|
Qurilish korxonasi bozor iqtisodiyotining sub’ekti sifatida
|
bet | 1/7 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 201,48 Kb. | | #110748 |
Bog'liq 7-мавзу QI (3)
Qurilish korxonasi bozor iqtisodiyotining sub’ekti sifatida
- Korxona milliy iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini sifatida.
- Korxona vazifalari, xuquqlari,tashkiliy asoslari va bozor munosabatrlariga o’tishda tutgan o’rni.
- Korxonalarning xo’jalik mexanizmi.
- Yuridik shaxs sifatidagi korxona shakllari va turlari.
Bozor iqtisodiyoti – bu xususiy mulk ustunligiga asoslangan hamda iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi yordamida boshqariladigan va tartibga solinadigan iqtisodiyotdir.
Uy xo`jaliklari – iqtisodiyotning iste`molchilik sohasini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo`jaliklari resurslarni yetqazib beruvchi va ishlab chiqaruvchi ham hisoblanadi.
Davlat – iqtisodiy resurslar va tovarlar iste`molchisi hamda ijtimoiy iste`mol xarakteridagi ne`matlar bilan ta` minlovchi hisoblanadi.
Korxona yoki tadbirkorlik sektori - iqtisodiy resurslarning iste`molchisi, iqtisodiyotning birlamchi bo`g`ini va tovar (xizmat) larning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Bozor xo`jaligi subyektlari
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining tabiati taqozo qiladigan, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg`unlashtirishga qaratilgan iqtisodiy dastak hamda vositalardir.
Bozor mexanizmi
Baho
taklif
Raqobat
Talab
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari:
- Xususiy mulk ustuvorligi.
- Tadbirkorlik va tanlash usullari.
- Iqtisodiy manfaatlarning rag`batlantirilishi.
- Davlatning cheklangan roli.
Barcha iqtisodiy tizimlarga xos va bozor iqtisodiyotida ham mavjud bo`lgan belgilar:
- Ilg`or texnologiya va yangi texnikadan keng miqyosda foydalanish.
- Ishlab chiqarishning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi.
- Pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy vositalarning qo`llanilishi.
|
| |