq joylardan turistlar
|
6. Oilaviy turizm
|
Yolg‘izlar turizmi
Bolasi yo‘q oilalar turizmi Bolasi bor oilalar turizmi Ko‘p oilaviy turizm
|
7. Millati
|
Etnik turizm
|
8. Diniy yo‘nalishlar
|
Diniy turizm
|
9. Oila daromadi
|
Ijtimoiy turizm Lyuks turizm
Uncha qimmat bo‘lmagan –ekonom turizm
Eksklyuziv turlar
|
Psixologik mezonlar
|
1. Sayohatlar
|
Rekreatsion turizm Ishga bog‘liq turizm Sport turizmi
O‘rganiladigan turizm
Kommunikatsion turizm
|
2. Turistning toifasi
|
Turli xildagi klassifikatsiyalar (masalan, S-
, F-, V-, A-, B-toifadagi turistlar va hokazo)
|
3. Mavsumiylik
|
Asosiy mavsum Oraliq Mavsumlararo
Yilning oylari bo‘yicha
|
4. Sayohatning
tashkillashtirilishi
|
Mustaqil
Vositachi orqali
|
5. Sayohat turi
|
Guruh bilan
Individual
|
6. Foydalaniluvchi transport turi
|
Avtoturizm Aviaturizm Veloturizm Avtobus turizmi
Dengiz kruizli turizmi Daryo kruizli turizmi Shaxsiy transport
Boshqa turdagi transport vositalari
|
7. Turar joy bilan ta’minlanish
|
Mehmonxona Motel Kempinglar
Shaxsiy uylar va xonalar
Boshqa turdagi binolar
|
8.Turistlik maqsadning
uzoqligi
|
Segmentatsiyalashning turli me’zonlari
|
9.Sayohat muddati
|
Uzoq muddatli (21 kundan oshiq) O‘rta muddatli (7-14 kun)
Qisqa muddatli (2-4 kun)
|
10.Moliyalanish shaxobchalari
|
Ijtimoiy turizm (kam ta’minlangan aholi uchun ijtimoiy sug‘urta tomonidan
mablag‘ ajratiladi
Intensiv turlar (firma xodimlari va ularning oilasi uchun firma tomonidan to‘lanadigan rag‘batlantiruvchi turlar)
Oilaviy byudjet
|
11.Turistlik sayohatni amalga oshirishda qaror qabul qilishga yordam beruvchi konsultantlar,
dallollar)
|
Turoperatorlar Turagentlar Tanishlar
Ommaviy axborot vositalari
|
Eng ko‘p tarqalgani bu-geografik me’zondir. Bu yerda me’zon sifatida davlat yoki bir guruh mamlakatlarda tarixiy, etnik urf-odatlar va boshqa umumiyliklar ko‘riladi. Bu me’zonning asosiy segmentlari - kurortda dam olish maqsadida uzoq masofani bosib o‘tuvchi turistlar: xududiy keluvchilar (tur markazdan tashqarida yashovchilar va u yerga 4 soat davomida yetib boradiganlar) va mahalliy turistlar. Qonun kabi turistlik yo‘nalishning yaqinligi muhim omil hisoblanadi. Agar tur markaz o‘zining maqsadi yo‘naltirilgan bozorga qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik tashrif buyuruvchilar sonining oshish ehtimoli katta bo‘ladi. Qandaydir tur markazning faoliyatini rivojlantirish uchun turfirma
o‘zlarining reklamalari bilan, ko‘p aholi yashaydigan punktlarga va tur markazga yaqinroqda istiqomat qiladigan aholiga murojaat qiladi.
Ijtimoiy me’zonlar-bu turistlarning yoshi, jinsi, kasbi-turistlar doimiy yashaydigan aholi punktining kattaligi, oila a’zolarining soni, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchilar, oilasining tarkibi, millati, diniy aqidalari, oilasining umumiy va har biriga to‘g‘ri keladigan daromadi, oilada transport vositasining bor yoki yo‘qligi. Hozirda ayollar o‘rtasida maxsus kasbiylashgan turizm katta ahamiyat kasb etmoqda. (Masalan, bank xodimlari, qishloq xo‘jaligidagi ishchilar va ishlab chiqarishning turli sohalarida ishlovchilar) shuningdek yoshlar va bolalar turizmi ham.
|
| |