|
Rekreatsiya va turizm geografiyasi
|
bet | 26/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK1-bo'lim: «Turizmning me'yoriy - huquqiy bazasini shakllantirish»,deb nomlanib, unda O'zbekiston Respublikasining
«Turizm to'g`risida» gi qonunini tayyorlash, fuqarolarimizning horijga chiqishi va O'zbekistonga horijiy fuqarolarning kirishi haqidagi takliflarni o'rgangan holda, horijiy turistlar uchun boj, viza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish Nizomiga o'zgartirishlar kiritish; Madaniy meros yodgorliklarining to'liq ro'yhatini tuzish va nashr etish; yodgorliklarni noqonuniy tarzda olib chiqib ketgan va ularga ziyon etkazilgan hollarda davlat, jamoat tashkilotlarining, yuridik va jismoniy shahslarning javobgarliklari haqidagi tartibni tayyorlash vazifalari belgilab berildi. Mazkur bo'limda belgilab berilgandek «Turizm to'g`risida»gi qonun
1999-yil 20-avgustda qabul qilindi, boj va viza hujjatlarini rasmiylashtirish Nizomiga o'zgartirishlar kiritildi, hullas barcha vazifalar to'liq amalga oshirildi. 2-bo'lim: «O'zbekturizm» MKning 1999-2005 yillardagi investitsiya siyosati»,-deb nomlanib, unda Samarqand shahrida
«Prezident-otel» mehmonhonasi qurilishi (mablag`ning 85% horij investitsiyasi, 15% «O'zbekturizm» MK hisobidan), shahardagi
«Samarqand» mehmonhonasini qayta tiklash (8 mln AQSH dollari. Horijiy va mahalliy sarmoya); Hivada yangi mehmonhona qurilishi (bu ham 85% ga 15%), Urganchda «Horazm» mehmonhonasini qayta tiklash (7,5 mln AQSH dollari, Hindiston krediti); Toshkent shahridagi
«O'zbekiston» mehmonhonasini qayta tiklash (31,5 mln AQSH dollari, horijiy sarmoya). Shuningdek, 5060 o'rinli 23 yulduzli mehmonhona qurilishi (20 mln AQSH dollari, horijiy va mahalliy sarmoya); Toshkent viloyati Chorvoq suv ombori hududida dam olish zonasi va golf klubi qurilishi (100 mln AQSH dollari, horijiy sarmoya); Buhorodagi « O'zbekturizm» MK ma’lumotlaridan foydalanildi. mehmonhonasini qayta tiklash (8 mln AQSH dollari, horijiy sarmoya); Andijondagi 60 o'rinli yangi mehmonhona qurilishi (12 mln AQSH dollari, horijiy va mahalliy sarmoya), shahardagi «Oltin Vodiy» mehmonhonasini qayta tiklash (8 mln AQSH dollari, horijiy va mahalliy sarmoya); Jizzahdagi
«O'zbekiston» mehmonhonasini qayta tiklash (10 mln AQSH dollari, horijiy va mahalliy sarmoya); Termizdagi mehmonhonani qayta tiklash (6 mln AQSH dollari, horijiy va mahalliy sarmoya); SHahrisabzdagi
«SHahrisabz» mehmonhonasini qayta tiklash (6 mln AQSH dollari, horijiy va mahalliy sarmoya) kabi juda katta mablag` talab etiladigan vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, Avtobus - avtomobil parkini
modernizatsiyalashtirish (zamonaviylashtirish) uchun 12 mln AQSH dollari, kichik hususiy mehmonhonalar va otellar qurilishi uchun 30 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya talab qilinishi belgilab berildi. Ushbu bo'limda belgilab berilgan vazifalardan asosiylari ham amalga oshirildi. Toshkent shahrining o'zida «O'zbekiston», «Toshkent», «Rossiya»,
«Do'stlik», «Turon» kabi mehmonhonalarni modernizatsiyalashtirilganligiga yoki Samarqand shahridagi «Prezident - otel» mehmonhonasini bunyod etilganligiga bugun guvohmiz. Shuningdek, boshqa viloyatlardagi vazifalar ham amalga oshirildi. 3bo'lim: «Marketing tadbirlari»,- deb nomlanib, unda O'zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida turistlarga ma'lumot berish va turmahsulotlarni taklif qilish maqsadida internet, E-mail xalqaro informatsiya tarmog`laridan foydalanishni rivojlantirish; Gidekskursovodlar uchun respublika tarihi, siyosiy hayoti, madaniytarihiy merosi, turizm imkoniyatlari, asosiy qonunlari, ijtimoiy fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari haqidagi barcha axborotlarni o'zida mujassamlashtirgan informatsionuslubiy ma'lumotnoma (spravochnik) ishlab chiqish; har yili Toshkent shahrida xalqaro «Buyuk Ipak yo'li» turistlik yarmarkasini o'tkazish, shuningdek, yirik xalqaro turistlik yarmarkalarda ishtirok etish; Yangi va mahsus turistlik turlarni ishlab chiqish (tarihiy, ekologik, ekzotik va sport); «Turizm - revyu» teleko'rsatuvini doimiy ravishda tashkil etish, O'zbekistonning tarihiy va madaniy yodgorliklariga oid kinofilmlar ishlab chiqarish, reklama prospeketlarini va hususiy «Buyuk Ipak yo'li» axborot - reklama haftalik gazetasini nashr ettirish; Informatsiya olish va almashish maqsadida xalqaro tashkilotlar (BTT, YUNYESKO, YUNID, PROON) bilan
hamkorlikni faollashtirish. Rivojlangan davlatlar turizm tashkilotlari bilan tajriba almashish asosiy vazifa sifatida karaldi. Bu bo'limda ham belgilangan internet va saytlar xalqaro informatsiya tarmoqlaridan foydalanish, gidlar uchun ma'lumotnomalar ishlab chiqish, har yilgi turyarmarkani o'tkazish, xalqaro turtashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish kabi va boshqa vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda. 4-bo'lim: «Turistlarga hizmat ko'rsatishni xalqaro andozalar darajasiga ko'tarish, turizm infratuzilmasini har tomonlama rivojlantirish»,deb nomlanib, unda Toshkent, Samarqand, Buhoro va Hiva shaharlaridagi turistlarni ijaraga avtomobil vositalari bilan ta'minlash; Markaziy Osiyo respublikalari uchun mutahassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida BTTning malaka oshirish institutini tashkil etish; BTT orqali turizm bo'yicha xalqaro markazlarda (Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlari) «O'zbekturizm» MK hodimlarini, turizm va gidtarjimonlik bo'yicha mutahassislarni o'qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash; Madaniytarihiy inshootlarda halq ijodi va hunarmandlik mahsulotlari sotish uchun kioskalar tashkil etish, halq urfodatlari, an'analarini namoyish etuvchi videoroliklar tayyorlash va ularning savdosini tashkil etish; Muzey kolleksiyalari va arheologik topilmalar nusxalaridan tayyorlangan sovg`alar ishlab chiqarishni tashkil etish; Turizm ob'ektlarida milliy urfodatlar va an'analarni namoyish etish; Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar turizm tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning rahbarlarini attestatsiyadan o'tkazish; turistlik hizmat ko'rsatish andozalariga muvofiqlikni nazorat qilib borish masalalariga asosiy e'tibor qaratildi. Mazkur bo'limda belgilab berilgan vazifalar ham amalga oshirilmoqda.
5bo'lim: «Jahon merosi, madaniyati va tarihiga kiruvchi qo'riqhonalar, yodgorlik shaharlarini muhofaza etish va ulardan maqsadli foydalanish bo'yicha tadbirlar»,deb nomlanib, unda quyidagi yo'nalishlarga e'tibor qaratildi: xalqaro ilmiyamaliy turistlik ekspeditsiyalarni tashkil etish yordamida horijdagi Vatanimiz madaniyati, tarihi, fani va san'ati yodgorliklarining qimmatini o'rganish; milliy boylar, an'anaviy choyhonalar, halq amaliy san'ati va ko'rgazmalarini tashkil etish va ularni turizm marshrutlariga kiritish; turizm ob'ektlarini mamlakatimiz tarihi bilan bog`liq tarihiy va madaniy yodgorliklarni doimiy ravishda qayta tiklash.
|
| |