Tayanch iboralar: Uslub, suxbat, tushuntirish, induksiya, deduksiya, analogiya,
analiz, sintez, takkoslash, muammoli, izoxli, illyustrativ, reproduktiv.
Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang‘ich
kursning asosiy o‘zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat.
Bundan
tashqari, bu kursda geometriya va algebraning asosiy tushunchalari
birlashadi.
Boshlang‘ich sinf matematika kursi maktab matematika kursining organik
qismi bo‘lib hisoblanadi. V–XI sinflarda o‘qitiladigan matematikaning eng asosiy
va o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lgan elementar tushunchalari beriladi. Yuqori
sinflarda shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan
va boyitilgan holda
o‘qitiladi. Demak, boshlang‘ich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf
matematikasining mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang‘ich matematikaning
tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural
sonlar arifmetikasi,
asosiy miqdorlar, algebra va geometriya elementlarining
propedivtik kurslari asosiy bo‘lim shaklida o‘qitilmasdan arifmetik material bilan
qo‘shib o‘qitiladi.
2. Boshlang‘ich sinf materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-o‘nlikni
raqamlash o‘qitilsa, keyin 100 ichida raqamlash va arifmetik amallar bajarish
o‘qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin ko‘p xonali
sonlar ichida.
Bularni o‘qitish bilan birga raqamlash, miqdorlar, kasrlar,
algebraik va
geometrik materiallar qo‘shib o‘qitiladi.
3. Nazariya va amaliyot masalalari o‘zaro organik bog‘langan xarakterga ega.
4. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog‘lanishlarni ochish kursda
o‘zaro bog‘langan.
5. Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi.
Masalan, arifmetik amallarni o‘qitishdan oldin uning aniq mohiyati ochiladi,
keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasidagi bog‘lanish,
keyin amal
natijasi, oxirida amallar orasidagi bog‘lanish beriladi.
6. Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o‘zaro bog‘lanishda
berilgan.
Masalan, qo‘shish asosida ko‘paytirish keltirib chiqarilgan.
Boshlang‘ich matematika kursi o‘z tuzilishi bo‘yicha o‘z ichiga olgan,
arifmetik, algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni .
Boshlang‘ich matematika kursida arifmetik materialning konsentrik joylashuvi
saqlanadi.
Ammo, amaldagi dasturda konsentrlar soni kamaytirilgan: o‘nlik, yuzlik,
minglik, ko‘p xonali sonlar. Shuni ham aytish kerak, material shunday katta
guruhlashganki, unda o‘zaro bog‘langan tushunchalar, amallar, masalalarni qarash
vaqt jihatdan yaqinlashtirilgan.
Arifmetik amallarning xossalari va mos hisoblash usullarini o‘rganish bilan bir
vaqtda arifmetik amallar natijalari bilan komponentalari orasidagi bog‘lanishlar
ochib beriladi. (Masalan, agar yig‘indidan qo‘shiluvchilardan biri ayrilsa, ikkinchi
qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi.) Komponentlaridan birining o‘zgarishi bilan arifmetik
amallar natijalarining o‘zgarishi kuzatiladi.
Algebra
elementlarini kiritish, chuqur, tushunilgan va umumlashgan
o‘zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama, o‘zgaruvchi
tushunchalari konkret asosda ochib beriladi.
1-sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar (4=4, 6=1+5,
2<3, 6+1>5, 8-3< 8-2 va hokazo) qaraladi.
Ularni o‘rganish arifmetik materialni o‘rganish bilan bog‘lanadi va uni
chuqurroq ochib berishga yordam beradi.
2-sinfdan boshlab (x+6)-3=2 va h.k korinishdagi tenglamalar qaraladi.
Тenglamalarni yechish, oldin tanlash metodi bilan, so‘ngra amallarning
natijalari bilan komponentlari orasidagi bog‘lanishlarni bilganlik asosida bajariladi.
O‘zgaruvchi bilan amaliy tekshirish o‘quvchilarning funksional tasavvurlarini
egallashlariga imkon beradi.
Geometrik material bolalarning eng sodda
geometrik figuralar bilan
tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik
qonuniyatlarni, bog‘lanishlarni ko‘rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan,
to‘g‘ri to‘rtburchakning teng kvadratlarga bo‘lingan ko‘rsatmali obrazidan
ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasini bog‘lanishi ochib foydalaniladi...).
1-sinfdan boshlab to‘g‘ri
va egri chiziqlar, kesmalar, ko‘pburchaklar va
ularning elementlari, to‘g‘ri burchak va hokozo kiritilgan.
O‘quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli
qog‘ozga sodda yasashlarni o‘rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma
va siniq chiziq uzunligini, ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat
va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida)
topish malakasini
egallab olishlari kerak.