|
Ishbilarmonlar davrasi a’zosi
|
bet | 37/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIKIshbilarmonlar davrasi a’zosi – aniq bir maqsad sari intiluvchan faol shaxsdan farqli o‘laroq qimmatli ta’til uchun o‘zida ko‘proq mablag‘ga ega. Doimiy turar joyi va o‘zining oilasi bo‘lganligi uchun
uzoq masofaga ketishni xohlamaydi. U ishbilarmonlar jurnali, gazetalar o‘qiydi va qisqa sayohat, tabiat va axborotlar to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlar muxlisi.
Ko‘k yoqaliklar – uncha katta bo‘lmagan shaharlarda yoki katta shaharlarning atrofida, chetlarida turadilar, xalqning boyligi to‘g‘risida qayg‘uradilar (vatanparvarlik hissi). Oilasi bilan palatkalarda dam olishni ajoyib deb biladi. Baliq ovlashni yaxshi ko‘radi.
An’anaviy uy egasi – uning asosiy muammosi bo‘lib, tez o‘zgarayotgan zamon bilan birga boraolmayotganligidir. Eski urf- odatlarga molik va boshqa odamlardan ham shuni kutadi. Har bir ishlatilgan pulidan maksimal daromad olishga harakat qiladi. Hech qachon kreditga harid qilmaydi. Tavakkalchilik bilan bog‘liq barcha ishlardan uzoqroq yurishga harakat qiladi. Komediyalarni yaxshi ko‘radi. Dunyodagi so‘nggi yangiliklar haqida faqat televizor orqali xabardor bo‘lishni afzal ko‘radi.
Yuqorida qayd etilgan segmentlar iste’molchilar haqida yuzaki tavsif beradi. Turistlik xizmat bozorini umumlashtirilgan segmentlar harakteristikasi bo‘yicha bo‘linganda turli talab va istakli iste’molchilar guruhi namoyon bo‘ladi. Har bir segment asosiy bozorni tashkil qilib, ushbu bozorda maxsus tur mahsulot ishlab chiqariladi. Ijtimoiy demografik ma’lumotlar har bir segmentning fizik va moliyaviy xususiyatlari va cheklanmalarini namoyon qiladi. Turmush tarzini namoyon qilish har bir segmentning talab va so‘rovnomasi haqida ma’lumot beradi. Har bir segmentdan foydalanish haqidagi ma’lumotlar qaysi vosita yordamida mazkur segmentni reklama qilish maqsadida reklama kompaniyasi o‘tkazish kerakligini ko‘rsatadi
Shunday qilib segmentlashni amalga oshira borib turistlik firmalar biron bir alomatlari o‘xshash bo‘lgan mijozlar guruhini aniqlaydi. Har bir bozor segmentlari o‘ziga xos turistlik takliflarga muvofiq kelishi kerak. Bunday yondashish amalda bor bo‘lgan talabni faqatgina qoniqtiribgina qolmay, balki unga o‘zgartirishlar kiritadi.
Butun jaxon turistlik tashkilot daromadlar darajasini belgilash kombinatsiyasi asosida va ta’lim darajasi bo‘yicha to‘rtta turistlik xizmat bozori segmentini ajratadi.
|
| |