1. Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma’lumot.
Pedagogik tarbiyalashga oid ish
tajribalarni o‘rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonini chuqur tadqiq
qilmay turib pedagogikani rivojlantirib bo‘lmaydi. Hozirgi ta’lim-tarbiya
pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollantiradi, ammo boshqa
har qanday fan kabi pedagogika fanining ham xususiy tadqiqot metodlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni,
aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni
olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o‘rganish,
suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish, ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga
kiradi. So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek,
modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda.
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasida butun pedagogik tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan metodlarning o‘zidan foydalaniladi.