|
XALQARO TURIZM STATISTIKASINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN ASOSIY
|
bet | 31/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK XALQARO TURIZM STATISTIKASINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN ASOSIY
YO‘NALISHLAR
Turistlar harajatlar haqida statistik ma’lumotlar yig‘ishda turli usullardan ham foydalaniladi. Ulardan biri-kundalik usulidir. Uning yordamida bitta tashrif buyuruvchiga o‘rtacha sutkalik harajatlar aniqlanadi. Tushumlar umumiy summasi turistik kelishlarda bir tashrif buyuruvchiga o‘rtacha bo‘lishi davomiyligiga qarab hisoblab chiqiladi. Tashrif buruvchilarga safar oldidan maxsus balanka (kundalik) tarqatilib, uni safar chog‘ida to‘ldirish va safar oxirida qaytarish so‘raladi (shakl 3). 73 Shakl 3 Turistik harajatlar hisobi bo‘yicha kundalik shakllari Guruhda sayyohat qiluvchilar soni ,Borishdan asosi maqsad,Boradigan asosiy joy
,Tug‘ilgan joyi,Safar davomida tunash soni,Harajatlar qismi Harajatlar, AQSH dol. safar Jami gacha safar davomida 1 kun 2 kun 3 kun Kompleks safarlar, turlar Joylashish Ovqatlanish va ichimliklar Transport Rekreatsion, madaniy va sport tadbirlariga qatnashish Magazinlarga borish boshqalar Hammasi: Manba: A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. Ularda umumiy summa ko‘rsatilgan holda harajatlar yozib boriladi va bu harajatlar sarflar statiyasi va kunlarga bo‘lib qayd etiladi. Unda kelishdan maqsad, bosh mo‘ljallangan joy, yetib kelish rayoni va tunash sonlari belgilanadi. Chuqurroq tekshirish jarayonida kundalikka qo‘shimcha bo‘limlar kiritiladi. Ularda tashrif buyuruvchi harakteri (yoshi, jinsi), transport turi va joyi, harajatlar qayerda sarflangan yangi – hammasi aks ettiriladi. Kundalik usulining ham kuchli, ham ojiz tomonlari bor. U turistik harajatlar haqida batafsil ma’lumot olishga imkon beradi. Kundalikda to‘lov operatsiyalarining shu zahotiyoq qayd etilishi, tashrif buyuruvchi uni yodda saqlab qolishi va istalgan paytda aniq axborot beraolishi bu usulning afzal tomonlari hisoblanadi. Shu bilan birga kundalik usulida ayrim kamchiliklar ham bor. Ulardan muhimi –
kundalikni to‘ldirish shakli koeffitsiyenti uncha yuqori emas va hammasi ham to‘liq qaytarilmaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan yig‘ilayotgan axborotlarning ishonchlililigini pasaytiradi. Bunday qaraganda, bu nuqsonni osongina bartaraf etish mumkinday: tarqatiladigan kundaliklar soni ko‘paytirilsa kifoya. Bu qaror kundalikni to‘ldirish va qaytarish tasodifiy hol bo‘lganda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin edi. Maxsus tadqiqotlar natijlari esa shuni ko‘rsatmoqdaki, bu kamchilik sistematik omillar tufayli kelib chiqarkan. Tekshirishlarda ish yuzasidan keluvchi turistlar sust faol ishtirok etadilar, 74 vaholanki safar uchun ular kata harajatlar qilishadi. Shuning uchun ham kundalikni to‘ldirgan va qaytargan shaxs barcha ko‘rinishlari va o‘z tarkibiga ko‘ra tashrif buyuruvchining bosh belgilariday hamisha farq qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, tarqatiladigan kundaliklarning sonini ko‘paytirgan bilan ko‘rsatilgan nuqsonlarni bartaraf etib bo‘lmaydi. Kundalik usuli bilan kuzatuv o‘tkazish va rejalashtirishda oldinda turgan markaziy – tashkiliy vazifalardan biri – to‘ldirilgan blankalarni qaytarishni rag‘batlantirishdir. Ularning 70-75 foizini qaytarlishi natijalarning yetarli darajada ishonchliligini ta’minlaydi. Bu darajaga erishishingiz real usullari mavjud. Ularning barchasi so‘raluvchilarning tekshiruvda ishtirok etishlari uchun qulay va ijobiy muhit yaratilishiga qaratilgan. Kompleks tadbirlarda – kundalikning tushunarli va oson to‘ldiriladigan shakli, javoblarning anonimligi kafolati, to‘ldirilgan blankalarni qaytarishning aniq tartiblari, anketaning so‘raluvchiga kundalikni to‘ldirishni so‘rab qilgan shaxsiy iltimosi, so‘raluvchi foydasiga tekshiruv natijalarini potensial tushuntirish, javob uchun moddiy va boshqa rag‘batlantirishlar o‘z ifodasini topgan.
Statistik kuzatuv rejalashtirilayotganda kuzatuv sub’ekti masalasi hal etiladi, ya’ni kim birlamchi mahsulotlarni yig‘adi. Bir holatda statistikaning bu organlari o‘z kadrlari va xodimlari, boshqa holatda statistik mutaxassislar bilan bir qatorda harakat qiluvchi keng jamoatchilik vakillari bo‘lishi mumkin. Tekshiruvda, shuningdek agar ular mustaqil ravishda anketalarni to‘lg‘aza olishsa aholi ham jalb etilishi mumkin. Misol uchun, AQShda turistlar bilan so‘rov o‘tkazish uchun yuqori ma’lumotli, intizomli va xorijiy tilni yaxshi biladigan odamlar tanlab olinadi. Bunday kishilar odatda biznes-maktablar va universitet o‘qituvchilari bo‘lishadi. Anketachi tadqiqot natijalariga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Bu ta’sir ko‘pincha bildirmasdan muloqat vaqtida to‘g‘ridan- to‘g‘ri va tegishli savollar berish, yashirin fikrlar shaklida namoyon bo‘ladi: suhbatini umumiy ematsional kayfiyatda olib borish, ishtirokchilarning xulqi-atvori, mimikasi va boshqalarga qarab savol – javob qilish. Ko‘pincha so‘raluvchining intervyu oluvchiga yozadigan javoblarni berishga intilishi kuzatilgan. Anketalar esa sayohatchilar ma’lum guruhining vujudga kelgan stereotip tarziga asoslanib, ba’zan na faqat so‘raluvchilarning fikrlarini, balki o‘zlari kutgan javoblar berilishini aks ettirishga urinishadi. Shuning uchun anketachilarni to‘g‘ri tanlash va o‘qitish muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu ayniqsa kuzatuvning tayyorgarlik bosqichida jiddiy e’tiborni talab qiladi. Dala bosqichi boshlanishidan oldin ular so‘rov texnikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishadi. Maqsadi bilan tanishishadi, oldinda turgan tadqiqotlar xususiyatlari va vazifalari, ish tartibi va qo‘yilayotgan talablar, statistik formalarni to‘lg‘azish tartiblari shular jumlasidandir. Rejada kuzatuv sub’ekti bilan bir qatorda tadqiq qilishning joyi, muddati kelishib olinadi.
Yilning ma’sumlariga qarab kattaligi va tarkibi o‘zgarib turadigan turistik oqimlarni kuzatish uchun kalendar davrini tanlash muhimdir. BTT hamma 12 oyni turistik mavsumlar bo‘yicha guruhlash (yuqori, past, oraliq)ni tavsiya qiladi. Keyinchalik har bir mavsumdan kuzatuv uchun bittadan oy tanlab olinadi. Turistlar haqida ma’lumotlar yig‘ish aniq muddatli rejada dastur va tadqiq birligi soni, aktivning son tarkibidan kelib chiqib belgilanadi. Amerika greklarini so‘rov (yuqorida eslatilganidek) besh oy davomida 1980 yil dekabrdan 1981 yil apreligacha o‘tkazilgan edi. Ayrim statistik kuzatuvlar bundan ham uzoqroqqa 75 cho‘ziladi. Kanada va Meksikadan AQShga avtomobilda kelayotgan shaxslar so‘rovi yil davomida olib boriladi. Kuzatuv joyini belgilash kuzatuv o‘tkazishda masalani hal etishga olib keladi. Bu joyni tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq, ulardan eng muhimi hudud hajmi va uning ochiqlik darajasi hisoblanadi. Agar hudud yopiq bo‘lsa, ya’ni ma’muriy xayrixoxlik bo‘lmasa yoki tabiiy chegara (misol uchun, mamlakat yoki orol) mavjud bo‘lsa tadqiq chiqish (kirish) punktlarida va transport vositalarida (avtobus, samolyot, kema va boshq.) o‘tkaziladi. Ochiq hududda, rayon yoki shaharda , statistik kuzatuv joylashtirish vositalarida va ko‘rsatiladigan ob’ektlarda, to‘lov asosida tashrif buyuriladigan ochilish marosimlari joylarida o‘tkaziladi (jadval 10). Jadval 10 Turizmda statistik kuzatish joyini tanlash Manba: A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. Yo‘llarda tekshirish masalalari uchun kuzatuv joyi boshqacha hal etiladi. Bunda kuzatuv chog‘ida o‘tayotgan yo‘lovchi avtoransport hisobiga olinadi. Ularning raqam belgilariga qarab qaysi mamlakatga tegishli ekanliklari aniqlanadi va sayohatchilarni anketalashtirish amalga oshiriladi. Bu
jarayonda markaziy muammo shundan iboratki, yo‘llarda ushlanib qolishni minimum darajaga tushirish talab etiladi. Bunday kuzatuvlar dam olish uchun to‘xtash joylarida, yonilg‘i qo‘yish shahobchalarida, avtostansiyalarda, avtoturistlar ovqatlanadigan punktlarda, mashinalar to‘planib qoladigan joylar (ko‘priklar, transmilliy tiqinlari hosil bo‘lgan va h.k.) da tashkil qilinadi.
Statistik kuzatuv natijasida qayta ishlanishi, har xil ma’lumotlarni tekshirib, taqqoslab ko‘rish, birlashtirish, zarur bir uyum xom ashyo hosil bo‘ladi. To‘plagan statistik axborotlar sistemalashtiriladi, klassifikatsiya (guruhlanadi). Umumiy va guruhiy yakunlar chiqariladi (o‘rtacha, nisbatan kattalik). materiallarni ishlashni ilmiy tashkil etish, ma’lumotlar bo‘yicha kuzatuvning alohida birliklarini, umumiy ko‘rinishlarini harakterlashga imkon beradi.
Qayta ishlangan axborotlar keyin tahlil Kuzatish joyi Territoriya Yopiq Ochiq Katta Kichik Katta Kichik Mamlakat Orol Turistlar ko‘proq boradigan joy Rayon Shahar Turistlar ko‘proq boradigan joy Kirish (chiqish) punktlari ha ha yo‘q yo‘q yo‘q yo‘q Transport vositalari ha ha yo‘q yo‘q yo‘q yo‘q Joylashtirish vositalari yo‘q ha yo‘q ha ha yo‘q Ko‘rsatish ob’ektlari yo‘q ha ha ha ha ha 76 etiladi. Tahlil chog‘ida dalillarga mustahkam poydevor qo‘yiladi, xulosalar chiqarish va aniq amaliy takliflarni ishlab chiqish uchun zamin yaratiladi. Ba’zan statistik tadqiqotlar statistik ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Statistik kuzatuv xatolari va kuzatuv materiallari ustidan nazorat. Statistik kuzatuvlarning sinchiklab ishlab chiqilgan rejasi turizm haqida ishonchli ma’lumotlar olishning garovidir. Lekin u qanchalik ikir-chikirigacha puxta o‘ylanmasin va hisobchilar yo‘l – yo‘riqga amal qilishga qanchalik
intilishmasin har qanday statistik kuzatuvda xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Xato va kamchiliklar turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Jamlangan kelishuv natijasida, umumlashtirishda, formulyarni notug‘ri to‘lg‘azilganda, so‘raluvchilar eslatgan dalillar yoddan chiqqanda va h.k. Statistikada hamma xatolar oldindan ko‘zda tutilgan va ko‘zda tutilmaganlarga bo‘linadi. Keyingisi o‘z navbatida tasodifiy xol yoki sistematik harakter kasb etadi. Tasodifiy xato javob beruvchi aybi bilan ham, qayd etuvchining yozuvda adashishi, kelishuvi, bilimsizligi va boshqalar oqibatida ham ro‘y beradi. Bular kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydi. Chunki bunday xatolar ko‘pincha bir xilda kamaytirib ko‘rsatishda ham, ko‘paytirib, bo‘rttirib ko‘rsatishda ham uchraydi va keng qamrovli kuzatuvda yutilib ketib, betaraflanib qoladi. Ko‘zda tutilmagan sistematik nuqsonlar, xatolar asosan so‘rovlarda umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar hisobiga paydo bo‘ladi (tashrif buyuruvchining yoshi, uning daromadi, tunash sonlari va shunga o‘xshashlar). Ko‘pincha yoshni qayd etishda oxiri 0 yoki 5 bilan tugaydigan umumlashtirishlar ko‘zga tashlanadi. Misol uchun, yozuvlarda 40 yoshli turistlar 39 va 41 yoshlilardan ko‘p uchraydi. Bu hodisa statistikada yoshlarning akkumulyatsiyasi deb nom olgan. Bu xatolar to‘plangan statistik materiallarni qayta ishlashda tuzatilmoqda. Ko‘zda tutilgan xatolar, nomidan ham ko‘rinib turibdiki, so‘raluvchining ongli ravishda haqiqatni yashirishidan paydo bo‘ladi. Bu xatolar bir yo‘nalishda ma’lumotlarni uning kattalik ko‘rsatkichlarini buzib, pasaytirib ko‘rsatadi (masalan, turistik firmalar oboroti). Ko‘zda tutilgan xatolar statistik tadqiqotlar uchun juda xavfli. Ularni aniqlash va tuzatish uchun ozmuncha kuch talab etilmaydi. Statistik formulyarlardagi
axborotlarning to‘g‘riligi mantiqiy va arifmetik yo‘llar bilan tekshirib ko‘riladi.
Mantiqiy nazorat chog‘ida qo‘yilgan savollarga javoblarning mosligi yoki dasturning turli savollariga javoblar o‘rtasidagi moslik aniqlanadi. Masalan, «Safardan maqsad» grafasida «Amerikalik» deyilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan tushunarliki javob savolga to‘g‘ri kelmaydi, xato esa, boshqa grafaga yozuv tufayli kelib chiqqan. Umumiy yig‘indi sifatida olingan javoblar, xilma-xillik yozuvlari yoki boshqa ko‘rsatkichlar qismi (turistik harajatlar va ularni statiyalar bo‘yicha bo‘linishi, shuningdek sayohat kunlari bo‘yicha) mantiqiy nazorati hisoblashning to‘g‘riligini tekshirish orqali tahlil etiladi. Hammasini emas (tanlangan) tadqiqotlar paytida ularning xususiyatiga ko‘ra, yuqorida ko‘rib chiqilgan qayd qilingan xatolardan tashqari, reprezentativ (taqdim etilgan) xatolar ham uchraydi. Ular kuzatuv birligini noto‘g‘ri tanlash chog‘ida paydo bo‘ladi.
Aniqlangan barcha xatolar iloji boricha tuzatilishi kerak. Buning uchun ko‘pincha nazorat so‘rovlari o‘tkazishga telefon, pochta orqali so‘rovlar olishga to‘g‘ri keladi. BTT ekspertlarining fikricha, qimmat turadigan tekshirishlar chog‘ida xatolar 5 % dan, pilotaj tadqiqotlar chog‘ida 13 % dan oshmasligi zarur. To‘plangan axborotlar solishtirib ko‘rilgandan keyin keyingi qayta ishlashlarga tayyorlanadi. Ular jadvallarga ko‘chiriladi. So‘ngra boshqa statistik ko‘rsatkichlarning asosiy ahamiyati va o‘rtacha kattaligini hisoblashda foydalaniladi. 4.4. Xalqaro turizm statiistikasini takomillashtirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar Turizm statistikasida uchta bosh muammo mavjud bo‘lib, ulardan biri ma’lumotlarsiz taqqoslashdir. U turizm rivojlantirish
qonuniyatlari, tendensiyalarini aniqlash maqsadida axborotlarni taxminan solishtirib ko‘rishni bildiradi. Bu sohadagi o‘zgarishlar, kengliklar va davr, bitta nomdagi ko‘rsatkichlar, kattaliklar baholanishi, ularni turli mamlakatlarga taaluqli tomonlari va boshqalar shular jumlasidandir. Statistik ma’lumotlar ko‘p xollarda ularning predmeti mazmuni farqiga, hisob kitob metodikasi yoki o‘lchov birligiga ko‘ra taqqoslab bo‘lmaydigan holatda bo‘ladi. Ammo ko‘p holatlarda beqiyos ma’lumotlarni solishtirib ko‘rish xolatiga keltirish mumkin. Yaqin vaqtlargacha turistik atamalar va sayohatchi shaxslar klassifikatsiyasida chalkashliklar ko‘p edi. Masalan, asosiy «turist» degan tushuncha bir xil atalmasdi. Tafovut doimiy yashash joyi emas manzilda bo‘lish uzoqligiga (1 dan 5 va undan ko‘proq tunash) va sayohatchi shaxslar yoshi (14 dan va undan katta), shuningdek safar maqsadiga taaluqlikda edi. Ayrim turlicha talqinlar hozirgi kungacha ham saqlanib kelmoqda. 40 % ga yaqin mamlakatlarda ekskursiyachilar tashrif buyuruvchilar hisoblanmaydi, 10
% mamlakatlarda esa ulardan ish yuzasidan keluvchilarni chiqarib tashlashadi.
Bir xil holatlarda kelish tashrif buyuruvchining doimiy yashaydigan mamlakatida qayd etiladi, boshqasida esa fuqaroligiga qarab qayd etiladi. Bularning hammasi xalqaro taqqoslashni qiyinlashtiradi. Turizm statistikasining boshqa muammosi – statistik axborotning to‘liqligi va ishonchligi. Boshqacha aytganda xalqaro turizm haqida zarur axborotlarni qay tarzda olish va yig‘ilgan bir qancha ma’lumotlardan qanday qilib bo‘shliqlarni to‘ldirish muammosi. 1998 yil BMT «Turizm bo‘yicha iqtisodiy hisobot» ni e’lon qildi. Unda u o‘zining turizm statistikasi sohasidagi ko‘p yillik tajribasini umumlashtirdi. Uning bo‘limlaridan biri
statistik axborotlar va ma’lumotlarni yig‘ish muammosiga bag‘ishlangan. BMT xalqaro turizm haqida umumlashgan axborotlarni olish uchun yetishmayotgan birlamchi ma’lumotlarni hisoblash usulini taqdim etdi. Hozirgi paytda birorta davlat turizmni kuzatish bo‘yicha to‘la hajmda tizimli ish olib borayotgani yo‘q. BMT hisobotiga muvofiq jahonning 18 mamlakati (hududi) da sayyoramizning 0,5 % aholisi yashayotganiga qaramasdan xalqaro turizm haqida hech qanday axborot taqdim etilmagan. Ularning ko‘pchiligi iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan bo‘lib, jahon turizm bozorida ulushlari juda kam. 202 mamlakat (hudud) yillik statistik ma’lumotnomalarga kiritilgan. Ular xalqaro turistik almashish 78 to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashadi, ko‘rsatkichlari ruyxati juda cheklangan. Hatto statistika ishlari yaxshi yo‘lga quyilgan Fransiyada ham, hisob juda ko‘p bo‘shliqlar bilan amalga oshiriladi. Turistik oqimlar statistikasida ekskursion va ish yuzasidan qisqa muddatli safarlar to‘g‘risida ma’lumotlar fragment harakteri beriladi. Turistik harajatlar statistikasi ham to‘liq holda emas. Statistik kuzatuvlar materiallari tahlili shuni ko‘rsatadiki, kirish turizmi hisobi, chiqishga nisbatan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 202 mamlakatdan (hududda) atiga uchtasida xalqaro turistik kelishlar haqida ma’lumotlar yo‘q, xolos. 12 tasida esa xalqaro turizmdan daromadlar yo‘q. Jo‘nab ketish turizmi hisobotning statistik shaklida juda yomon aks ettirilgan.
Mamlakat (hudud) larning yarimida aholining chegara ortiga safari soni va xalqaro turizmga harajatlar kattaligi to‘g‘risida axborotlar yo‘q.
Xalqaro transportda tashishlardan va ularga harajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar hamma joyda ham yig‘ilayotgani yo‘q. 202 mamlakat (hudud) dan faqat 80 tasi BMT tomonidan so‘ralgan xalqaro turizmning
rivojlanishi haqida ma’lumotlarni bera oladi, xolos. BMT yetishmaydigan axborotlarni bosqichlar bo‘yicha baholash usulini qo‘llab, hisoblash yo‘li bilan oladi. Dastlab hamma mamlakatlar bir xildagi guruhlarga tenglashtirilib bo‘linadi. Ular jahonning subregionlari bo‘yicha, ularning ichida esa turmush darajasiga (aholi jon boshiga tushadigan turizm) qarab birlashtiriladi.
Har bir guruh uchun bir marta kelishdan tushadigan o‘rtacha daromad va chegaradan tashqariga bir safarning o‘rtacha harajatlari hisoblab chiqiladi. Ular yordamida BMT ekspertlari murakkab bo‘lmagan matematik operatsiyalar yordamida turistik oqimlar va turistik daromadlar va harajatlar statistik bosh ko‘rsatkichlari ahamiyatini aniqlashadi. Xalqaro turizmdagi tushumlar ma’lumotlarga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun ularning hajmi xalqaro turistik kelishlarning bir martasidan tegishli mamlakat guruhi o‘rtacha daromadi orqali bir marta kelish soni bilan taqqoslab aniqlanadi. Agar mamlakatga xalqaro turistik kelishlar sonini aniqlash talab etilsa, xalqaro turizmdan tushadigan tushum tegishli mamlakat guruhining bir marta kelishi daromadi o‘rtacha kattalikka bo‘linadi. Chiqish turizmi to‘g‘risida axborotlar ayrim mamlakatlardagina yo‘qligi nazarda tutilsa, turistik kelishlar va daromadlar to‘g‘risida olingan baholovchi ma’lumotlar hudud va butun jahon ko‘rsatkichlari uchun ularning yakuniy ahamiyatga jiddiy tuzatishlar kiritiladi. 1995 yil jahonda xalqaro turistik kelishlar soni aniqlashdan keyin 0,02 % ga ko‘paydi. Xalqaro turizmdagi tushumlar esa 1,5 mlrd. $ yoki 0,4 % oshdi. Bu raqamlar statistik hisobdorlik chiqish turizmi to‘g‘risida ishonchli axborotlar manbai bo‘lib hisoblanishini ko‘rsatadi. Jo‘nash – chiqish turizmi statistik ko‘rsatkichlarni safarga
qilinadigan o‘rtacha harajatlarni hisoblashga asoslanadi. Mamlakatda xalqaro turizmga harajatlar umumiy hajmini chegaradan tashqariga turistik safarlarning soni mamlakat tegishli guruhi safari o‘rtacha xrajatlari sifatida tasavvur etish mumkin. Statistik hisobotlar firmalarida turistlarning jo‘nab ketish ko‘rsatkichlariga ham ahamiyat berilmaydi. Ko‘pincha tushib qoldiriladi. Ammo ko‘pchilik milliy turistik ma’muriyatlar jo‘nab ketish-chiqish turizmi, statistikasini umuman yuritmaydilar va bu haqda hech qanday ma’lumotlarga ega emas. Xalqaro turizmga harajatlar kattaligi bunday holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan safar o‘rtacha harajatlari tegishli mamlakatlar guruhlari uchun aholisi sonini hisoblab chiqish orqali aniqlanadi. Keyin esa ma’lum formula bo‘yicha jo‘nab ketishlar soniga hisoblab chiqiladi.
Bosqichma-bosqich usuli BMT ga har bir mamlakatda chiqish to‘g‘risida ma’lumot olishga yordam beradi. So‘ngra butunjahon masshtabida yakunini chiqarishga ko‘maklashadi. Aniqlangan ma’lumotlar bo‘yicha 1995 yil jo‘nab ketishlar soni 576 mln. safarga yetdi. Ko‘payish tomonga tuzatishlar 5,9 % ni tashkil etdi. Bu kirish turizmi bo‘yicha ancha yuqori, ammo avvalgidek uncha sezilarli bo‘lmagan holda qoldi. Statistik kuzatuvlar materiallarida ko‘proq jiddiy tuzatishlar xalqaro transportda tashish daromadlarini, shuningdek ularga harajatlarni aniqlashda kiritiladi.
Bu tashish to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish yomon yo‘lga qo‘yilgani bilan izohlanadi. 202 mamlakat (hudud) dan 79 tasida transport daromadlari to‘g‘risida, 68 tasida esa harajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Ular uchun maxsus hisoblash o‘tkazildi. Unga tegishli
mamlakatlar guruhlarining umumiy turistik tashishda transport daromadlari va harajatlari ulushi baza bo‘lib xizmat qiladi.
Hisob – kitoblar ko‘rsatadiki, statistik kuzatuvlar tashish to‘g‘risida 80 % axborot beradi. Qolgan 20 % baholash yo‘li bilan to‘ldiriladi. Har bir mamlakat uchun va junab ketishlar, turistik va transport daromadlari, harajatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olingach, baholashning ikkinchi bosqichi – daromadlar va harajatlarni taqqoslab ko‘rish boshlanadi. Butunjahon miqyosida xalqaro turizmdan tushgan tushumlar va transportda tashishlar harajatlariga tenglashtirilishi lozim, lekin statistik amaliyotda ular kattaligining hisobi umuman mos kelmaydi. Bu ikki qismni mos keltirish uchun, harajatlar hajmi daromadlar darajasigacha ko‘paytiriladi. Deyarli hamma milliy turistik ma’lumotlarda ular to‘g‘risida axborotlar bor va ular to‘laroq va to‘g‘ridir. BMT hisobotiga muvofiq, jahonda xalqaro turizmdan bir xildagi daromadlar 1995 yil harajatlardan 10 % ga ziyod bo‘ldi. Mamlakatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar qatoridagi bo‘shliqlarni tuzatish bo‘yicha faraz 4,5 % ga qisqartirildi, lekin to‘liq bartaraf etilgani yo‘q. Uncha kata bo‘lmagan farq transport daromadlari va harajatlari o‘rtasida saqlanib qoldi. Baholashning ikkinchi bosqichida xalqaro turizmga harajatlar 25,2 mlrd. $ ga ko‘paygan va 400,5 mlrd. $ ni tashkil etgan. Xalqaro transportda tashish harajatlari esa 0,8 mlrd. $ ga ko‘paytgan. Bosqichma – bosqich usulida baholash yordamida statistik hisobda xatolar va chalkashliklar kamayadi va xalqaro turizm to‘g‘risida axborotlar ishonchligi ortadi. Statistik axborotlarni taqqoslash va to‘ldirish muammolari makroiqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazishning turizmga ta’siri yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish sektori sifatida turizmning ahamiyatini baholash, aholi
birligini va o‘sishini tezlashtirishni ta’minlaydi. Turizm statistikasining muhim vazifasi ham shu. Uni hal etish statistik hisob metodologiyasining mukammal emasligi tufayli qiyin kechadi. Buning tub sabablari ildizi turizm industriyasining o‘zida, uning soha uchun tipik bo‘lmagan va murakkab tabiatida.
Iqtisodiy tarmog‘i korxona va tashkilotlarning o‘xshashligida, vazifalarini umumiy birlashganligida, ular tomonidan tizimda mehnatni ommaviy taqsimlaganida o‘zini namoyon etadi. Statistik amaliyotda korxona ishlab chiqaradigan mahsuloti mo‘ljallangani va faoliyat turiga qarab, u yoki bu tarmoqqa kiritiladi.
Boshqa qolgan barcha tarmoqlardan farqli ravishda bir xildagi mahsulot ishlab chiqarishining harakterli belgisidir. Turizmda u turistik mahsulotlarga talab bormi, yo‘qmi, uni kim, qachon, qayerda, nima uchun sotib oladi, bunga e’tibor berilmaydi. Turistik industriya tuzilishi va tarkibi, mahsulot iste’mol qilinishi oxir-oqibat chegarani aniqlab beradi. Bunday talqin umum qabul qilingan industriya defenitsiyasiga mos kelmaydi. Turizm industriyasi statistikasiga kiruvchi turistik iste’mol statistikasi esa tarmoq statistikasidan tushib qoladi. Turistik kelishlar, daromad va harajatlar, tashrif buyuruvchilarning iste’mol xulq-atvorining qimmatli harakteristikalari, turizm industriyasiga kiruvchi boshqa tur faoliyatlar turistik mahsulotlar va ularni tashkil etuvchilar bermoqda. Axborot bazasining torligi, tarmoqning boshqa ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash va metodologik birlikning yo‘qligi turizmning iqtisodiy rolini yetarli baholanmasligiga olib keladi. Iqtisodiyot uchun turistik sektorning ahamiyati ravshan bo‘lsada, lekin u statistikada yetarli o‘z aksini topmagan. Statistik hisobni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro
tashkilotlar jiddiy ish olib borishmoqda. Yuqorida turizm to‘g‘risida statistik axborotlarning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlashda BMT o‘ynayotgan rol haqida aytib o‘tildi. Uning rahbarlik organi – Ijro kengashi huzurida statistika bo‘yicha komitet tuzilgan. Kotibiyati tarkibiga esa statistika sektori kiritilgan. Bu tarkibiy tuzilmalarga apparat haqidagi tushunchalarni tartibga solish, turizm sohasiga qo‘llaniladigan statistik tadqiqotlar usullarini va tamonlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
So‘rovlar o‘tkazishda yordam ko‘rsatish va ma’lumotlarni qayta ishlash, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish ham uning zimmasida. Uning tomonidan ma’lumotlar yig‘ish, hisobot shakllari va ichki va xalqaro turizm statistikasi boshqa masalalari bo‘yicha uslubiy yo‘l-yo‘riqlar materiallar tayyorlangan. 1991 yil Ottavada turizm va sayohat statistikasi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishi muhim voqea bo‘ldi. Uning tashabbuskorlari Kanada hukumati bilan birgalikda BMT bo‘ldi. Konferensiyada BMT bosh assamblyasi tomonidan ma’qullangan qo‘llanmalar, tavsiyalar va rahbarlik uchun yo‘l-yo‘riqlar namoyish etildi.
Ular orasida ayniqsa «Turizm sohasida statistik anketalashni o‘tkazish metodologiyasi» va BMT bazaviy direktivasi «Milliy turistik ma’muriyatlar (MTM) tarkibida statistik masalalar bo‘yicha xizmat faoliyati va uni shakllantirish» o‘quv qo‘llanmalari muhim ahamiyat kasb etdi. BMT ning Ottava konferensiyasi natijalariga ko‘ra, «Turizm statistikasi bo‘yicha tavsiyalar» tayyorlandi va BMT ning Statistika komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.
Qabul qilingan va e’lon qilingan tegishli hujjatlar paketlari turizm sohasida statistik faoliyatni takomillashtirish ishida muhim qadam bo‘ldi. Tavsiyalarda asosiy e’tibor xalqaro va milliy darajada statistik axborotlarni taqqoslash muammolariga qaratiladi. Shu maqsadda ularda turizm mohiyati aniqlab berildi, uning asosiy tiplari (ichki, chiqish, kirish), ichki va xalqaro 81 definitsiya aniqlab berildi. Ilmiy qo‘llanishga
«Milliy turizm», va «Mamlakat doirasida turizm» degan yangi tushunchalar kiritildi. Maxsus bo‘lim turistik harajatlarga, ularning statiyalar bo‘yicha tarkibiga bag‘ishlanadi va to‘lov balansida o‘z aksini topadi. Hujjatlar paketiga shuningdek turizmdagi faoliyatning standart xalqaro klassifikatsiya turlari kiritiladi. BMT dasturiy hujjatlari bilan bir qatorda davriy nashrlar ham tarqatiladi. BMT «Turistik statistika yilnomasi» (“Yearbook of Tonrism Statistes”), «Statistik to‘plam» (Compendiumof Tourism Statisties), shuningdek «Xorijiy turizm – chegara rasmiyatchiligi» “(Travil Abroad Formalites)” va oylik «BTT yangiliklari» (WTONEWS) jurnali nashr qilmoqda. Keyingi yillarda kon’yunktur – tadqiqotlar to‘plami chiqa boshladi, u turistik sohalarning barchasi bo‘yicha yangi axborotlarga ega. Misol uchun «Turizm taraqqiyoti to‘g‘risida hisobot (siyosat va yo‘nalishlar)» («Tourism Development (policy andtrends»), «Turizm va sayohatning hozirgi zamon yo‘nalishi» (“Serrent Travel Tjurism Indictors”) «Jahon turizmning iqtisodiy revyusi» (“Economic Reviw World Tourism”) h.k.
|
| |