• Umumiqtisodiy fanlar
  • Iqtisodiyot nazariyasi
  • “Industrial iqtisodiyot”
  • Industrial iqtisodiyot”
  • Makroiqtisodiyot
  • Mikroiqtisodiyot
  • Industrial iqtisodiyot
  • Fanning predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi




    Download 298.99 Kb.
    bet2/4
    Sana21.06.2023
    Hajmi298.99 Kb.
    #74953
    1   2   3   4
    Bog'liq
    19 Maskalardan foydalanish, 0-16 yoshlar jadvali umumiy, 000, ccccc, 8-ma\'ruza PL (2-semestr), Документ Microsoft Word, Taqdimot, Taqdimotlar, Тесты по предмету Физиология человека2 курс (1), Amaliy mashgni Corel Draw da bajarish tartibi, 17-мактаб Ватан таянчи отряди (3) (Lotincha), Mkroprotsessorlar, mikroEHM asoslari (1), MAQOLA ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, maqola-------------------

    2. Fanning predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi


    Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning samaradorligini, natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish, xo’jalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallash zarur.
    Iqtisodiyot sohasida ro’y berayotgan barcha voqeliklardan xabardor bo’lish, ularning mohiyati va ahamiyatini to’g’ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o’z vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o’rgatadi (1-sxema).
    Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi –
    Umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodni yaxlit o’rganuvchi fanlar. Ikkinchi –
    Xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona (firma) iqtisodini o’rganuvchi fanlar. Birinchi guruhga eng avvalo “Iqtisodiy nazariya“ fani kiradi. Uning o’zi o’z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va umum iqtisodga nazariy jihatdan yondoshadi, unga xos qonun va qoidalarni o’rganadi.
    Iqtisodiyot nazariyasi – insonlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o’zaro alohida o’rganuvchi fandir. Bu fan kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni boshqarish qonunlarini, shuningdek, ulardan amaliy faoliyatda foydalanish yo’llarini o’rganadi. Lekin iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo’lish, ro’y berish shakllarini va xususiyatlarini o’rganmaydi. Bu bilan aniq iqtisodiy fanlar shug’ullanadi. Ana shunday fanlardan biri Industrial iqtisodiyot” fani hisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari, hamda qurilish sohasida namoyon bo’lishini, ro’y berishini, tuzilmaviy o’zgarishlarning “falsafasini“, boshqarishning ilmiy asoslarini, rejalashtirish va prognozlashning metodologiyasi va metodikasini, fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari, sanoat resurslarining mohiyati, ahamiyati va turlari hamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoat va qurilishga xos qator muammolarini o’rganadi.
    Industrial iqtisodiyot fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog’langan. Ular jumlasiga Ekonomiks, Iqtisodiy nazariya, Makro va Mikroiqtisodiyot, Statistika, ayniqsa Iqtisodiy statistika, Mehnat iqtisodi, Marketing, Menejment, Buxgalteriya hisobi va audit, Moliya-kredit va Bozor iqtisodiyoti va boshqa bir qator fanlar kiradi.

    Industrial iqtisodiyot” kursi “Korxona iqtisodi“ fani bilan chambarchas bog’liqdir. Bunday bog’liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlarining moddiy-texnika va mehnat salohiyatidan to’la-to’kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir ko’rsatishning yangidan-yangi usullarini topishda mahorat va ishning ko’zini bilishga yordam beradi.
    Iqtisodiy hayot jarayonlari va hodisalarini o’rganish darajasi nuqtai nazaridan, odatga ko’ra, makroiqtisod va mikroiqtisodni farqlaydilar.
    «Makroiqtisodiyot» fani iqtisodni bir butun sifatida qaraydi va umumiy (majmuiy) talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning shakllanish jarayonlarini tadqiq etadi, hukumat budjet siyosatining iqtisodiy o’sishiga, inflyatsiya va ishsizlik darajasiga ta’sirini tahlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini o’rganadi va o’rgatadi.
    «Mikroiqtisodiyot» fani ishlab chiqarish tarmog’i va korxona, tovar va moliya bozorlari, banklar, turli firmalar, uy xo’jaligi kabi alohida subyektlar va tuzilmalarning fe’l–atvorini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chiqarish hajmi va ularga baho qanday belgilanishini, soliqlar va boshqa to’lovlarning aholi jamg’armalariga qanday ta’sir etishini o’rganadi.
    Industrial iqtisodiyot” fani «Menejment» fani bilan ham bevosita bog’liqdir. Chunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va amaliyoti asosida o’z yechimini topishi mumkin.
    «Menejment» fani – bu boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirish va ta’sirchan qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
    Bu fanning muhim muammolarini o’rganishda iqtisodiyotda texnika va texnologiya taraqqiyotining yo’llarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan ham keng foydalanish g’oyat zarurdir.
    Shunday qilib “Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti deganda jamiyatning obyektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo’lish shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlab beradigan shart-sharoitlar va omillarni o’rganish tushuniladi.

    Download 298.99 Kb.
    1   2   3   4




    Download 298.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanning predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi

    Download 298.99 Kb.