|
Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi
|
bet | 51/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
turizm industriyasi sohasidagi munosabatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yaratish;
ichki va jahon turizm bozorlarida turizm mahsulotini siljitishga hamkorlik qilish;
turistlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni xavfsizligini ta’minlash;
turizm industriyasida standartlash, litsenziyalash, turizm mahsulotini sertifikatlash;
turizmni rivojlantirish manfaatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasiga kirish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish va O‘zbekiston Respublikasi hududiga tashrif buyurish tartiblarini belgilash;
turizmni rivojlantirish respublika maqsadli dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishga bevosita byudjet ajratmalarini ko‘paytirish;
turizm industriyasiga investitsiyalar kiritish uchun qulay sharoitlarni yaratish;
soliq va bojxona tizimini tartiblashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm bilan shug‘ullanish uchun chet el fuqarolarini jalb etuvchi turoperator va turagentlarga imtiyozli kreditlar taqdim etish, soliq va bojxona imtiyozlarini berish;
turizm faoliyatida kadrlar tayyorlashga hamkorlik qilish;
turizm industriyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;
xalqaro turizm dasturlarida O‘zbekiston turistlari, turoperatorlari, turagentlari va ularning birlashmalari ishtirokiga hamkorlik qilish;
kartografik mahsulotlar ta’minoti;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda qo‘llaniladigan boshqa usullar.
Rasm 2. O‘zbekistonda turizm sohasini boshqarish bo‘yicha davlat organlari
|
| |