• 1.1-rasm. Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi
  • Xo’jalik muammolarini hal etishda mikroiqtisodiyotning amaliy ahamiyati




    Download 37,58 Kb.
    bet3/3
    Sana17.12.2023
    Hajmi37,58 Kb.
    #121415
    1   2   3
    Bog'liq
    mi1
    АКТ (6) — копия
    3. Xo’jalik muammolarini hal etishda mikroiqtisodiyotning amaliy ahamiyati.
    Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida echiladi:
    - optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;
    - alternativ xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish yo’nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali.
    Iqtisodiy sub’ektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko’ra o’z maqsadlariga erishishi uchun xo’jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy sub’ektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.
    Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub’ektlarni ikkiga bo’lib qaraydi - iste’molchilar (uy xo’jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin darajada o’zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo’lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko’rsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.
    Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:

    1. ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;

    2. iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;

    3. ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.

    Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1.1-rasm).




    1.1-rasm. Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi

    Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi o’zgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqi o’zgaruvchilar bo’lib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen o’zgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo’linadi: uy xo’jaliklari va firmalar. Uy xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.


    Ko’rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy xo’jaliklari hal qiladi. Uy xo’jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo’lishi kerak. Firmalar, o’z navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo’jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo’yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak bo’ladi.
    Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.
    Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo’jaliklari sektori o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.
    Har bir bozor o’zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’ektiga ega: sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo’jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo’lib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning o’zida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash muammosini echish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash to’g’risida signal bo’lsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash to’g’risida muhim axborot bo’lib xizmat qiladi.
    Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bog’liq xarajatlarga transaktsion xarajatlar deyiladi.
    Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qarorlarini vaqt bo’yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) bozorining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, ularning narxlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga, ularning kelajakda nisbatan noyobligi to’g’risida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga ko’ra, o’zlarining joriy xo’jalik rejalarini qayta ko’rib chiqadilar va o’zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar.

    Xulosa

    1. Mikroiqtisod iqtisodning ayrim sub’ektlari - iste’molchilar, mehnatchilar, kapital ko’yuvchilar, resurs egallari va ayrim firmalar tomonidan bir qarorga kelishning mexanizmini o’rganadi. U bozorlar va sanoat tarmoqlarini shakllantiruvchi iste’molchilar va firmalarning birgalikdagi xatti-harakatlarini tadqiq etadi.

    2. Mikroiqtisod nazariyani tadbiq etishga asoslanadi, nazariya esa iqtisod ayrim sub’ektlarining sa’y-harakatlarini (sodda usul bilan) tushuntirishga yordam beradi, kelajak uchun tegishli prognozlar qilishda ko’l keladi. Nazariyaning matematik ifodasi bo’lgan modellar mazkur tushuntirib berishning tasviri sifatida va prognozlash jarayonida ko’llaniladi.

    3. Mikroiqtisod iqtisodiy hodisalarni tushuntirib berish va prognozlash bilan shug’ullanadi. Biroq mikroiqgisod uchun me’yoriy tahlil ham muhim bo’lib, tahlilda biz qanday muqobillik kim uchun yaxshiroq, firma uchunmi yoki butun jamiyat uchunmi, degan savolga javob beramiz. Me’yoriy taxlil ko’p hollarda ba’zi bir baholarni berishga oid mulohazalar bilan ham birga borishi zarur, chunki bu erda tenglik va adolatlik iqtisodiy samarador- lik singari ko’rib chiqilishi mumkin.

    4. Bozor degan tushunchaga xaridorlar va sotuvchilarning majmui taalluqli bo’lib, ularning o’zaro aloqalari tufayli tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo’ladi. Mikroiqtisod ayrim olingan bitta xaridor yoki sotuvchi narxga ta’sir ko’rsata olmaydigan raqobatli bozorni ham, ayrim agentlar narxga ta’sir eta oladigan raqobatsiz bozorni ham o’rganish bilan shug’ullanadi.

    5. Biz inflyatsiya ta’sirini bartaraf etmoq uchun amaldagi narxlardan emas, bapki real narxlardan foydalanamiz. Bunday narxlar INI kabi agregatlangan narxlar indeksiga qarab hisoblab chiqiladi.



    Download 37,58 Kb.
    1   2   3




    Download 37,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xo’jalik muammolarini hal etishda mikroiqtisodiyotning amaliy ahamiyati

    Download 37,58 Kb.