Bunday misollarni yechgandan keyin o‘quvchilarning o‘zlari ko‘p xonali
sonlarni yozma qo‘shish va ayirish uch xonali sonlarni yozma qo‘shish va
ayirishdek bajariladi, deb xulosa chiqaradilar.
Yuqorida
qaralgan
metodlardan
(induksiya,
deduksiya,
analogiya)
foydalanishzamirida analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish va abstraksiyalash
kabi aqliy operasiyalar yotadi.
Butunni uning tashkil etuvchi qismlariga ajratishga yo‘naltirilgan
fikrlash
(tafakkur) usuli analiz deb ataladi.
Predmetlar yoki hodisalar orasida bog‘lanishlar o‘rnatishga yo‘naltirilgan
tafakkur usuli sintez deb ataladi.
100 sonida nechta o‘nlik va nechta birlik bor, degan
savolga javob berishda
o‘quvchilar sonni analiz qilishadi.
Shu so‘zlarga amal qilishadi (ya’ni noto‘la analiz o‘tkazishadi), bunday qilish
esa ko‘pincha xatoga, ya’ni xato sintezga olib keladi.
Тaqqoslash usuli qaralayotgan sonlar,
arifmetik misollar, masalalarning
o‘xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat.
Matematika boshlang‘ich kursi taqqoslash usulining qo‘llanilishi
uchun katta
imkoniyatlar ochib beradi: sonlarni, ifodalar va sonlarni taqqoslash; ikkita ifodani
taqqoslash; masalalarni taqqoslash va h.k.
Yangi matematika tushunchalarni, qonunlarni
tarkib toptirishda bolalar
umumlashtirishga duch keladilar.
Umumlashtirish – bu o‘rganilayotgan ob’ektlardan umumiy muhim tomonlarini
ajratish va ularni muhim emaslaridan ajratishdan iborat.