• Davlatning
  • mavzu. Turizm siyosati asoslari




    Download 0,56 Mb.
    bet47/59
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #142301
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
    Bog'liq
    TURIZM DARSLIK

    mavzu. Turizm siyosati asoslari


    Turizm sohasi investitsion siyosatni olib borish zaruriyati
    Reja:

    1. Davlatning turizm sohasidagi siyosati

    2. Davlatning turizm siyosatini amalga oshirish mexanizmi

    3. Turizm faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari

    4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining turizm sohasiga oid farmon va qarorlarining mazmuni

    Mamlakatimizda turizm faoliyatiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy - huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmokda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur yo‘nalishga taa’luqli qonun va kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligining va boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo‘riqnoma, ko‘rsatma va tartiblari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda.


    Davlatning turizm sohasidagi siyosati davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
    Davlatning turizm sohasidagi siyosati – bu turizm industriyasini va turizm bozori sub’ektlarini (turoperatorlar va turagentlar) rivojlantirish, fuqarolarga turizm xizmat ko‘rsatish shakllarini takomillashtirish hamda shu asosda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha davlat faoliyatidir.
    Turizm siyosati O‘zbekiston Respubikasining barcha hududida amalga oshiriladi, avvalombor mintaqa alohida sub’ektlar darajasida, undagi mavjud bo‘lgan turizm bilan mintaqa iqtisodiyoti o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
    Davlatning turizm siyosati xalq xo‘jalik kompleksini rivojlantirish va konkret maqsadlarga erishish uchun turizm sohasi faoliyatiga davlat
    ta’sirining shakllari, usullari va ta’sir qilish yo‘nalishlari yig‘indisidan iborat.
    Turizmni rivojlantirishda boshqarish strategik tizimi samaradorligini oshirishga muayan choralarning kompleks ishlatilishini qo‘llash orqali erishish mumkin (Rasm 9.1.). Hozirgi paytda respublikada


    1. Download 0,56 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




    Download 0,56 Mb.