Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar




Download 0,56 Mb.
bet40/59
Sana21.01.2024
Hajmi0,56 Mb.
#142301
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
TURIZM DARSLIK

Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar


Turizm xizmat bozoriga va turizm talabiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Turizm talabiga boshqa tovar va xizmatlar kabi aholining oldigan daromadi va ularning sayohat uchun ishlatilishi ta’sir qiladi.
Turizm iqtisodiyotning bir tarmog‘i sifatida ikki holatda barqaror bo‘ladi, ya’ni fuqarolarning bo‘sh vaqtlari va yetarli daromadlarining borligi bilan belgilanadi. Shu sababli turizmda yuqori darajada turizmga bo‘lgan talabni shakllantirish uchun, aholining bo‘sh vaqtini va daromadini oshirish yo‘llarini amalga oshirish kerak. Turizmga bo‘lgan talabni oshiruvchi asosiy ob’ektiv omil bo‘lib, aholining bo‘sh vaqti tendesiyasi hisoblanadi.
Aholining ba’zi ehtiyojlari qondirilmaguncha, turizm ommaviy ahamiyat kasb etmaydi. Turizm xizmat bozorini tahlil qilishda turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar, ya’ni so‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘z o‘ringa ega bo‘lgan iste’molchilarning ijtimoiy – demografik va psixologik xatti-harakatlarini ko‘rib chiqamiz.
Bu yerda asosiy omil bo‘lib, aholining joylashish strukturasi, aholining daromadlar darajasi, ta’lim, mashg‘ulotlar turi, aniq bir irqga mansubligi, jinsi, vaqti, hayot tarzi va h.k. hisoblanadi.
Aholining strukturasi O‘zbekiston ko‘p millatli respublika bo‘lib, bu yerda yuzdan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Aholining asosiy qismi o‘zbeklardan iborat bo‘lib, ularning salmog‘i muttasil ortib bormoqda. Yevropalik aholining salmog‘i kamaymoqda, buning sababi
tub aholi bilan yevropalik aholining tug‘ilish darajasidagi katta tafovvutdir. Respublika aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi istiqbolda ham kutiladi. 2015 yillarga aholi 36333 ming kishini tashkil qilishi hisoblab chiqilgan.
Hozirda turizm rivojlanishining kelajagini aholi strukturasining o‘zgarishi belgilaydi. Shu tufayli O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga barcha asoslar mavjudligi ko‘rinib turibdi.
Yosh. Aholi strukturasida yoshining o‘zgarishi biznesning barcha sohalariga ta’sir qiladi. Turizm rivojlanishini bashorat qilishda, mamlakat aholisining yosh bo‘yicha tarkibini o‘rganish va turizm xizmat bozoriga ta’sirini aniqlash muxim ahamiyat kasb etadi.
G‘arb kuzatuvchilari turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi quyidagi yosh bo‘yicha segmentlarni ajratadilar.
Bolalar. Bolalar tug‘ilishining ortishi turizm uchun uncha yaxshi emas. Sababi yosh bolalari va chaqaloqlari bor oilalar sayohatdan ko‘ra uyda o‘tirishni afzal ko‘radilar. Bundan tashqari bunday oilalarda sayohat uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan daromadning bir qismi yosh bolalar va chaqaloqlarga ishlatishadi. Ammo yosh bolalarning o‘sish tendensiyasi turizmning kelajak-dagi rivojlanishi uchun yaxshi omil hisoblanadi. Sababi kelajakda bu yosh bolalar turistlik xizmatlarning salohiyatli iste’molchilari hisoblanadilar.
O‘smirlar bozorning asosiy segmentini tashkil etadilar. Sababi ular o‘zlarining individual harid qobiliyatiga ega. Qayerda dam olish kerakligiga oila a’zolariga o‘zlarining ta’sirini o‘tkazadilar. Ular mustaqil turistlar hamdir. Sayohat qilishiga shaxsiy transport vositalarining borligi asosiy omil hisoblanadi.
Turizm xizmat bozorida yoshlar ikki yosh kategoriyalari bo‘yicha bo‘linadilar, ya’ni 18 dan 24 yoshgacha va 25 dan 34 yoshgacha. O‘zlarining ko‘p sonliligi va ko‘proq harakatlanish qobiliyati bilan, bu kategoriyadagilar turizm xizmat bozorining holatiga ta’sir qiladi. Odatda bu guruhdagi yoshlar ko‘pchilikni tashkil qilganligi sababli, bu segmentning kompleks tendensiyasini aniqlash mumkin: kechroq turmush qurish, oilada faqat bir bolaning tug‘ilishi, kichik uy xo‘jaligi, oiladagi har ikkala a’zosi uchun ham kar’eraning muhimligi. Turizm xizmat bozorida yoshlarning ko‘proq ikki guruhi uchraydi: turmush qurmagan va bolasi yo‘q yosh oilalar.
Aholining harid qobiliyatiga 35 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lganlar asosiy ta’sir ko‘rsatadilar. Bu segmentning hayot tarzi butun mamlakat hayot tarzi bo‘la boshlaydi, bu xoh sayohat bo‘lsin, yoki dam olish maskanlari bo‘lsin, aynan shu guruhdagi aholi samolyotlardagi sayohatlarga va kurortlarda dam olishga ishqiboz. Sayohatga va ko‘chish vositalariga ular ko‘p pul sarflaydilar. Bularning ko‘pchiligi yaxshi ta’lim olgan. Ular uchun o‘z bilimlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi axborotlarni olishni ular o‘zlari uchun fikrlash doirasini kengaytiruvchi vosita deb biladi. Bu guruhdagi kishilarning ehtiyojlarini qondirish, turizm biznesining kelajakdagi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil hisoblanadi.
45 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lganlar. O‘zlarining yashash joylaridan uzoqroqda, kurortlarda dam olishga, samolyotlarda sayohat qilishga molikdir.
Bu guruh asosini ijtimoiy faol kishilar tashkil qiladi. Bu yoshdagigilar barcha qulayliklar bo‘lishini va ekskursiya dasturlariga
o‘zlarining kasbiga bog‘liq ob’ektlar bilan tanishishni kiritilishini xohlaydilar.
Asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan tendensiya – bu keksa yoshdagi aholining o‘sib borishidir. (60-65 yosh va 65 yoshdan yuqori). Bu bozor doimo o‘sib boruvchi va boshqa yoshdagi segmentlarga nisbatan asosiysidir. Bu turizmning ajralib turuvchi jixati shundaki, bu yoshdagilar xodimlar xizmatiga, tibbiy yordamga va h.k.larga talabi yuqori. Shu jumladan bu turistlarning dam olish vaqtlari chegaralanmaganligi sababli, aynan turizmning mavsum oylari (iyul, avgust) ni chetlab o‘tishga harakat qiladi va iliq kuz mavsumini yaxshi ko‘rishlari bilan, kishini o‘ziga jalb qiladi.
Bu yoshdagi guruhlarning turizm va sayohatga bo‘lgan munosabati nuqtai nazaridan uch asosiy guruhlarga ajratiladi:

  • 55 yoshdan 64 yoshgacha:

  • 65 yoshdan 74 yoshgacha va 75 yoshdan yuqori.

55 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar, qo‘llarida naqd pul borligi va bolalarining o‘qishi, tarbiyasi va ta’minotidan ozodligi bilan harakterlanadi. 65 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lganlar faol pensionerlar hisoblanib, sayohatchilarning asosiylarini tashkil qiladilar. 75 yoshdan yuqori aholi unchalik faol emas va shu sababli uzoq davom etuvchi va olis sayohatlarga molik emaslar.
Daromad. Aholining harid qobiliyati turizm rivojlanishining asosiy omilidir. Daromadlarning o‘sishi bilan turizmga sarf-harajatlar ham oshadi. U yoki bu oilaning daromadi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik tursayohatga imkoniyati yuqori bo‘ladi. O‘zlariga to‘q odamlar daromadlarining bir qismini aynan turizmga sarflashni ma’qul qiladilar.
Vaqt tejash vositasi sifatida ularni ko‘proq aviatransportlar orqali uchishlar jalb qiladi.
O‘ziga to‘q mijozlarning dam olish uchun qiladigan harajatlarining ko‘p qismi, tur mahsulotni harid qilishga, joylashishga, ko‘ngil ochar dasturlarga va ovqatlanishga sarf qiladilar. Transportga qilinadigan harajatlar jami harajatlarning katta qismini tashkil qiladi. Sababi, transport xizmatlarida tejamkorlik qilish, joylashtirish va ovqatlanishga ko‘ra ancha qiyin. Turizmga bo‘lgan talab to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarning daromadlariga bog‘liq. Shu sababli doimo aholi daromadlari tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasini kuzatib borish kerak. Agar iqtisodiy ko‘rsatgich kamaysa, turistlik korxonalar o‘z mahsulotlari narxlarini tushirishlari kerak.
Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar tufayli, inflyatsiya aholi asosiy qismining jamg‘arilgan pul mablag‘larining kamaishi oqibatida, aholining aniq daromadlari keskin tushib ketdi. Bunday xolatda turistlik firmalarda ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari vujudga keladi, ya’ni chetga ancha qimmat sayohat urniga uncha uzoq bo‘lmagan va arzonroq mamlakat ichidagi sayohatga talabni shakllantirish kerak.
Ta’lim. Aholining turistlik faolligi to‘g‘ridan–to‘g‘ri salohiyatli iste’molchilarning ta’lim darajasi bilan bog‘liq. Ta’lim odamlarni qiziqishini kengaytiradi va shu sababli turizmga ta’sir qiladi. O‘rta ma’lumotli odamlar ko‘ngilochar sayohatlarni afzal ko‘radilar. Oliy ma’lumotli odamlar esa ko‘proq sayohat qilishga molikdirlar. Bu toifadagi aholida yuqori darajada daromad manbai bo‘lib, sayohat chog‘ida asosiy harakatlanish vositasi sifatida aviatransportni afzal ko‘radilar.
Kasb. Turizm mahsuloti va xizmatlarining haridiga turistning qanday kasb bilan shug‘ullanishi ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi. Idoralarda ishlovchilar, xizmatchilarga nisbatan ko‘proq sayohat qiladilar. Lekin yil mobaynida ko‘proq sayohatni menedjerlar, bank xodimlari va boshqaruv apparati xodimlari amalga oshiradilar. Turistlik firmalar mashg‘ulot turlari bo‘yicha guruhlarni aniqlab olishga harakat qiladilar. Ba’zi bir turistlik firmalar aniq bir kasb guruhlari uchun maxsus turmahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Lekin har doim ham iste’molchilarni aniq bir ko‘rsatkichlar, ya’ni daromadi, ma’lumoti, yoshi va mashg‘ulot turlari bo‘yicha ajratib bo‘lmaydi. Ayrim ishchi xizmatchilar yetarlicha yuqori daromadlarga ega bo‘lishlari mumkin, lekin ularning harid qobiliyati boshqaruv apparati xodimlari harid qobiliyatidan keskin farq qiladi. Odatda yuqori maosh oladigan ishchilar turizmga kamroq pul ishlatadilar. Bu guruhdagilar faol sayohat qiluvchilar bo‘lmasalarda, salohiyati bo‘yicha bozorda turizm menedjerlarining e’tiborini jalb qiladilar.
Irqi. Ma’lum bir millat va irqning son jixatdan kamligi ham turizm xizmatlarining salohiyatli iste’molchilari bo‘lishi mumkin. Aholining bu qismi o‘zlarining milliy an’analari, madniyati va urf-odatlariga ega. Bu guruh odamlarida mahalliy aholidan farqli ravishda harid qobiliyati o‘ziga xos bo‘ladi. Bu guruhdagi salohiyatli iste’molchilar o‘zlariga alohida maxsus yondashishni va maxsuslashgan marketing dasturini bo‘lishini talab qiladi.
Jinsi. O‘zbikiston aholisi tarkibida ayollar 51 % ni tashkil qiladi, sababi ayollarning o‘rtacha umri erkaklarnikiga nisbatan o‘sib bormoqda. Bundan tashqari doimo o‘suvchi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda
ayollarning roli oshib bormoqda. Bu omillar ayollarni turizm xizmat bozoridagi asosiy segmentga aylantirmokda.
O‘zbekistonda ishlovchi ayollardan ko‘ra uy bekalari ko‘p. Ishlovchi ayollar ko‘p hollarda yuqori daromadlarga ega va shu sababli oilada qo‘shimcha daromad bo‘lishi tufayli sayohatlarga yetarli pul mablag‘lari bo‘ladi.
Ishlayotgan ayollar orasida kar’eraga qiziquvchi ayollar turfirma uchun ancha istiqbollidir. Shu sababli jinslarning ijtimoiy rolida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda va bu iste’molchilar harakatidagi o‘zgarishlarga olib kelmoqda.

Download 0,56 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar

Download 0,56 Mb.