Turizm industuriyasi va uning xalqaro turizmi rivojlanishidagi roli




Download 0,56 Mb.
bet45/59
Sana21.01.2024
Hajmi0,56 Mb.
#142301
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
TURIZM DARSLIK

Turizm industuriyasi va uning xalqaro turizmi rivojlanishidagi roli Turizm industriyasini aniqlashning juda ko`p yo`llari mavjud. Ulardan biri va nisbatan muvaffaqqiyatlirog`iga BMT ning 1971-yilda savdo va taraqqiyot bo`yicha Konfirensiyasida baho berildi. Unga ko`ra, turizm industriyasi-sayohat qiluvchi shaxslar uchun tovarlar va xizmatlarga qaratilgan o`xshash ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatlar turlaridir. Keyinchalik turizm industriyasi tushunchasi o`z mohiyatini oydinlashtirish va turistik sector tarkibini belgilashdi turlixil qiyinchiliklarga duch keldi ular turizm intisturiyasining iqtisodiyotini boshqa sohalar bilan o`zaro mustahkam bog`liqligida paydo bo`lgandi. Turistik talablar majmuasi va ko`p qirrali ehtiyozlarni qondirishda sanoat va qishloq xo`jaligi, qurilish va savdo tarmoqlari ishtirok etdi. AQSH savdo vazirligining ma`lumotlari bo`yicha tashrif buyuruvchilarga hizmat
ko`rsatish sohasiga mamlakat iqtisodiyotining 24 tarmog`i jalb etildi. Shu munosabat bilan turistik sektorga aniq chegara qo`yish va tarmoqlardan ajratib tashlash g`oyat mushkil ishdir.
Hozirgi paytda amaldagi klassifikatorlardan birontasi ham uzul kesil belgilovchi royxatga ega emas. Turizm sohasida faoliyat turlarining xalqaro tasnifi (SIKTA) davlatlari BTD (VTO) tomonidan ishlab chiqilgan va 1992-tilda BMT statistikasi kamissiyasi vaqtincha tasnif sifatida qabul qilingan. SIKTA turizmga dahildor statisti axborotlarni obektiv yig`uv tizimini yaratish, qayta ishlash, umumlashtirish va tarqatishga xizmat qilishga asoslangan.
SIKTA ni joriy etish quyidagilarga imkon berdi: - turizmning nisbatan to`liqroq statistik manzarasini yaratish;

  • milliy hisoblarni turizmdagi iqtisodiy faoliyatning turlari tasnifini yangi tamoyillarga qaratish;

  • turizm to`g`risidagi milliy va xalqaro darajada statistik ma`lumotlarni taqqoslashni ta`minlash - mutaxassislarga bozor kon`yukturasi, turistik tovarlar va xizmatlar to`g`risida ishonchli axborotlar taqdim etish;

  • statistik hujjatlarda turizm faoliyati turlari tasnifini talab va taklif nuqtai nazardan bog`lash; -xalqaro savdo taraqqiyotida turizm hissasi va to`lov balansi ahvoli to`g`risida aniqroq baholash va o`tkazish.

SIKTA ishlanmalarida markaziy masala bo`lib klassifikatsion belgilarni tanlash hisoblanadi. Turizm bilan bog`liq iqtisodiy faoliyat an`anaviy ravishda tashrif buyuruvchilar Tovar va hizmatlar iste`molida va ularga sarflanadigan turistik harajatlar nuqtayi nazaridan aniqlanadi. Turizmga bunday yondashuv turli tarmoqlar faoliyat turlarini qamrab
olgan yig`uv sohasi asosiy manba sifatida namoyon bo`ladi, chunki tashrif buyuruvchilar iqtisodiyotning amalda hamma sohalarida harajatlarni ko`taradi. ‘’Turistik xarajatlarga daxldor ta`sirlar hisobga olinganda, faqat bir soha – mudofa hech qanday ta`sirga ega bo`lmaydi’’ deb ta`kidlanadi. Mavjud turistik faoliyat turlari va mahsulotlarni ro`yxati asosiy statistic hisobotlar shakllarida turizm haqida zarur tarzda tassavur bermasada muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Uning haqiqiy mashtabi va iqtisodiy potensialini aniqlashga yordam beradi. Talabga qurilgan bu ko`rinishlar milliy hisoblar tizmi va xalqaro tasniflar bilan mos kelmaydi. Chunki ularda tarmoqlar va iqtisodiy faoliyat turlari ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot chiqarish, ya`ni taklif nuqtayi nazari mantiqdan kelib chiqadi.
Taqqoslashni ta`minlash va SIKTA keng yoyilishi xalqaro tarmoqlar standartlari tasniflari bilan mustahkam bog`langan. Ular kod tarkiblari tipalogiyasi va keying nomenklaturlaridan foydalanib ishlab chiqarilgan. Bunda iqtisodiy faoliyat turlarini tanlash umumiy bosh mezon bo`lib hisoblanadi: ya`ni masshtab,ixtisoslashish darajasi va ishlab chiqarishni markazlashtirish (bozorni qamrab olish). Shu bilan birga talabga asoslangan turizm chegarasini belgilashda voz kechish maqsadga muvofiq bo`lardi. SIKTA doirasida ikki yondashuvni qo`shish qo`shimcha guruh belgilarini kiritish tufayli mumkin bo`libdi. Ya`ni turistik harajatlar ustun yo`nalishlarga e`tabor qaratiladi. Turizmda takliflar xususiyatlar bilan bir qatorda, SIKTA turistik harajatlar ulushiga to`g`ri keladigan ro`yxatlarga tashrif buyuruvchilar hohishi va talabini qo`shib aks ettirdi. Tanlangan belgilar muvaffaqiyatli ravishda bir- birlarini to`ldirdi va turizm sohasini chuqurroq idrok etish imkonini berdi.
SIKTA 17 bo`lim, 18 bo`limchalar, 43 guruhlar, 66 klass va 121 klass bo`laklarini o`zida mujjasamlashtirgan. Rekratsion xo`jalikning o`xshash tarkibi sobiq sovet ilmiy adabiyotlarida o`tgan asrning 70-80- yillaridayoq ishlab chiqilgandi. Tadqiqotchilar ketma-ket amalga oshiriladigan texnalogik operatsiyalar doirasida rekratsion tarmoqda mavjud faktlardan kelib chiqishdi. Unga kiritiladigan xo`jalik aholi dam olishini tashkil qilishda faol ishtirok etadi. Ammo uning rekration faoliyat bilan bog`liq darajasi turlicha. Bir muassa o`z rekration hizmatini ko`rsatishga ixtisoslashadi – bu ularning ishiga bosh, ko`pincha yagona yo`nalishda. Sayyohlik va ekskursiya byurolari, otellar, motellar, restaranlar va kafelar tashrif buyuruvchilarga hizmat ko`rsatishdan 100% ga yaqin daromad oladi. Ular dam olish sohasidan tashqarida faoliyat yurita olishmaydi va iqtisodiyotning rekratsion sektori uchun tarkib yaratish ahamiyatiga ega. Boshqa guruhlar hayotiy ta`minlash korxonalari tashkil qiladilar. Ular turizm obyekti ham, uning natijasi ham emas. Ularning xizmatidam mijozlar ham mahalli aholi ham foydalanadi. Shunga qaramasdan savdo tarmoqlari, komunal – xizmat ko`rsatish transport, aloqa mavjudligi aholi dam olishini tashkil etishning zarur shartlari hisoblanadi. Turizm industriyasi – bu o`xshash mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, transport tarmoqlari, ko`ngil ochar obyektlar ishbilarmonlik, sog`lomlaashtirish, transport va boshqalarga mo`ljallangan tashkilotlar, shuningdek, ekskursion hizmatlaar va gid – tarjimonlar hizmati ko`rsatish majmuasidir. Turistik talabni to`liq va har tamonlama qondirish. Turizm industriyasi barcha obyekt va tashkilotlari, hamma xildagi vositalarni, ishlarini muvafaqiyatlashtirishni taqozo etadi.
Turizm industriyasi (sanoati) turizm jarayonida turistlar iste`moli uchun zarur bo`lgan turizm xizmatlari, ish va tovarlarni yetkazib beruvchi muvofiqlashtirilgan turizmdir. Jahonda oilaviy turizmni rivojlanishi turizm industriyasi va xo`jaliklarning bir-biriga bog`liq tarmoqlarini din va ma`daniyatni ta`lim tizimini shunday qizg`in rivojlanishini keltirib chiqaradi. Ana shu shart-sharoitlardan kelib chiqib, aytish mumkinki, turizm industriyasi bu – mehmonxonalar va joylashtirishning boshqa vositalari, tashish hizmatlari, umumiy ovqatlanish obyeklari, ko`ngil ochish joylari va vositalari, bilim ortirish, davolash, sog`lomlashtirish, sportga doir, diniy marosimlik, ishbilarmonlik va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentlari amalga oshiruvchi shuningdek turistik ekskursiya yoki tarjimonlik xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotlar majmuidir.

Download 0,56 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turizm industuriyasi va uning xalqaro turizmi rivojlanishidagi roli

Download 0,56 Mb.