• Industrial iqtisodiyot”
  • Fanni o’rganish metodologiyasi va usullari




    Download 298.99 Kb.
    bet3/4
    Sana21.06.2023
    Hajmi298.99 Kb.
    #74953
    1   2   3   4
    Bog'liq
    19 Maskalardan foydalanish, 0-16 yoshlar jadvali umumiy, 000, ccccc, 8-ma\'ruza PL (2-semestr), Документ Microsoft Word, Taqdimot, Taqdimotlar, Тесты по предмету Физиология человека2 курс (1), Amaliy mashgni Corel Draw da bajarish tartibi, 17-мактаб Ватан таянчи отряди (3) (Lotincha), Mkroprotsessorlar, mikroEHM asoslari (1), MAQOLA ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, maqola-------------------

    3. Fanni o’rganish metodologiyasi va usullari


    Ilm-fan metodologiyasi deyilganda, uni bilish va o’rganish faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushuniladi. Shu fan bo’yicha masalani o’rtaga tashlash, tadqiqot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiy-ligi, ya’ni o’rganilayotgan obyektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyasini qo’llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Demak, metodologiya – bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo’li, voqelikni amaliy va nazariy o’zlashtirish usullari majmuasidir.
    Industrial iqtisodiyot” fanining nazariy, metodologik asosini sanoatning vujudga kelishi va rivojlanish muammolari bo’yicha hozirgi nazariya, o’zbek va xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining ilmiy asarlari, O’zbekiston Respublikasining qonun-qoidalari, Respublika Prezidenti-ning farmon va qarorlari tashkil etadi.
    Iqtisodiyotning yetakchi sohalari bo’lgan sanoat va qurilishda ro’y beradigan barcha hodisa va o’zgarishlarni tadqiq etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga, ya’ni – haqiqatni bilishning, obyektiv reallikni tan olishning dialektik yo’lidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday uslubiy yondashish sanoat, qurilish, uning tarmoqlari va tarmoqchalari hamda korxonalarida ro’y beradigan hodisalar, voqeliklar va iqtisodiy jarayonlarning o’zaro bog’liqligini, ularning uzluksiz harakati, taraqqiyot va o’zgarishi, miqdor ko’rsatkichdan sifat ko’rsatkichga o’tishi, vaqt va fazoda rivojlanishini anglab olishga yordam beradi.
    Dialektika usuli muammolar o’rganilayotgan omillar, shartsharoitlarning namoyon bo’lishi va yuz berishi, ziddiyatlarga, qaramaqarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi.
    Industrial iqtisodiyot” fani va ilmining barcha muammolarini o’rganishda unga tarixiy yondashish kerak. Ayniqsa gumanitar fanlar masalasida eng ishonarli narsa – bu asosiy tarixiy bog’lanishni unutmaslikdir. Har bir masalaga tarixdagi ma’lum hodisa qanday paydo bo’lganligi, bu hodisa o’z rivojlanishida qanday bosqichlardan o’tganligi nuqtai nazaridan qarab ana shu rivojlanish, taraqqiyot qanday ro’y berganligiga e’tibor qaratish zarur.
    Industrial iqtisodiyot” fanining eng muhim muammolarini o’rganishda quyidagi bir qator aniq usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga mushohada, abstrakt tafakkur, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog’liq bo’lgan normativ usul, ehtimollar), iqtisodiy matematik modellashtirish, optimallashtirish, muvozanatni aniqlash, “aqliy hujum», tajribaviy usullar kiradi.
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish tufayli sanoat taraqqiyotiga munosabat butunlay o’zgardi, ya’ni tuzilmaviy o’zgarishlarning ahamiyati hamda rahbarlik qilishning iqtisodiy va ma’naviy, psixologik roli sezilarli darajada oshdi. Shu sababli sanoat ishlab chiqarishning taraqqiyot tendensiyasini, rivojlangan davrning o’ziga xos, o’ziga mosligini hisobga olgan holda u yoki bu omillar, shart-sharoitlar ahamiyatini va rolini dinamikada hisobga olish kerak bo’ladi.
    Industrial iqtisodiyot” fanining barcha masalalarini yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator usullar yordamida o’rganish, tahlil qilish bu fanni o’rganuvchilarning va uning muammolari yechimini hal etuvchilarning bilish va ilmiy salohiyatini kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.

    Download 298.99 Kb.
    1   2   3   4




    Download 298.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanni o’rganish metodologiyasi va usullari

    Download 298.99 Kb.