6-bo'lim: «Ichki turizmni tashkil etish bo'yicha tadbirlar»,deb nomlanib, unda Samarqand, Buhoro, Hiva shaharlari turizm markazlarida piyoda yuruvchi turistlar uchun mahsus yo'laklar tashkil etish; Toshkent, Samarqand, Buhoro, Hiva shaharlari va Farg`ona vodiysiga ma'naviy - ma'rifiy va tarihiy ekskursiyalarni tashkil etish; o'quvchi yoshlarimizni o'tmish merosimizga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida muzeylarda doimiy ravishda ochiq eshiklar kunini o'tkazish; bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun bepul ekskursiyalar tashkil etish; O'zbekiston fuqarolari uchun Imom Buhoriy, alFarg`oniy, Bahovuddin Naqshband, alHorazmiy, atTermiziy, SHayh Najmiddin Kubro va boshqa o'tmish allomalarimizning memorial majmualariga ekskursiyalar tashkil etish vazifalari belgilab berildi. Bu boradagi ishlar ham hozirda amalga oshirilmoqda. Navbatdagi hujjatlar - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996yil 21noyabrdagi «Horijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo'lmagan shahslarning O'zbekiston Respublikasiga kelishlari,
ketishlari, buyerda bo'lishlari va tranzit o'tishlari tartibi to'g`risida» qarori va unga Respublika Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi qarori bilan o'zgartirishlar va qo'shimchalarning kiritilishi bo'ldi. Ushbu qarorlarda «Horijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo'lmagan shahslarning O'zbekiston Respublikasiga kelishlari hamda O'zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi» tasdiqlandi. Tartibning birinchi bo'limi
«Umumiy qoidalar»,deb nomlanib, unda respublikamizga kelish va ketishga haqli deb - hususiy hamda hizmat ishlari bo'yicha, turizm, dam olish, o'qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun borayotgan shahslar va boshqa masalalar belgilab berilgan. Ikkinchi bo'lim
«O'zbekiston Respublikasiga kelish «viza» larini rasmiylashtirish tartibi»,-deb nomlanib, uning 12-bandida, ayniqsa to'liq ma'lumotlar mujassam. Uchinchi bo'lim «O'zbekiston Respublikasidan ketish «viza» larini rasmiylashtirish tartibi», to'rtinchi bo'lim «O'zbekiston Respublikasiga kelish va undan ketish huquqidagi cheklashlar», beshinchi bo'lim «Chet elga ketish huquqi rad etilganligi ustidan shikoyat qilish tartibi»deb nomlangan. Shuningdek, ushbu qarorlarda «Horijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shahslarning O'zbekiston Respublikasida bo'lishlari qoidalari» tasdiqlangan. Bu qoidaning birinchi bo'limi
«Umumiy qoidalar», ikkinchi bo'limi «O'zbekiston Respublikasida vaqtincha bo'luvchi horijiy fuqarolarni ro'yhatga olish»,-deb nomlangan. qoidaning 13-bandida: mehmonhonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylarining mas'ul shahslari tomonidan kelib joylashgan shahslarning hisobi yuritiladi. 19bandida: Mehmonhonalar ma'muriyati O'zbekiston Respublikasiga kelish «viza» siga ega bo'lmagan, shuningdek, boshqa qoida buzishlarga yo'l qo'ygan horijiy
fuqarolar to'g`risida hududiy ichki ishlar organlariga zudlik bilan habar qilishga majburdir. Bunday shahslarni mehmonhonalarda rasmiylashtirish va mehmonhonalarga joylashgan horijiy fuqarolarning bo'lish muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma iltimosnomasida (turistlar uchun turning amal qilish muddatida) ko'rsatilgan, lekin «viza» ning amal qilish muddati darajasida oshiriladi»,- deyiladi. Uchinchi bo'lim «Horijiy fuqarolarga O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruhsatnomalar berish», to'rtinchi bo'lim «Horijiy fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi hududida yurishlari», beshinchi bo'lim «O'zbekiston Respublikasida bo'lish muddatini qisqartirish va undan chiqarib yuborish»,-deb nomlangan. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorlarida, shuningdek, «Horijiy fuqarolarning, fuqaroligi bo'lmagan shahslarning O'zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o'tishlari qoidalari» ham tasdiqlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to'g`risida» 2003yil 9dekabrdagi Farmonini bajarish yuzasidan va turizm soh asi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2004yil 28iyulda «O'zbekturizm» MK faoliyatini yanada takomillashtirish to'g`risida» gi qarori qabul qilinganligini alohida ta'kidlab o'tish lozimQarorda «O'zbekturizm» MKning tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparat hodimlarining cheklangan umumiy soni 45 nafar, shu jumladan boshqaruv hodimlari 30 nafar bo'lgan markaziy apparati tuzilmasi ham tasdiqlandi. «O'zbekturizm» MKning tashkiliy tuzilmasi: Mintaqaviy bo'limlar uchta viloyatda saqlanib qolgan: Samarqand mintaqaviy bo'limi, Horazm mintaqaviy bo'limi, Buhoro mintaqaviy bo'limi. hududiy sayohat va ekskursiya byurolari davlat korhonalari
(bundan keyin SEB dk) esa yettita viloyatda tashkil etildi: Surhondaryo SEB dk, Qashqadaryo SEB dk, Navoiy SEB dk, Qoraqalpog`iston SEB dk, Jizzah SEB dk, Namangan SEB dk, Farg`ona SEB dk. «O'zbekturizm» MK tizimida quyidagi mehmonhona komplekslari saqlanib qoldi:
«AfrosiyobPalas» mehmonhona kompleksi davlat korhonasi,
«BuhoroPalas» mehmonhona kompleksi davlat korhonasi, «Hiva» turizm ekskursiya kompleksi davlat korhonasi, «Jayhun» mehmonhona kompleksi davlat korhonasi, «Horazm» mehmonhona kompleksi davlat korhonasi, «Uzolmonhotelz» qo'shma korhonasi. Hizmat ko'rsatuvchi tuzilmalardan «Dispetcherlashtirish va hizmat ko'rsatish markaziy boshqarmasi» davlat korhonasi, «Respublika ilmiy-o'quv konsalting markazi» davlat korhonasi, «qurilayotgan ob'ektlar direkciyasi» davlat korhonasi ham milliy kompaniya tizimida saqlanib qoldi. Xorazm viloyatida turizm sohasida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga yo’naltirilgan qo’shimcha loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida turistik infratuzilmaning qo’shimcha ob’ektlarini barpo etish to’g’risidagi” 2013 yil 20 sentyabrda 261-sonli Qarori qabul qilindi: Unda quydagilar o’z aksini topgan: 1.Xorazm viloyati hokimligi, O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, «O’ztransgaz» aktsiyadorlik kompaniyasi, «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi
«O'zbekturizm» MK ma’lumotlaridan foydalanildi. hamda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini, infratuzilmasi va turizm sohasini rivojlantirish, obodonchilikni va aholi suv ta’minotini tubdan yaxshilash bo’yicha kompleks dasturiy chora- tadbirlarni ishlab chiqish to’g’risida» 2012 yil 25 oktyabrdagi F–3921- son farmoyishi bilan tuzilgan Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruhning: davlat mulkining bo’sh turgan ob’ektlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan sotish; Urganch shahri, O’zbekiston ko’chasi manzilida joylashgan, «O’ztransgaz» aktsiyadorlik kompaniyasining
«Urganchtransgaz» sho’’ba korxonasiga tegishli bo’lgan sobiq «Bolalar dunyosi» do’koni binosini baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan 970,42 mln so’m miqdoridagi qiymat bo’yicha, 275,0 mln so’m miqdoridagi dastlabki to’lovni to’lagan va qolgan summani choraklar bo’yicha teng ulushlarda taqsimlab 5 yilda bo’lib-bo’lib to’lagan holda
«Infinbank» xususiy ochiq aktsiyadorlik tijorat bankiga uning Xorazm viloyatidagi filialini tashkil etish uchun sotish; Yangi turizm ob’ektlarini 20132015 yillar davrida Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturiga kiritish to’g’risidagi takliflariga rozilik berilsh. 2. Investorlar jahon standartlariga muvofiq bo’lgan, kamida uch yulduzli mehmonxona darajasida munosib xizmat ko’rsatish sifatiga ega bo’lgan zamonaviy mehmonxonalar, shuningdek ushbu qarorga davlat mulki ob’ektlari bazasida xizmatlar sohasining boshqa ob’ektlarini barpo etish bo’yicha investitsiya majburiyatlarini o’z zimmasiga oladilar; sobiq «Bolalar dunyosi» do’konining binosini sotishdan tushgan mablag’lar summasi 275,0 mln so’mini binoning balans qiymatini qoplash uchun
«O’ztransgaz» aktsiyadorlik kompaniyasining «Urganchtransgaz» sho’’ba
korxonasiga va 695,42 mln so’mini xayriya tarzida — Xiva tumanida joylashgan va Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi doirasida buziladigan ko’chmas mulk ob’ektlarini buzish xarajatlarini qoplash uchun Xorazm viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga yo’naltirish yo’li bilan taqsimlanadi. 3. O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi «Kengashlar uyi» binosini (Xiva shahri, Markaz ko’chasi, 1-uy manzilida) va FHDYo binosini (Urganch hahri, Xonqa ko’chasi, N.Kubro nomidagi bog’ hududi manzilida) sotishdan tushgan mablag’larni Xiva tumanida joylashgan va Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi doirasida buziladigan ko’chmas mulk ob’ektlarini buzish xarajatlarini qoplash uchun Xorazm viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga o’tkazish. 4. O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Xorazm viloyati hokimligi balansda saqlovchilar hamda «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi bilan birgalikda investitsiya majburiyatlari to’liq hajmda bajarilgandan keyin, ob’ektga mulk egasi huquqini berish sharti bilan investitsiyalar kiritish jadvalini tasdiqlagan holda investorlar bilan ushbu qarorga 1ilovada ko’rsatilgan davlat mulki ob’ektlari bo’yicha tegishli oldi-sotdi shartnomalarini tuzsish. 5. Xorazm viloyati hokimligi balansda saqlovchilar bilan birgalika ushbu qarorda ko’rsatilgan davlat mulki ob’ektlarining investorlarga berilishiqabul qilinish; O’zbekiston
Respublikasi «Ergeodezkadastr» davlat qo’mitasi bilan birgalikda ushbu qarorgadavlat mulki ob’ektlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilish; O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi bilan birgalikda ta’mirlashqurilish ishlarini amalga oshirish uchun investorlarga zarur bo’lgan ruxsatnoma va loyihsmeta hujjatlari tasdiqlanish; O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi bilan birgalikda — Urganch shahri FHDYosining yangi bino qurilishi tugallangunga qadar foydalanilmayotgan davlat mulki binosida vaqtincha joylashtirilishini (ijara to’lovisiz) ta’minlash. 6. «O’ztransgaz» aktsiyadorlik kompaniyasi «Urganchtransgaz» sho’’ba korxonasi tomonidan «Infinbank» xususiy ochiq aktsiyadorlik tijorat banki bilan sobiq «Bolalar dunyosi» do’koni binosining oldisotdi shartnomasi tuzilishini ta’minlash. 7. Xorazm viloyati hokimligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining Urganch shahri, Yangi Urganch ko’chasi, 18uy manzilida joylashgan ma’muriy binosini Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasiga tekin berish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsh. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali joriy yilning sentyabr oyi oxirigacha ushbu qarorning 7bandida ko’rsatilgan ko’chmas mulkni belgilangan tartibda topshirsin, Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi balansga qabul qilsin va undan maqsadli foydalanilishini ta’minlash. 9. «O’zbekenergo» Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi va «O’zkommunxizmat» agentligi Xorazm viloyati hokimligi hamda tanlab olingan investorlar bilan birgalikda ikki
hafta muddatda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorga ilovalarda ko’rsatilgan barpo etiladigan mehmonxonalarni zamonaviy energiya samaradorligi yuqori bo’lgan isitish tizimlari va energiyani tejaydigan bug’qozonlari bilan jihozlash bo’yicha asoslangan takliflar kiritish.
|