• 1. Fanning obyekti. Industrial iqtisodiyotning ta’rifi
  • Industrial jamiyat
  • 1. Fanning obyekti. Industrial iqtisodiyotning ta’rifi




    Download 298.99 Kb.
    bet1/4
    Sana21.06.2023
    Hajmi298.99 Kb.
    #74953
      1   2   3   4
    Bog'liq
    19 Maskalardan foydalanish, 0-16 yoshlar jadvali umumiy, 000, ccccc, 8-ma\'ruza PL (2-semestr), Документ Microsoft Word, Taqdimot, Taqdimotlar, Тесты по предмету Физиология человека2 курс (1), Amaliy mashgni Corel Draw da bajarish tartibi, 17-мактаб Ватан таянчи отряди (3) (Lotincha), Mkroprotsessorlar, mikroEHM asoslari (1), MAQOLA ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, maqola-------------------

    IQTISODIYOT AKTI
    Reja:


    1. Fanning obyekti. Industrial iqtisodiyotning ta’rifi
    2. Fanning predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi
    3. Fanning o’rganish metodikasi va usullari
    4. Fanning zamonaviy shart-sharoitga xos vazifalari

    1. Fanning obyekti. Industrial iqtisodiyotning ta’rifi Har bir fan o’zining o’rganish obyektiga ega bo’ladi. Shunday obyektning bo’lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. “Industrial iqtisodiyot” fani ham o’z obyektiga ega. Uning obyekti sanoat va qurilish sohalari hisoblanadi. Shu bois fanni mazmunan va tarkiban ikki qismga ajratib o’rganamiz: birinchisi – sanoat iqtisodiyoti; ikkinchisi – qurilish iqtisodiyoti.
    Industrial jamiyat – bu jamiyatning shunday turi bo’lib, unda ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotda tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlash, hamda sanoat katta qiymat ulushiga egadir1. Industrial jamiyat sanoat inqilobi natijasida yuzaga keladi.
    Industrial taraqqiyot ko’proq zavod va fabrikalarni ochish va ishga tushurishga harakat qilish bilan tavsiflanadi. Mamlakatda “fabrika ishlab chiqarishi”ni kengayib borishi uchun davlat ekologik standartlarga amal qilinishiga e’tiborsiz bo’ladi. Sanoat korxonalari – asosan energiya sig’imi yuqori va o’z faoliyati uchun katta moddiy xarajatlarni talab etadi. Buning natijasida atmosferaga zararli chiqindilar chiqarilishi va suv havzalarini ifloslanishi yuzaga keladi. Yomon ekologik holat – industrial iqtisodiy modelning asosiy hosilasi hisoblanadi.
    Industrial sivilizatsiyani vujudga kelishi sanoatda va boshqa tarmoqlarda yirik mashina ishlab chiqarilishini yaratilishi bilan bog’liq murakkab jarayondir2. Bunda jami ishlab chiqarish hajminining asosiy ulushi sanoatga to’g’ri keladi. Shahar aholisining ulushi ortib boradi. Mamlakat eksportida sanoat mahsulotlarining salmog’i ko’p bo’lsa, importda qishloq xo’jalik mahsulotlari va xom ashyo ulushi ko’p bo’ladi. Industrial iqtisodiyotning o’ziga xos belgilari - mehnat unumdorligining yuqoriligi va ishlab chiqarishning o’sish sur’atlarini yuqoriligi hisoblanadi.

    Download 298.99 Kb.
      1   2   3   4




    Download 298.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Fanning obyekti. Industrial iqtisodiyotning ta’rifi

    Download 298.99 Kb.