|
Turizmning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishidagi roli
|
bet | 46/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK
Turizm industriyasi har qanday mamlakat xo`jalik majmualarining rivojlantirishda va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ro`l o`ynaydi. Chunki turizm rivoji tufayli mamlakatning oladigan foydasi ortadi, hamda turizm rivoji tufayli mamlakatda yangi ish o`rinlari yaratiladi. Bundan tashqari turizm rivojlanishi shu mamlakatda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning turizm sohasi uchun kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuviga olib keladi. Turizmning riivoji turistlarga xizmat qiluvchi infratuzilmalarning ko`payishiga olib keladi. Bularning barchasi mamlakat xazinasi valyuta tushumining ko`payishiga olib keladi. Undan tashqari turizm jadal rivojlanib borayotgan turlaridan biri hisoblanadi. Ishbilarmonlarning turizmni rivojlanirishga qiziqishlari quyidagicha isbotlash mumkin: Turizmni rivojlantirish uchun uncha katta
kapital mablag` talab qilinmaydi; Turistik bozorda raqobat bo`lishiga qaramasdan yirik, o`rta va kichik kompaniya firmalar birgalikda faoliyat ko`rsatishlari mumkin; Turistik biznesda, ushbu sohani rivojlantirish uchun sarflangan mablag` tez orada foyda keltiradi. Bundan tashqari xalqaro turizmning rivoji mamlakatda ijtimoiy, madaniy va ekologik sharoitning yaxshilanishiga olib keladi. Turizm bugungi tez rivojlanayotga va daromad bo`yicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. So`ngi yillarda turizm jahon eksportida o`zining ulkan hissasiga ega bo`ldi va butun jahonda yalpi ichki mahsulotining 11% ni tashkil qilmoqda. So`ngi 40 yil davomida boshqa mamlakatlarga tashrif buyuruvchi turistlar soni 20 martaga turizmdan keluvchi daromad 60 martaga oshdi va xalqaro turizmdan olinuvchi daromad 400 mlrd dollarga yetdI. Xususan, O`zbekistonda erishilayotgan muvaffaqiyatlar zamirida iqtisodiyotni liberallashtirishni chuqurlashtirish, mamlakatning modernizatsiyalash, barcha sohalarini, xususan, hizmat ko`rsatish sohasining yetakchi tarmoqlaridan biri bo`lgan turizmni barqaror rivojlantirish yotibdi. Turizm dunyo tamaddumining bosh gultoji bo`lib, hozirgi kunda sayohat insoniyat maqsadlarining asosini tashkil qilib kelmoqda. Ayniqsa, milliy tuizmni rivojlantirish istiqbollari O`zbekistonda turizm industriyasining jahon bozoridagi mavqeyini oshirishga ko`maklashadi. Fikrimizning isboti sifatida bugungi kunda turizm sohasida katta yutuqlarga erishayotganligi, tez sur`atlar bilan o`sib borayotganligi, yangidan-yangi mehmonhonalarning barpo etilayotganligi, ichki ishchi o`rinlari sonining ko`payishi malakali mutaxasislarning ortib borishi, turistlar oqimining yildan-yilga ko`payotganligini ta`kidlab o`tish joiz deb hisoblaymiz. Albatta
O`zbekistonning qulay iqlim sharoitlari va o`ziga xos landshaftini hisobga olgan holda sport va ekologik turizmning barcha asoslar mavjud. Farg`ona vodiysi va Toshkent viloyati ajoyib tog` tizmlari, gullagan vodiylar va ajoyib tog` daryolariga boy. Tog`ning toza havosi, yil davomida quyoshli kunlarning ko`pligi, ajoyib tog` manzaralari nafaqat O`zbekiston fuqarolari balki Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston kabi qo`shni mamlakatlarning aholisi ham tashrif buyuruvch turizm obyektlariga aylanishiga imkom beradi. O`zbekiston hududida mineral suvlarning turli xil turlari keng tarqalgan, mamlakatdagi 300 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suv manbalariga ko`plab odam tashrif buyuradi. Hozirgi kunda u manbalarni 121 tasi faoliyat yuritmoda. Chimyon va To`rtko`l kabi tog`-chang`I sportini rivojlantirish mumkin bo`lgan bir qancha tog` maskanlari mavjud. Baland tog`li qorlar, alpinism, speleoturizm, daryo turizmi kabi turli tog` turizmi turlarini amalga oshirish imkonini beradi.
|
| |