Xorazm viloyatida turistik infratuzilmalarni rivojlantirishning huquqiy asoslari




Download 0,56 Mb.
bet25/59
Sana21.01.2024
Hajmi0,56 Mb.
#142301
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
TURIZM DARSLIK

Xorazm viloyatida turistik infratuzilmalarni rivojlantirishning huquqiy asoslari


Turizm sohasiga oid ishlab chiqilgan ilk me'yoriy hujjat bu - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992yil 27iyuldagi
«O'zbekturizm» MKni tashkil etish to'g`risida»gi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 20oktyabrdagi
«O'zbekturizm» MK faoliyatini tashkil etish masalalari haqida»gi qaroridir. Mamlakatimizda jahon andozalariga javob beradigan turizm tizimini barpo etish, ushbu soha boshqaruvini takomillashtirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, shuningdek, mamlakatimizda mavjud bo'lib kelgan va sobiq ittifoqqa bo'ysungan turistlik tashkilotlar va
muassasalarni respublika ihtiyoriga o'tkazish ushbu farmon va qarorning bosh maqsadi qilib olindi. Mazkur farmon O'zbekistonda turizm sohasini takomillashtirish, uni yangi bosqichga ko'tarish, «O'zbekturizm» MK ni tuzish uchun dastur bo'lib hizmat qildi. Keyingi yillarda ishlab chiqilgan muhim hujjatlar qatoriga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995yil 2iyundagi «Buyuk Ipak yo'li» ni qayta tiklashda O'zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi choratadbirlar to'g`risida»gi farmoni hamda mazkur farmonni amalga oshirish maqsadida e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007yil 31iyundagi «O'zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish choratadbirlari to'g`risida»gi qarorini kiritish mumkin. O'zbekiston tarihi uzoq ajdodlari buyuk, madaniy merosi sermazmun ko'hna yurtlardan biridir. Ayniqsa, mamlakatimizni sharq va g`arbni bog`lab turuvchi «Buyuk Ipak yo'li» dagi belbog` sifatida yahshi bilamiz. «Buyuk Ipak yo'li» qariyib ikki ming yillik tarihga ega. Uning bir uchi Hitoy bo'lsa, ikkinchi uchi Italiyadir. Bu yo'lni «Ipak yo'li», «Karvon yo'li» deb ham ataladi. Bunday nom berilishiga sabab, ipak mahsulotlari karvonlar orqali tashib o'tilgan, Shuningdek, bronza, chinni, jun homashyolari va ulardan tayyorlangan buyumlar ham olib o'tilgan. «Buyuk Ipak yo'li»da nafaqat savdosotiq, shu bilan birga madaniyat, san'at, ilmfan, ma'naviyat, ma'rifat, odobuahloq, tinchlik, turizm, targ`ibot tashviqot (reklama), talab va taklif (marketing) ham muttasil shakllangan, yuqori darajaga etgan.
«Buyuk Ipak yo'li»da ko'hna Turkiston hududi yetakchi o`ringa, Samarqand, Buhoro, Hiva, Termiz, Ho'jand, Chorjuy kabi shaharlar esa muhim ahamiyatga ega bo'lgan.
Hozirgi O'zbekiston hududi bu yo'lning qoq markazida joylashgan. Sohibqiron Amir Temur davrida «Buyuk Ipak yo'li» keng rivojlangan. Shularni e'tiborga olib, qabul qilingan ushbu hujjatlar g`oyat muhim xalqaro turizm yo'nalishi - «Buyuk Ipak yo'li»ni qayta tiklash, bunga horijiy turistlarni jalb etish, shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy turizm siyosatini vujudga keltirishga asosiy maqsadni qaratdi. Buning uchun esa: «Buyuk Ipak yo'li»dagi shaharlar - Samarqand, Buhoro, Hiva va Toshkentda xalqaro turizm bo'yicha mahsus ochiq iqtisodiy mintaqalar tashkil etish, mazkur shaharlarning aeroportlari va temir yo'l vokzallarida horijiy turistlar uchun bojhona rasmrusumlarining xalqaro me'yorlarga mos soddalashtirilgan tartibi, tranzit turistlar uchun mahsus bojhona zonalari, turistlik tashkilotlar uchun soliq imtiyozlari joriy qilish, imtiyozli kredit berish ko'zda tutildi. Farmon va qarorlarning muhim jihatlaridan biri shu bo'ldiki, unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida turizm bo'yicha Idoralararo Kengash tuzilib, ushbu Kengash faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berildi:

  1. Turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

  2. Jahon andozalari darajasida kichik va o'rta mehmonhonalar, motell

  3. Kempinglar tarmog`i shakllantirilishini muvofiqlashtirish;

  4. Sayrtamoshalar zamonaiy industriyasini, madaniy va sport – sog`lomlashtirish markazlarini barpo etishga ko'maklashish;

  5. Noyob turizm imkoniyatlari va tarihiy - madaniy merosini keng ko'lamda targ`ib qilinishi va maskanlashtirishni tashkil etish;

  6. Turizm tizimida muvofiqlashtirilgan ilmiy-tehnikaviy va investitsiya siyosatini o'tkazish;

  7. Turizm sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta'minlash.

  8. Yurtimizda turizm ishini yanada rivojlantirish va uni tashkil etishni takomillashtirish, turizm hizmatlari bozorida kichik va o'rta turistlik tashkilotlarining qatnashishini faollashtirish, horijiy sarmoyadorlarni turizm sohasidagi faoliyatga keng jalb qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 8 avgustda

«Turizm tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g``risida» qaror qabul qildi. Qarorda hususiy turistlik tashkilotlar uyushmasi (bundan buyon - HSTU) ni tashkil etish va uni «O'zbekturizm» MK tarkibiga a'zo sifatida kirishi belgilab berildi. Shuningdek,
«O'zbekturizm» MK HSTUga turistlik tashkilotlar faoliyatini tashkil etish, marketing, malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash hamda turizm faoliyati sohasida qonun hujjatlariga rioya etish bilan bog`liq masalalarda uslubiy va huquqiy yordam ko'rsatishni ma'lumot uchun qabul qilindi. Qarorga muvofiq, MK tarkibiga kiruvchi korhona va tashkilotlar ro'yhatiga, boshqaruv hodimlarining cheklangan soni 55 nafardan iborat bo'lgan (hizmat ko'rsatuvchi hodimlarsiz) ijro etuvchi apparat tuzilmasiga, HSTU ning namunaviy tashkiliy tuzilmasiga va uning boshqaruvini ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasiga ilovalarga muvofiq rozilik berildi. HSTU boshqaruvi raisi lavozimiga ko'ra «O'zbekturizm» MK raisining o'rinbosari hisoblanadigan bo'ldi.

  • HSTU faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • «Buyuk Ipak yo'li» ni tiklashda, respublikada turizmning zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish;

  • Uyushma a'zolari bo'lgan hususiy turizm tashkilotlariga ko'maklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish; · turizm sohasida marketing tadqiqotlarini o'tkazish;

  • Xususiy turizm tashkilotlarini rivojlantirishga horijiy sarmoyadorlarni va mamlakatimizdagi yuridik va jismoniy shahslarning mablag`larini jalb qilish;

  • «O'zbekturizm» MK da, davlat organlarida va jamoat tashkilotlarida uyushma a'zolari bo'lgan hususiy sayyohlik tashkilotlarining manfaatlarini ifodalash;

  • Uyushma a'zolariga axborot, maslahat va uslubiy yordam ko'rsatish;

  • Turizm biznesi sohasida hodimlarning kasb tayyorgarligiga va ularni qayta tayyorlashga ko'maklashish. O'zbekistonda turizm sohasini yangi bosqichga ko`tarishda Respublika Prezidentining 1999 yil 15 apreldagi «2005 - yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi to'g`risida» gi Farmoni alohida ahamiyatga egadir. Ushbu Farmon millatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga ko'maklashish hamda xalqaro turizm bozoriga uzviy qo'shilish, O'zbekistonning madaniytarihiy va ma'naviy merosini jahon hamjamiyatiga targ`ib qilish, shuningdek, turistlarga hizmat ko'rsatish sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko`tarish maqsadida qabul qilinib, 2005 - yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi va uni amalga oshirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tarkibi tasdiqlandi. Farmonda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar,

turistlik tashkilotlar horijdan keltiriladigan tehnologiya va mehmonhona uskunalari, turizm maqsadlariga mo'ljallangan transport vositalari uchun bojhona bojlari to'lashdan uch yil muddatga ozod qilinishi ko'rsatib o'tildi. Shuningdek, «O'zbekturizm» MK tizimidagi korhonalarga horijiy turistlarga erkin ayirboshlanadigan valyuta hisobidan turistlik hizmat va qo'shimcha hizmat ko'rsatish huquqi berilib, buning uchun mahsus kassalar ochilishiga ruhsat berildi. «Umid» jamg`armasi har yili studentlarni turizm industriyasi mutahassisliklari bo'yicha yetakchi horijiy mamlakatlarga ta'lim olish uchun yuborishni ko'zda tutishi ko'rsatib o'tildi. O'zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar, Moliya va Madaniyat ishlari vazirliklarining va «O'zbekturizm» MKning O'zbekiston Respublikasining AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiyadagi elchihonalarida madaniyat va turizm masalalari bo'yicha maslahatchi lavozimi birliklarini joriy etishlariga ijozat berildi. Ushbu Davlat dasturi olti bo'limdan iborat bo'lib,

Download 0,56 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorazm viloyatida turistik infratuzilmalarni rivojlantirishning huquqiy asoslari

Download 0,56 Mb.