T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
http://tadqiqotlar.uz/
29-son_1-to’plam_Yanvar-2024
81
O‘QITUVCHILARDA KASBIY SO‘NISH JARAYONINING
SHAKLLANISHIDA STRESSNING TA’SIRI
Tojiyeva Surayyo Dilmurod qizi
Kattaqoʻrgʻon tumani 44-maktab psixologi
Annotatsiya. Mazkur maqolada shaxsning kasbiga nisbatan faolligi va
qiziqishini soʼnishi mexanizimlariga eʼtibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur
xolatdagi shaxslarga qanday yordam berish yoʼllariga toʼxtalib oʼtilgan.
Kalit soʼzlar: kasbiy stress, kasbiy soʼnish, kasbiy zerikish, kasbidan bezish,
kasbiy oʼzlik, kasbiy “men”lik, kasbiy malaka, kasbiy hamkorlik, kasbiy layoqat
KIRISH
Jahon miqyosida ijtimoiy intergrasiya, globallashuv va axborotlashgan
tendensiyalarining kuchayib borishi ta’lim tizimida ’qituvchilarning ijtimoiy-
psixologik kompetentlik masalariga bugungi zamonaviy talablar asosida yanada
jiddiyroq e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Jumladan o’qituvchilarning bugungi
kunda kasbiy faoliyatda yuzaga kelayotgan kasbiy stress omillarini o’rganish, ularning
kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish
kabi ustuvor masalalar bo’yicha muhim tadqiqot ishlari olib borilmoqda.Shuningdek,
amalga oshirilayotgan keng ko’lamli isloxatlar isloxatlar talabiga to’la javob beruvchi,
intelektual saloxiyati yuqori, keskin o’zgarishlar tez moslasha oladigan, raqobat
bardosh, mexnat bozorida mutaxasislar malakasiga quyilayotgan talablar darajasida
samarali faoliyat yurituvchi shaxsni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda o’qituvchi kadrlarga bo’lgan talab oshib borishi bilan birgalikda ular
oldinga ham bir qator ma’suliyatlarni yuklaydi.Shular jumlasiga pedagogning o’z
kasbiga sadoqati, kognitiv saloxiyati, kasbiy kompetentligi shular jumlasidandir.
Bugungi kunda pedagoglar faoliyatida kasbiy stress nomoyon bo’lishiga ta’sir etuvchi
psixologik
omillarni
o’rganish
orqali
pedagoglarning
kasbiy
faoliyat
samaradorligiga,ularning kasbiy va shaxsiy taraqqiyori uchun muhim bo’lgan ilmiy-
amaliy ishlar ko’lamini yaratish imkonini beradi.
Umuman olganda kasbiy stressni keltirib chiqaruvchi omillardan biri kasbiy
kompetentlikni etishmasligi, pedagog faoliyatida salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkinligini ta’kidlab o’tmoqchimiz.
O’qituvchining kasbiy kompetentligi yuqori bo’lsa unda kasbiy stress vujudga
kelmaydi deb aytishimiz mumkin. Kasbiy stress nomoyon bo’lishida yana bir omil
refliksivlik ya’ni shaxsda o’zini o’zi nazorat qilishning shakllanishi muammosi
psixologiya faninning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.O’zini o’zi nazorat qilish
muammosi doirasida xorij psixologlari tomonidan bir qator tadqiqotlar olib borilgan.
|