• Hayotdan lazzat izlovchi shaxs
  • Aniq bir maqsad sari intiluvchan faol shaxs
  • Psixologik o‘zini idora qilish segmentatsiyasi




    Download 0,56 Mb.
    bet36/59
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #142301
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
    Bog'liq
    TURIZM DARSLIK

    Psixologik o‘zini idora qilish segmentatsiyasi (yo‘nalish tartibini o‘zi belgilaydi) -bunda iste’molchilar yashash tarzi va maqsadli yo‘nalishlari, ya’ni ularning bo‘sh vaqtini belgilash tartiblari, shaxsiy tavsiflari bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. Bunday turistlik harakat me’zonlariga sayohat maqsadi, turistning psixologik sur’ati, mavsumiylik, sayohat turi va uni tashkil qilish, foydalaniladigan transport vositalari, sayohat davrida turar-joy, moliyaviy mablag‘i, konsultantlar va o‘rtadagi dallollarning harakati tur sayohatda qaror qabul qilishga sabab bo‘ladi.
    Turizm xizmat bozoridagi ko‘plab segmentlar yana kichik segmentlarga bo‘linadi. Masalan, rekreatsion turizmda - bu da’volanish maqsadidagi va ta’til turizmi hisoblanadi. Ko‘pincha motivatsiyaning aloxida segmentlari bo‘yicha aniq chegaralar o‘tkazish oson emas. Ishga bog‘liq turizm vaziyatni o‘rganish bilan bog‘liq turizmga va sport turizmi esa rekreatsion turizmga bog‘lanib ketadi. Masalan, turizm xizmat
    bozorining segmentatsiyasi hayot tarzining me’zoni bo‘yicha quyidagi iste’molchilar guruhlarini ajratadi:

    • Hayotdan lazzat izlovchi shaxs;

    • Aniq bir maqsad sari intiluvchi faol shaxs;

    • Ishbilarmonlar davrasining a’zosi;

    • “Ko‘k yoqaliklar”;

    • An’anaviy uy egasi.

    Hayotdan lazzat izlovchi shaxs- bir xil ishni bajaruvchi va toza havoda haqiqiy faoliyat turlaridan qoniqish hosil qilishni istovchi shaxs. Baliq ovlashga, ovchilikka, sport bilan shug‘ullanishga va qimmatbaho sport avtomobillariga qiziqadi. Uning daromadi yaxshi, lekin harid bo‘yicha qarorlar u tomonidan qo‘l uchida hal qilinadi. Hayotini uzoqni ko‘zlab rejalashtirmaydi. Sport, sarguzasht va boshqa dasturlarning doimiy muxlisi.
    Aniq bir maqsad sari intiluvchan faol shaxs-o‘zida barcha mahoratini va energiyasini kasbi bo‘yicha ko‘tarilish uchun ishga soladi va o‘z ishiga katta qizaqish bilan qaraydi. O‘ziga ishongan, hayotning liberal bo‘lishini xoxlaydi va zamonaviy hisoblanadi. Doimo faol faoliyat, yangi taassurotlar olishga harakat qiladi. Masalan, yaxtada suzish, chetga sayohat qilish, chang‘ida uchish va hokazo. Zamonaviy madaniyatning oxirgi yo‘nalishlaridan, hamda voqea va hodisalardan doimo xabardor bo‘lishi uchun turli jurnallar o‘qiydi. Xabarlar, ko‘ngilochar va sport dasturlarini ko‘radi.

    Download 0,56 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologik o‘zini idora qilish segmentatsiyasi

    Download 0,56 Mb.