|
rasm. Turizm sohasini davlat tamonidan boshqarishning yo‘nalishlari
|
bet | 48/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK rasm. Turizm sohasini davlat tamonidan boshqarishning yo‘nalishlari
Davlatning turizm siyosatini amalga oshirish mexanizmi
Davlatning turizm siyosatini amalga oshirish mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
turizm soxasining rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish;
mintaqa darajasida va Respublika darajasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;
qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
Turizm siyosatining asosiy yo‘nalishlari sayohatchilar xukuqlarini himoya qilish, mahalliy turizm mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni hamda ichki va kiruvchi turizmni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘lib hisoblanadi.
Bunday qo‘llab-quvvatlash shakllari turizm infratuzilmasini shakllan-tirish, yo‘naltiriladigan bevosita investitsiyalar, kadrlarni tayyorlashga sarflanadigan harajatlar, investitsiyalar oqimini rag‘batlantiruvchi, jahon bozorida milliy turizm mahsulotini siljituvchi, ilmiy va reklama-axborot ta’minoti ko‘rinishidan to soliq va bojxona imtiyozlarigacha, ichki va kiruvchi turizmni rivojlantirishga ketgan harajatlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.
Davlatning turizm siyosati strategiya va taktikaga asoslanadi. Strategiya deganda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun vositalardan foydalanish usuli va umumiy yo‘nalishlar tushuniladi. U qabul qilingan
strategiyani inkor qilmaydigan, qolgan barcha variantlarni chetga surib, oldinga qo‘yilgan vazifani yechish yo‘lidagi xatti-harakatlarni bir joyga to‘plashga imkon beradi.
Turizm strategiyasi turizmni rivojlantirish va qayta tashkillash- tirish sohasidagi davlat faoliyatini belgilaydi. Bu faoliyat avvalo amalga oshirish uchun vaqt va kattagina moliyaviy resurslarni talab etuvchi maqsadli dasturlar va rivojlanishning umumiy konsepsiyasini ishlab chiqishga qaratilgan.
Taktika deganda, ma’lum maqsadga erishish usuli bo‘lib, tanlangan xatti-harakatlar yo‘li tushuniladi.
|
| |