|
mavzu. Turistik industuriyaning xususiyatlari va tarkibi
|
bet | 44/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK mavzu. Turistik industuriyaning xususiyatlari va tarkibi.
roli.
Reja:
Xalqaro turizmning rivojlanishi.
Turizm industuriyasi va uning xalqaro turizmni rivojlantirishdagi
Xalqaro turizmning rivojlanishi
Xalqaro turizm – muntazam va aniq maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm sohasidagi faoliyat bilan bog`liq holda, biron- bir mamlakat hududida (kirish turizmi) turizm hizmatlari va turistik maqsulotlarni biron bir malakatda (ichki turizm) doimo yashaydigan
sayohat qiluvchi shaxslarga taqdi etishdir. Xalqaro turizmga kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat doirasidagi turizm bilan shu mamalakat fuqarolari (ichki turizm) ham boshqa mamlakatlardan keladigan (kirish) ham shug`ullanadi. Mamlakatlar daromadlarni oshirish nuqtai nazaridan u ko`proq jalb qiladi. Bu yo`nalishdagi turistik faoliatning rivojlanishi bir tomondan mamalakatga valuta oqimini ikkinchi tomondan mazkur mamalakatda yashovchi fuqarolarning daromadlarini ko`paytiradi. BU daromadlar ushbu mamlakatda qoladiva uning iqtisodiyotining rivojlanlantirishga jalb etadi. Bundan tashqari ichki turizm shundan muhim iqtisodiy funksiyani bajaradiki, mazkur mamlakatda daromad darajasini maromiga yetkazishga yordam beradi. Bu degani shuki, sanoat rivojlangan mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga taqsimlanishga imkon yaratadi.Lekin bu mintaqalar odatda boy tabiiy resurslarga ega. Shuni takidlash joizki individual tashrif buyuruvchi turistik tashrif uchun ajratadigan daromdning bir qismini beriladigan manzilda sarflanadi, qolgan qismini tashhkil qilish va o`sha manzilga yetib borish uchun sayohat vaqtida sarflanadi. Turizmni aniqlash uchun avvalo quyidagi asosiy qoidalarni shakillantirish lozim:
Turist – bu sayohatda o`z ehtiyojini qondirihga intiluvchi kishi. Turistning ehtiyoji va istagi borgan manzilda aniqlanadi. U tashrif buyurish va faoliyat ko`rsatishda ishtirok etishga saylanayotgani haqida qarorga keladi;
Turistik biznes – bu turistlar ehtiyojini qondirish, faoliyatdan mahsulotlar va hizmatlar ishab chiarish bo`yicha daromad olishdan ko`zlangan biznesdir;
Mehmondo`stlik sohasi uchun turizm asosan ijobiy omil sifatida chiqadi. Shunindek, u yangi ishchi o`rinlari ochish va mintaqalar daromadlarini ko`paytirish omili hamdir. Turizm atrof muhitga salbiy tasir etishi ham mumkin. Turizm milliy ma`uriy tashkilotlar tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish omili sifatida qaraladi. Ko`p hollarda ihtimol tutilgan salbiy oqibatlar (bevosita va bilvosta zararlar) unda hisobga olinmaydi.
Yuqorida aytilganlarga muofiq, turistik faoliyat – turistlar, turitik korxonalar, mehmonnavozlik sohasi, tashrif buyuruvchilarning joylashtirish va hizmat ko`rsatishga ma`muriyatni jalb qilish jarayonlari natijasida qator hodisalar va o`zaro munosabatlarni.Turizm tarkibi turli xil o`xshashliklardan iborat bo`lgan mahsulot, servis, hizmat ko`rsatuv obektlari ishlab chiqarish birligiga ega bo`lgan barchasi individual iste`molchga yoki guruh iste`molchilariga vaqtinchalik doimiy yashash joyini tark etgan va malum turistik manzilda tushuniladi. Agar turizm turlarining ko`p qirraliligini yoritshga urinsa, uning iqtisodiyotini turli sohalarga tasiri baholansa turizmning hal qiluvchi belgilarini shaklantirish ne chog`lik qiyinligi ravshan bo`ladi. Turizmga berilgan har bir yo`nlish turli iqtisoslashgan nashrlarda aniq vaziyat bilan bog`liq aniq muammolarni hal qilishga asoslangan. Turizmni belgilashdagi yetishmovchilik bu industuriyaning hususiyati bilan bog`liqdir.
Ulkan xilma – xil salohiyatlar ma`lum davirdagi guruhlar orasidan zararurlarini ajratish shundan iboratki turizmning kantret turi ko`p jihtdan tur bo`yicha hizmatlar to`plamini, narx belgilashini taqozo etadi. Xalqaro turizm tasnifini keltirish bo`yicha ko`proq yoyilgan belgilar taklif tipi, safarni uyishtirish usuli sayohat maqsadi, harakatlanish usuli hisobanadi.
Dam olish va rekratsion turizmga dam olish maqsadidagi turli ko`rinishdagi turizm, diqqatga sazovor joylar bilan tanishish (Excursions), sport bilan shug`ullanish (Skiinq, Divinq, Fishinq), poxotlar uyishtirish (Activity Adventure), ekzotik dam olish (Exotic Travel),tematik safar (Theme Trips, based around cultural themes inarts, history, archalology, etc) lar kiradi. Ishga doir turizmga kongresli (Conferense Travel), doir muzokaralar olib borish maqsadidagi safar, seminarlar va boshqa professional (kasbiy) maqsadlardagi (Business Talks.ete), shop turlari kiradi.
Keyingi o`n yillarda xalqaro turizm jadal sur`atlar bilan rivojlanmoqda. Turistlar nafaqat Yevropa bo`ylab, balki Amerika, Afrika, Osiyo, Avstraliya va Okeaniya bo`ylab sayohatga chiqishmoqda. Agar 1950- yillarda jahonda turistlar oqimi 25 mln kishini tashkil qilgan bo`lsa, 1997-yilga kelib ularning soni 592,9 mln kishiga. Xalqaro turizmdan olinadigan foyda 425 mlrd dollorni tashkil etmoqda (Ramanov, Saakyans 2002). Butun jahon turizm tashkilotining bergan ma`lumotlariga qaraganda turizmning jahon iqtisodiyotiga qo`shgan hisssasi 3,5 trillion dollarni tashkil etmoqda. Bu jahon yalpi ichki mahsulotining 10,9 foizga tengdir. Turizm jahon iqtisodiyotoda salmog`I jihatian neft va aftomobil sanoatidab keyin uchunchi o`rinni egallaydi. Butun jahon turizm tashkilotining bashorat qilishicha 2010 – yil borib, turistik sayohatga chiqish hozirgiga nisatdan ikki barobar ortadi va jahon bo`yicha turistlar oqimi milliard kishidan ortadi. 1993 yilga kelib xalqaro turizm rivojiga ahondagi investitsiyalarning 11 foizni jalb qilinda va ulardan olinga soliqlar qiymati 302 milliard dollarni tashkil etdi. Ilmiy – texnika taraqqiyoti natijasida hozirgi kunda uzoq masofalar qisqa bo`lib qoldi.
Turizm tufayli ko`pgina mamalakatlarda sanoat ishlab chiqarishda yangi texnikalar kirib keldi. Ko`pchilik mamlakatlarda turizm indisturiyasini rivoji aholini ish bilan taminladi.. Turizm rivojining asosida ishchi hizmatchi yoshlar va ziyolilarning ta`til vaqtida pul bilan ta`minlanganligi yotadi. Shu sababli turistlar tarkibida nafaqat keksalar, o`rta yoshdagi kishilar, kichik va o`rta tadbirkorlik ishlari vakillari, balki yoshlar ham ko`pchilikni tashkil etmoqda.
Xalqaro turizm xalqlar o`rtasida birodarlashuv iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga sababchi bo`ladi. Jahondagi ko`pgina mamlakatlarda turiz industuriyasi barqaror rivojlanmoqda butun jahon turizm tashkilotining bergan ma`lumotlariga ko`ra 1997- yilda jahon bo`yicha 260 mln kishi turizm hizmati bilan band. Turizm sohasida ko`plab davlatlar hususiy kompaniyalar, banklar sug`urta tashkilotlari kuliblar aksionerlik jamiyatlari faol ishtirok etmoqda. Turizm transport, aloqa, qishloq xo`jaligi, qurilish, aholi uchun keng ist`mol mollari ishlab chiqaradigan tarmoqlarga ijobiy tasir ko`rsatmoqda, mamalakatlar iqtisodiyotining mamlakat rivojida mamlakatlar iqtisodiyotining rivojida katalizatr bo`lmoqda. Natijada turizm industuriyasi jahonning turli xil mamlakatlarida iqtisodiyotning intensiv rivojiga sabab bo`lmoqda jahonning ko`pgina mamlakatlari xalq xo`jaligida turizm mustaqil tarmoqqa aylanmoqda. Turizm, mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta`sir etish bilan birgalikda, unung xalqaro maydonda obro`sining ortishiga ham katta ta`sir ko`rsatmoqda. Turizm rivojlangan mamalakatlarni 2 guruhga ya`ni turistlarni yetkazib beruvchi va turistlarni ko`plab qabul qiluvchi mamlakatlarga aylanmoqda. Turistlarni yetkazib beruvchi mamlakatlarda aholining 10 foizi chetga turist sifatida chiqadi. Bunday mamlakatlarga
AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Avstriya kiradi. Ushbu mamlakatlar cheyga ko`plab turistlar yetkazib berish bilan birgalikda chetdan ko`plab turistlarni ham qabul qiladi. Iqtisodiy jihatdan o`rtacha rivojlanga mamlakatlar orasida Gretsiya,Turkiya, Kipr, Ispaniya, Portugaliaya, Misr hamda rivojlanayotgan mamalakatlardan Maroko, Tunis, Bagam orollari mamlakatlari ham turistlarni ko`plab qabul qiluvchi mamlakatlar guruhiga kiradi. Xalqaro turizm rivojida turistarni yuboruvchi va turistlarini o`ziga qabul qiluvchi davlatlar turistlarga hizmatni shunday tashkil etish kerakki bunda kelgan sayyoh albatta shu kelgan joyida olib kelgan qismining asosiy qismini harajat qilishga erishsin. Buning uchun turistlarga hizmat qilishni ilmiy asoslanga holda tashkil qilish lozim.
|
| |