metodidir. Ammo kuzatishlarni qayd qilishning eng ishonchli metodi texnik
vositalar, video, foto va kinosyomkadan, teleekrandan foydalanishdir.
Foydalaniladigan kuzatish metodlaridan biri ilg‘or
pedagogik tajribani
o‘rganish va umumlashtirishdan iborat. Bu metoddan muvaffaqiyatli
foydalanishning majburiy asosiy sharti shundan iboratki, o‘qituvchilar tajribasining
tavsifi qo‘yilgan tadqiqot vazifasiga javob beradigan bo‘lishi kerak (bizning
mamlakatimizda ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishga doir katta ish olib
borilmoqda. Bu tajribaning umumlashtirilishi ilmiy-amaliy konferensiyalarning
va pedagogika o‘qishlarining materiallari to‘plamlarida, monografiyalarda va
jurnal maqolalaridaaxboroy tehnologiyalarini qo‘llash jarayonida o‘z
aksini
topmoqda).
3. Tajriba
Tajriba - bu ham kuzatish bo‘lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi
tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan
sharoitda o‘tkaziladi. Pedagogik Tajriba o‘qitishning va tarbiyalashning u yoki bu
usulining, ko‘rsatma – qo‘llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda
qo‘llaniladi.
Tajriba o‘tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan
masalalarni
aniq ifodalab olishi, bunday masalalarni hal qilinishi maktab
amaliyotida va pedagogika fani uchun ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Tajriba
o‘tkazishdan oldin tadqiqotchi organish predmeti bolmish masalaning
nazariyasi va tarixi bilan, shuningdek, shu soha bo‘yicha amaliy ish tajribasi bilan
tanishib chiqadi. Тadqiqotda ilmiy farazni o‘rni katta ahamiyatga ega. Butun
tajribani tashkil qilish ilmiy farazni tekshirishga yo‘naltiriladi. U material to‘plash
yo‘larini belgilash imkonini beradi, tadqiqotchining faktik
materialda chalkashib
ketishiga yo‘l quymaydi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi. Buning
uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o‘quvchilar tarkibi
bo‘yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha imkoni boricha
bir xilda bo‘lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab
chiqilgan tajriba materiali bo‘yicha ish bajariladi.
Тaqqoslash uchun nazorat
sinflari tanlanadi, bu sinflar o‘quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari
bo‘yicha taxminan tajriba sinflarga teng kuchli bo‘lishi kerak, bu sinflarda
matematika tajriba sinflarda qo‘llaniladigan metodlar, vositalar va boshqalar
qo‘llanilmaydi.
Tajriba natijalari haqida obektiv ma’lumotlar olishning boshqa usullaridan ham
foydalaniladi:
1. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan sinflarda boshlang‘ich
shartlar nazorat
sinfidagiga qaraganda bir muncha eng qulayroqdir; agar tajriba sinflarda bunday
sharoitlarda yaxshi natijalar olingan bo‘lsa, masalani tajriba hal qilishi o‘zini
oqlagan hisoblanadi;
2. O‘quvchilarnig tarkibi taxminan bir xil bo‘lgan ikkita sinf olinadi; tadqiq
qilinayotgan masalaning yangi yechimi shu sinflarning bittasida qullaniladi,
so‘ngra boshqa mavzu materiallarida ikkinchi bir sinfda qo‘llaniladi; agar bunday
qo‘llanishdagi yangi metod, usul yaxshi natija bersa, bu usul, metod o‘zini oqlagan
bo‘ladi.
Tajribani boshlashdan oldin, uning oraliq bosqichlarida va oxirida hamma sinf
o‘quvchilarining bilimlari tekshiriladi. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida
tadqiq qilinayotgan
metodning, usulning va h.k. samaradorligi haqida xulosalar
chiqariladi. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan sinflardan olingan sifat va miqdoriy
natijalarni tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi. Miqdoriy kattaliklarni
aniqlashning turli xil usullari (o‘zlashtirilishi bo‘yicha, to‘g‘ri va noto‘g‘ri
javoblarni taqqosdash va h.k.) mavjud. Keyingi vaqtlarda shu maqsadda variasion
statistika metodlaridan har xil hisoblash texnikasi va kibernetik vositalardan
foydalanilmoqda. Ba’zi muhim qoidalarni tajribaviy tekshirish ommaviy Tajriba
yo‘li bilan amalga oshiriladi.