|
Turizm faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari
|
bet | 50/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK
Turizm faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
fuqarolarni dam olish, sayohatga chiqqanda harakatlanish erkinligi va boshqa huquqlarini ta’minlash;
tabiiy o‘rab turuvchi atrof-muhitni qo‘riqlash;
turistlarni sog‘lomlashtirish, tarbiyalash va ta’lim berishga yo‘nal-tirilgan faoliyatlar uchun shart-sharoitlarni yaratish;
fuqarolarni sayohatga chiqqanlardagi ehtiyojlarini ta’minlovchi turizm industriyasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, turizmga doir ob’ektlarni saqlab qolish, tabiiy va madaniy merosimizdan oqilona foydalanish.
Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib, ichki, kiruvchi, ijtiomiy va tashabbuskor turizm turlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hisoblanadi.
Turizmni davlat tomonidan boshqarishning asosiy funsiyalari va usullari quyidagi 9.1.jadvalda ko‘rsatilgan:
Jadval 9.1.
usullari
Funksiyalari
|
Usullari
|
1. Turistlik faoliyatni umumiy tashkillashtirish va huquqiy me’yorlari
|
yagona tushuncha va ta’riflarini aniqlash
hamkorlik va oldi-sotdi shartnomalarini tuzish jarayonlari
viza olish
mahsulotlarni chegaradan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tartiblar
|
2. Turizm rivojini rejalashtirish
|
- turizmni rivojlantirish umumiy
strategiyasini va konsepsiyasini ishlab chiqish
|
|
turizm ob’ektlarini mintaqaviy joylashtirishni boshqarish
infrastrukturaning rivojlanishini rejalashtirish
|
3. Alohida faoliyat turlarini boshqarish
|
litsenziyalashtirish,
standartlashtirish,
sertifikatlashtirish
|
4. Turizmda xavfsizlikni ta’minlash
|
litsenziyalashtirish,
standartlashtirish,
sertifikatlashtirish,
turistlarga maxsus qo‘llanmalar tayyorlash,
sug‘urtalash.
|
5. Turizm sohasini kadr- lar bilan ta’minlash
|
uzluksiz kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish maqsadida davlat standartlari va dasturlarini tayyoshlash,
turkorxonalar xodimlarini malakasini oshirishni tashkil qilishga ko‘maklashish
|
6. Turizm xizmat bozorining ilmiy- tadqiqot jarayonini
ta’minlash
|
turizm xizmat bozorining marketing tadqiqotlarini olib borish,
turizmni tadqiq qilish milliy markazlarini yaratish,
turistlik korxonalarni ma’lumotlar bilan
ta’minlash.
|
7. Turfirmaninig tashqi iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
|
chet ellarda vakolatxonalar va bo‘linmalarni ochish,
xalqaro shartnomalar tuzish,
milliy turmahsulotning reklama va brendini yaratish.
|
8. Tarixiy yodgorliklarni hamda atrof-muhitni saqlashni
ta’minlash
|
tabiiy resurslarni tiklash va saqlash bo‘yicha tegishli tartib-qoidalar, qonunlarlarni yaratish,
tarixiy obidalarni restavratsiya qilish,
turistlik rentaning taqsimlanishi,
|
9. Mamlakat va mintaqalar salmoqli va yuqori nufuzini yaratish
|
marketing,
reklama, axborot-tahlil jarayoni (buklet- lar, turmarshrut kartalari, multimedia va disklar),
soliqqa tortish,
investitsiyalash
|
10. Nazorat va monitoring
|
joriy nazorat,
audit,
xalqaro raqobatbardoshlikning monito- ringi,
milliy turmahsulot.
|
|
| |