|
1. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsad va vazifalari Ehtiyojlar va resurslar. Iqtisodning asosiy masalalari Bozor va uning vazifasi
|
bet | 1/3 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 37,58 Kb. | | #121415 |
Bog'liq mi1
1-mavzu. Kursning mazmuni, maqsadi va vazifalari
1. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsad va vazifalari
2. Ehtiyojlar va resurslar. Iqtisodning asosiy masalalari
3. Bozor va uning vazifasi.
1.Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, uslubi va vazifalari.
Resurslar, daromadlar va tayyor maxsulotlar bilan ayirboshlashning xilma-xil va ko’p sonli barcha jarayonlar uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati ideal hisoblanadi. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning oshiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi.
Sanab o’tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida paydo bo’ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb ataladi, uni o’rganuvchi fanni esa makroiqtisodiyot deb ataladi.
Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish alohida olingan korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadati harakatini boshqa fan - mikroiqtisodiyot o’rganadi. Bu fan korxona yoki tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo’lgan talab va taklifning hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlaring ko’rib chiqadi.
Zamonaviy mikroiqtisodiyot asosiy belgisi va afzalligi- bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi. Bu maqsadni bajarishga qaratilgan fan mikroiqtisodiyot deb nomlangan .
Mikroiqtisodiyot fani- turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir korxona, bir tadbirkor, yakka uy xo’jaligi faoliyati doirasida foydalanishini – olish, sotish, unga talab, uning taklifi, jamiyatdagi ma’lum bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samaralik ishlatilishini, iqtisodiy o’sish barqarorligini, ya’ni milliy iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy holda o’rganadi.
Mkroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo’nalishlarini ishlab chiqish uchungina emas, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo’jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsad va vazifalari Ehtiyojlar va resurslar. Iqtisodning asosiy masalalari Bozor va uning vazifasi
|