|
TURISTIK DAROMADLAR VA HARAJATLAR STATISTIKASI
|
bet | 29/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK
Turistik oqimlar hajmi haqida umumiy tasavvur beruvchi kelish statistikasi turistik sayohatlar harakteriga ega. Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi
turizmni baholash qiymati mazmuniga ega bo‘lib, uni milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganishda, jumladan mamlakatning to‘lov balansi, shuningdek turizm industriyasi o‘zining sektorlariga harakteristika berishda zarurdir.Turistik harajatlar – tashrif buyuruvchi yoki uning nomidan boshqa shaxsni tayyorlash va safar chog‘ida, shuningdek belgilangan joyda bo‘lish chog‘idagi iste’mol qilingan harajatlarning umumiy summasidir. Turistik harajatlar konsepsiyasi asosiga bir qator tamoillar qo‘yilgan. BMT tavsiyasiga muvofiq tashrif buyuruvchilar, turistlar va ekskursiyalarning iqtisodiy ahamiyatli harajatlarigina hisobga olinadi. Tashrif buyuruvchilar harajatlari ularning ehtiyojlarini qondirish uchun olgan xizmatlar va tovarlar qiymati bilan aniqlanadi. Ularga xilma-xil tashish bo‘yicha xizmatlar, joylashtirish va uzoq foydalanishgacha uncha katta bo‘lmagan narsalar, joriy turistik iste’mol tovarlari va suvenirlar kiradi. Biroq bu holda ulardan bahramand bo‘luvchilar boshqa shaxslar- sayohatchilar bo‘lmasalar ham qilingan harajatlar turistik harajatlarga kiritiladi. Turistik harajatlar hajmini tovar va xizmatlarga amaldagi narxlarni pasaytirish chegirib tashlash, choy puli va boshqalarni hisobga olgan holda to‘lov shaklidan qat’iy nazar-naqd pulmi, yo‘l cheklarimi, kredit kartochkalari va boshqa usullar bilan birga belgilash tavsiya qilinadi. Turistik harajatlar tarkibi. Turizm statistikasi bosh muommolaridan biri turistik harajatlar tarkibini tartibga solish bo‘lib hisoblanadi. Bu tashrif buyuruvchi qilgan xrajatlar vaqti (tayyorlanishda, safar chog‘ida yoki oxirida), shuningdek turizm tipi bilan shartlangan. Tegishli ravishda ichki turistik harajatlar ajralib turadi. Bu rezidentlarni o‘z mamlakati va xalqaro miqyos bo‘ylab qiladigan sayohatlari bilan bog‘liq. Uning ahamiyatini tushunish uchun tashrif buyuruvchini o‘z
joyidan ko‘zda tutilgan mamlakatga yo‘naltirilgan harakati iqtisodiy tabiatni bilish muhimdir. Chiqish turistik oqim xalqaro turistik harajatlar kategoriyasiga mansub, kirish harajatlar esa xalqaro turizmda tushadiganga.
BMT materiallarida xalqaro turistik harajatlar doimiy- yashovchilarning u yoki bu mamlakatga xorijga sayohati vaqtida qilgan harajatlariga qarab aniqlanadi. Boshqlar qatorida unga xalqaro tashish bo‘yicha chet el kompaniyalari xizmatlari, shuningdek chetdan sotib olingan tovarlar va xizmatlar uchun oldindan haq to‘lash qo‘shiladi.
Joriy hisob-kitoblarda juft sifatda xalqaro turizmdan tushgan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. U xorijlik tashrif buyuruvchining boradigan mamlakatdagi barcha harajatlari summasi sifatida hisoblanadi. Har ikala ko‘rsatkich ham yagona usulda qo‘rilgan bo‘lib, faqat pul vositalarining chegaralari osha harakati bilan bog‘liq sarflarnigina aks ettiradi. Turistik harajatlar tarkibi t/r Harajatlar yo‘nalishi Ichki turizm Xalqaro turizm
Sayohatgacha harajatlar (Mulkni sotib olish, uzoq muddatga foydalaniladigan yirik predmetlar (dala hovlisi, avtomobil, avtofurgon, qayiq va boshqalar) qaysikim turistik maqsadlarda foydalanishi mumkin Istisno qilinadi Istisno qilinadi,Uncha katta bo‘lmagan uzoq muddatga Istisno qilinadi foydalaniladigan yoki joriy etishda iste’mol qilinadigan tovarlar (yo‘l buyumlari, sport invertarlari va boshqalar) qilinadi ,Safar davrida taklif etiladigan va iste’mol qilinadigan (kompleks turlar, joylashtirish, tashish va turistik sug‘urtalarni sotib olish) xizmatlar uchun oldindan to‘lov Qo‘shiladi Chiqish turizmi xizmatining xalqaro tashishdan tashqari, qaysikim mahalliy aholi o‘z mamlakatidan
tashqarisida sayohat paytida iste’mol qiladigan xizmatlarni qo‘shadi; Kirish turizmi xalqaro tashishdan tashqari, qaysikim xorijiy turistlar boradigan mamlakatida iste’mol qiladigan xizmatlarni qo‘shadi. Sayohatgacha bo‘lgan va undan keyingi (avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqalar) xizmatlar to‘lovi Qo‘shiladi Istisno qilinadi)
Sayohat davridagi harajatlar (Sayohatchilar, shu jumladan, ish yollovchi shaxslar, ularning ishga aloqador sayohatida savdo-sotiqlari Istisno qilinadi Istisno qilinadi , Naqd pulning dam olish safariga yuborish paytida qarindosh-urug‘lariga, tanish-bilishlariga berishi, turistik tovarlar va xizmatlar hamda hayriya vznoslarini kiritmagan holda Istisno qilinadi Istisno qilinadi ;Ko‘chmas mulklarni sotib olish, uzoq muddatga foydalanadigan yirik predmetlarni (dala hov-lisi, avtomashina, avtofurgonlar, qayiq va boshqalar) xatto ular kelajakda turistik maqsadlarda foydalanadigan bo‘lsa Qo‘shiladi Qo‘shiladi;Oddiy muhitdan tashqarida keng iste’mol mollarini past bahoda sotib Qo‘shiladi Qo‘shiladi olish ; Boshqa yirik harajatlar turi (avtomobilni kapital remont qilish va boshqalar) Qo‘shiladi Qo‘shiladi;
Uzoq muddatga foydalanadigan va joriy iste’mol qilinadigan vaqt va uning foydalanish joyiga bog‘liq bo‘lmagan, kichik tovarlarni sotib olish Qo‘shiladi;
Suvenirlar harid qilish Qo‘shiladi Qo‘shiladi;
Safar davomida xizmatlar (tashish, joylashtirish va boshqalar) ni harid qilish Qo‘shiladi;
Borgan joyida poshlinalarsiz tovarlarni qo‘shgan holda, ularning qiymati va foydalanish xususiyati-dan qat’iy nazar (ko‘chmas mulk va kommersiyali savdo-sotiqni qo‘sh-magan holda) boshqa tovarlar
(xizmatlarni) sotib olish Qo‘shiladi Chiqish turizmi qo‘shiladi; kirish turzmi faqat xorijiy turistlar boradigan mamlakatdagi savdolar qo‘shiladi
Safardan keyingi harajatlar;
Safar bilan bog‘liq bo‘l-gan tovarlar (xizmatlar) ni (fotoplen- kalarni doriga solib chiqarmoq , sayohat davomida avtomobillarni ta’mirlash va boshqalar), ko‘chmas mulk va yirik uzoq muddatga foydalaniladigan tovarlardan tashqari tovarlar (xizmatlar) ni sotib olish Qo‘shiladi Istisno qilinadi .
Turistik harajatlar muvaffaqiyatligini ta’minlash va unifikatsiyalash maqsadida BTT quyidagi guruhlashni tavsiya etadi:
Tarikibiy elementlarga bo‘linmasdan turib, yagona narxda amalga oshiriladigan xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks turlar;
Joylashtirish;
Ovqatlantirish;
Transport;
Rekratsion, madaniy va sport tovarlari, xizmatlar: madaniyat, dam olish va ko‘ngilxushlik muassasalariga kirish to‘lovlari, harid sarflari, safar chog‘ida sport jihozlarini ta’mirlash, foydalanish harajatlari, alohida sport turlariga o‘sish to‘lovlari, qisqa muddatli ekskursiyalar, shuningdek gidlar xizmatlari haqlari qo‘shilgan holda;
Do‘konlardan haridlar;
Boshqa statyalar – sug‘urta to‘lovlari, komission yig‘imlar, fotografiya plyonkalarini ishlash qiymatlari. Ta’til chog‘ida turistlar harajatlarining tarkibi va kattaligi bir qator shartsharoitlarga bog‘liq. Venesiyaning Ka Foskar universiteti (Italiya) huzuridagi turizm iqtisodiyoti bo‘yicha xalqaro tadqiqot markazi mutaxassislari besh omilni
ajratdilar: - Turist-sayyohning o‘tadigan mamlakati. Uning ijtimoiy- madaniy qiyofasi sayyohning harid xohishiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, sayyoh o‘tadigan mamlakat bilan «valyuta almashinish samarasi» degan gap bog‘liq. U ko‘p hollarda u yoki bu mamlakatda bo‘lish istagini belgilaydi. Agar allaqachon tanilgan bo‘lsa, sayyoh tomonidan rivojlantirilgan harajatlar hajmini belgilaydi. Bu avvalo dollar, yoki yevro muomilada bo‘lgan mamlakatlarga, yaqindan buyon esa Yaponiyaga taaluqlidir; - Rayon va dam olish joyi. Italiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, san’at shaharlari bo‘ylab safar turistlarga dengizda, tog‘ yoki ko‘lda dam olishga nisbatan qimmatga tusharkan. Harajatlar kattaligi shuningdek turistik markazlar bo‘yicha ham farqlanadi. Venesiyada u odatda Paduye va Veronga nisbatan yuqori; - Joylashtirish tipi.
Harajatlar hajmi joylashish turiga (otel, kemping, sayyohlar qishloqchasi va boshq.) va uning kategoriyasi – toifasiga bog‘liq; - Dam olish davomiyligi. U kurortga borish uchun transport, turini joylashish tipini tanlashga shuningdek tovarlar va xizmatlar hajmini belgilashga ta’sir qiladi. Ya’ni dam olishda turistning sarflaydigan barcha harajatlarini aks ettiradi va bu turistik harajatlarning bosh statiyasida namoyon bo‘ladi; - Dam olish vaqti (mavsumiy, mavsumlararo, mavsumiy emas). Turistik harajatlar kattaligi kurortlarga borish va yashash narxlarining mavsumiy o‘zgarib turishiga qarab turlanib turadi. Bu besh omil turistlarning har bir safarida tovar yoki xizmatlar, sarflarning hajmi va tarkibini tanlash va aniqlash imkonini beradi. 1998 yilda xalqaro turistik harajatlar (transport tashishlari hisobga olinmgan holda) 400 mlrd. dollarga yaqinni tashkil etadi. Uning katta qismi (200
mlrd.ga yaqini) Yevropaga to‘g‘ri keladi va jahonda barcha turistik oqim aylanishining yarimidan ko‘prog‘ini qamrab oladi. Yevropaliklar sayyohatga qolgan barcha hududlarni birgalikda olganiga qaraganda ko‘p sarflashadi. Ikkinchi o‘rinda Amerika turadi. Keyingi vaqtlarda unga Osiyo-Tinch okeani hududlari jips yaqinlashib keldi, ayrim yillari hatto uni quvib o‘tdi. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro turizmda asosiy harajatlarni industrial rivojlangan davlatlar qilayapti, xususan AQSH, Germaniya, Buyukbritaniya va Ispaniya. Jami harajatlarning uch qismiga yaqini ana shu to‘rt davlat ulushiga to‘g‘ri keladi. Ulardan tashqari xalqaro turizm harajatlarini shakllantirishda, ularni kattaligi va tarkibida
«kata yettilik»ning boshqa a’zolari – Fransiya, Italiya va Kanada sezilarli rol o‘ynaydi. 90-yillarning ikkinchi yarimida salmoqli xalqaro turizm harajatlarini shakllantirayotgan guruh mamlakatlarga Skandinaviya mamlakatlari (Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya), ba’zi G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Avstriya, Shveysariya, Benilyuks mamlakatlari), Lotin Amerikasining yangi industrial 60 mamlakatlari (Braziliya, Argentina, Venesuela), Osiyo mamlakatlaridan – Xitoy, Singapur, Malayziya qo‘shildi. Shuni ta’kidlash joizki, xalqaro turistik harajatlar umumiy hajmida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari ulushi uncha kata emas. Ular orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilar qatorida turuvchi Rossiya va xalqaro turistik harajatlar rekord o‘sishini namoyish etayotgan Polsha alohida ajralib turadi. Besh yil ichida, 1991 yildan 1995 yilgacha polyaklarning xorijga ommaviy safarlari 40 martaga ko‘paygan. Avstralosiye subregioni (Avstraliya va Yangi Zellandiya) jahon turistik bozorida kamtarona o‘rinni egallab turibdi. 2000 yilda hamma xorijiy
turistik safarlarning 0,6 % va jahonda xalqaro turizm harajatlarining 2 % uning hissasiga to‘g‘ri keladi, xolos.
Ammo xorijga bir safar uchun aholi sarflayotgan turistik harajatlar ko‘rsatkichi bo‘yicha shubhasiz Avstraliya yetakchi hisoblanadi. Sayohatga sarflar yuqoriligi subregionning asosiy turizm markazlaridan uzoqligi bilan izohlanadi. Safar qiymatida sarflar ulushining 30 % xalqaro transport tashishiga to‘g‘ri keladi. Belgilangan joyga yetib borish uzoqligi transport harajatlarini qoplash shunga majbur etadi. Avstraliya va Yangi Zelandiya aholisiga xorijga safar o‘rtacha, 2604 dollarga (transport harajatlari qo‘shilgan holda) tushadi. Bu jahon o‘rtacha darajasidan uch barovar ko‘pdir. Safar harajatlari kattaligi hududlar bo‘yicha ayniqsa jahonning subregionlari bo‘yicha sezilarli farqlanadi. Ko‘rsatkichlar ahamiyati yoyib chiqilsa 10 karra kattalikni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlardan birida Markaziy va Sharqiy Yevropa turibdi. Sobiq sotsialistik mamlakatlar fuqarolari eng tejamli turistlar bo‘lib chiqishdi. 1990 yilda ular xorijga safarga (transport harajatlarini ham hisobga olgan holda) o‘rtacha 25,3 dollar sarflangan. Yetarli mablag‘ga ega bo‘lmasdan, ular jahonni ko‘rish ishtiyoqida hamma narsadan tejab qolishgan. Shaxsiy avtomobilida yo‘lga chiqishda o‘sha davrdagi jahon turistik oqimining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlaridan o‘zib benzin va yeguliklarni g‘amlab olishgan.
Bu tendensiya 1973-1974 yillardagi jahon energetika krizisidan keyin paydo bo‘la boshladi. U sezilarli ravishda jahonda turistik xizmatlar, tovarlar va ishchi kuchlari, ayniqsa iqtisodiy rivojlangan davlatlarda, qimmatlashgani bilan bog‘liq. Chunki, xalqaro turistik almashinuvlarning kata qismi shu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro turizmdan tushumlarni regional – hududiy taqsimlanishi asosan turistik tashriflarning geografiyasi bilan mos keladi. Urushdan keyingi butun davrda, 1950 yildan tashqari, eng daromadli turistik hudud bo‘lib Yevropa hisoblanib kelinmoqda. Ammo umumiy tushumlar hajmida uning ulushi salmog‘i asta-sekin pasayayapti. Bu turistlar harajatlarini o‘rtacha jon boshiga kamayishiga nisbatan qisqa davom etadigan safarlar bozorini gurkirab rivojlanishi bilan izohlanadi. 60-yillar o‘rtalaridan boshlab Osiyo-Tinch okeani hududi salmog‘i jadal ko‘paymoqda. Bu hududda turistik daromadlar o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlarining eng yuqorisi (1985-1995 yillarda 18,5 %) bo‘lgani qayd etilgan. 90-yillaridagi moliyaviy krizis-inqiroz bu hududda xalqaro turizmdan tushumlar dinamikasiga sezilarli o‘zgartirishlar kiritdi. O‘sish sur’atlari keskin tushib ketdi va 1999 yilga nisbatan 1998 yilgi 2,2 % darajani tashkil qildi. Turistik tushumlarda Amerika ulushi AQShning faol turistik siyosat olib borishi natijasida oshib bormoqda. Bunga Kanada va Meksika o‘rtasida ichki regional turistik almashinishning tezlashgani, yaqinda tashkil qilingan Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasi doirasida integratsiya aloqalarining kegayayotgani yordam bermoqda. Turistik tushumlarda Afrika ulushining juda pastligi o‘ziga diqqatni tortadi (1998
y. 2,2 %). Ayniqsa daromadlarga taqqoslanganda u 4% ni tashkil qilgan. Bunday vaziyat hududining umumiy iqtisodiy stagnatsiyasi va o‘z daromadlarining sezilarli qismini Afrika bozorlarida ishlayotgan xalqaro turistik agentlar va mehmonxona korporatsiyalariga o‘tkazilishi oqibatida vujudga keldi. Xalqaro turizmdan tushumlar rivojlangan Shimoliy Amerika mamlakatlari (AQSH, Kanada) va G‘arbiy Yevropa (Fransiya, Buyukbritaniya, Germaniya), O‘rta yer dengizi (Italiya, Ispaniya,
Gresiya), va Alp (Avstriya, Shveysariya) mamlakatlarida to‘planayapti. Ularning ulushi jami tushumlarning yarimini tashkil qiladi. Hozirgi paytda 15 eng daromadli turistik mamlakatlar ruyxatini AQSH boshqarmoqda. Ular kata o‘sish bilan oldinlanib ketgan holda keyingi yillarda o‘z turistik daromadlarini tobora ko‘paytirib borishayapti. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda xalqaro turizmdan tushgan tushumlar hajmi ikkinchi yarmidagi Fransiyadagidan 2,4 marta oshgan 1980 yilda ular o‘rtasidagi farq kam sezilarli – 1,2 marta (mos ravishda 10,1 va 8,2 mlrd. dollar) edi. So‘nggi yillarda yetakchi o‘nlikka shuningdek Xitoy ham kirdi. U 25 - o‘ringa ko‘tarildi. Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlaridan birortasi 7 mlrd. lik marrani zabt etisholmadi. Yaxshi natijani RF qo‘lga kiritdi (1998 y. 6,5 mlrd. dollar). Biroq sobiq soitsalistik mamlakatlar tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatishdan tushumlar hajmini tez ko‘paytirib borishayapti.
Besh yilda, 1992 – 1996 yillar davomida jahonda turistik daromadlar 40 % ga oshgan holda, Litvada 26 martaga, Estoniyada 17 martaga, Moldava Respublikasida 15 martaga o‘sdi. Xalqaro turizmdan tushumlar hajmi turistik yo‘nalishdagi daromadlar darajasini baholashda keng foydalaniladi. Ammo aniqroq ko‘rsatkich bo‘lib, bitta kelishdan va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan turistik daromad miqdori hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarga asoslangan manzara yuqorida keltirilganlardan keskin farq qiladi.
1995 y. BMT turistik yo‘nalishning daromadligini tadqiq qilib ko‘rdi. Bir kelishdan tushgan tushum o‘rtacha 708 $ ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich jahon bo‘yicha kuchli aralash-quralash bo‘lib ketdi.
Kelishlardan tushgan daromad asosiy bosh turistlar yetkazib beruvchilar bilan umumiy quruqlik chegarasiga ega bo‘lgan mamlakatlar (Kanada, Meksika) da (AQSH bilan chegara ko‘zda tutilayapti) kam bo‘ldi. Shuningdek sobiq sotsialistik mamlakatlar (Xitoy)da ham past bo‘ldi.
Kelishlardan tushgan yuqori daromad chiqish turizm yirik bozoridan uzoqlashgan, hayot qiymati yuqori harakterli yoki elita turistlariga mo‘ljallangan joylarda ko‘zga tashlandi. Malayziya va Indoneziya turistik yo‘nalishning daromadlik farqiga klassik misol bo‘lib xizmat qila oladi. Har ikkala mamlakat ham turizm rivojlanishining bir bosqichida turibdi. Ammo Malayziya asosan turistlarni qo‘shni Singapur va 62 Tailanddan qabul qiladi. Uning kelishlardan tushgan daromadi 1995
y. da 523 dollarni, Indoneziyaniki esa 1209 dollarni tashkil etgan. BTT tadqiqotlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, 1995 yil bir kelishdan tushgan daromadlar bo‘yicha Shimoliy Yevropa mamlakatlari yetakchilik qildi – Daniya (2,3 ming $). Xalqaro turizmdan tushgan tushumlar mutlog‘ ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular birinchi o‘nlikka kirishgani yo‘q. AQSH 1- o‘rindan 19-o‘ringa tushib ketdi. Bir kelishdan 1,4 ming dollar. Fransiya, Italiya va Ispaniya nisbatan daromadliroq 50 davlatlar qatoridan umuman joy ololmadilar. Bu albatta milliy turistik ma’muriyatlarni tashvishlantirmasdan qolmaydi. 4.3. Turizmda statistik hisob usullari Xalqaro turizm statistikasi axborotlarni yig‘ishning turli shakllaridan foydalanadi. Statistik kuzatuvlarni hisobotlar orqali yoki bevosita maxsus tekshiruvlar o‘tkazish bilan olib boriladi. Hisobotlar orqali statistik kuzatuvlar. Bu holatda statistik ma’lumotlar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va boshqalardan belgilangan shakl va muddatlarda olinadi.
Ular buxgalterlik hisobi va operativ ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlab, bularni statistika organlariga topshiradilar. Xuddi shu hisobotlar turizm to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Statistikada turistik oqimlar kelishi miqdori va bo‘lish davomiyligi haqida axborotlarni immigratsiya xizmati yoki joylashtirish vositalaridan ham olish mumkin. Hozirgi vaqtda jahondagi 60 mamlakatda turistlar chegarada va 40 davlatda joylashtirish vositalarida qayd etiladilar. Chegarada hisob mamlakatga kirish va undan chiqib ketishda immigratsiya nazorati vositalari orqali yuritiladi. Bu nazorat o‘tkazish punktlari, aeroportlar, temiryo‘l vokzallari, dengiz portlari, chegara postlari va h.k. larda amalga oshiraladi.
Sayohatchi shaxs haqida asosiy axborot manbai bo‘lib maxsus qayd qilish shakli – kirish (chiqib ketish) kartochkasi, shuningdek chet elga chiqish pasporti va vizalar hisoblanadi.Ularda turistning jinsi, yoshi, uning doimiy yashash joyi (fuqaroligi) va borayotgan mamlakati, maqsadi, safar muddati va boshqa ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Bu ma’lumotlarni yig‘ishni tashrif buyuruvchining chiqishida amalga oshiriladi. Turist qaytishida o‘zining chiqishiga qaragandagidan aniqroq axborot berishi mumkin. Sayohat yo‘nalishi va muddatlarga ko‘pincha har xil vaziyatlar (obhavoning o‘zgarishi, sog‘ligining yomonlashuvi, yangi diqqatga sazovar joylar haqida qo‘shimcha axborot olishi va boshqalar) ga qarab safar chog‘ida aniqlik kiritiladi. Chegarada hisobga olish usuli juda ko‘p mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Ulardan ayrimlari chegara statistikasi yuritish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkam yo‘lga qo‘yishgan. Misol uchun, Kanada davlati AQSH safaridan qaytgan o‘z fuqarolari to‘g‘risida ma’ulumot yig‘adi va bu
axborotlarni Qo‘shma Shtatlar Milliy turistik ma’muriyatiga taqdim etadi. AQSH va Kanadadan tashqari, kirish chegara statistikasi shakli Buyukbritaniya, Irlandiya, Ispaniya, Kipr, Portugaliya, Avstraliya, Singapur, Turkiya, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari (Polsha, Vengriya, Belgiya) va boshqalarda ham yuritilmoqda. 63 Mamlakatlar bo‘ylab kirish (chiqish) kartochkalarining shakllari farq qilishni hisobga olib, BMT namunaviy kartochkalar ishlab chiqdi va barcha a’zolariga undan foydalanishni tavsiya etdi (shakl 1). Shakl 1 Kirish (chiqish) kartochkasining namunaviy nusxasi Immigratsion № kelish kartochkasi xizmat Barcha sayyohat qiluvchi shaxslarning yoshidan qat’iy nazar (pasport ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi);
Familiyasi Ismi
Jinsi (Erkak Ayol)
Tug‘ilgan sanasi (kun ,oy, yil)
Fuqaroligi
Mashg‘ulot turi
Borib ko‘radigan mamlakatdagi turar joyi adresi (uy, ko‘cha, shahar).
Doimo yashaydigan mamlakat (uy adresi) (uy, ko‘cha, shahar)
Pasport № ,Berilgan joyi,Berilgan sanasi (oy, kun, yil)
Keluvchi passajirlar uchun chiqish punkti, to‘xtash punkti Shuning uchun chegarada hisobga olishdan tashqari, statistik
kuzatuvning boshqa joylashish vositalariga kelishni qayd etish usuli qo‘llaniladi. U muvoffaqiyatli ravishda chegara statistikasini to‘ldiradi, ayrim mamlakatlarda esa uning o‘rnini bosadi.
Otellarda va boshqa joylashish vositalarida statistik kuzatuvlar chog‘ida to‘planadigan ma’lumotlar mamlakat bo‘ylab keluvchilarni taqsimlash, xalqaro va ichki turistlarning istaklarini aniqlash joylashish tiplarini tanlash, mehmonxona bazalarining gavjumligini nazorat qilish imkonini beradi. Bu usul anchagina oddiy, lekin xodimlardan birlamchi hisob operatsiyalarini bajarishda xushyorlikni oshirish, intizomlik va sarishtalikni talab qiladi. Turistlarga joylashish chog‘ida maxsus formadagi mehmon kartochkasi beriladi. Ular har bir tashrif buyuruvchi tomonidan alohida yoki tez-tez g‘arbda yo‘l qo‘yilganiday hamrohlik qilayotgan shaxslar soni ko‘rsatilgan holda faqat oila boshlig‘i tomonidan to‘ldiriladi.
Kartochkada ko‘rsatilgan grafalarni to‘ldirishdan tashqari bir qator otellarda ishbilarmon turistlardan kompaniya joylashgan manzilgoh, mehmonxona haqi to‘lovi turi (naqdmi, kredit kartochkasi yordamidami, pul o‘tkazish yo‘li bilanmi)ni aytish so‘raladi. Qayd etish shaklida oteldan foydalanishning asosiy qoidalari va ichki tartib, xususan yong‘in xavfsizligi ko‘rsat (https://fayllar.org/turkmaniston-hududida- joylashgan-bu-manzilgoh-1955--1963-yilla.html)ilgan bo‘lishi mumkin. Mijoz imzosi unga berilgan ushbu ma’lumotlar – yashash qoidalari, xizmat haqlari, boshqa amaldagi tartiblar bilan tanishganini tasdiqlaydi. Mehmonxona kartochkalarining shakllari mamlakatlar bo‘yicha farq qiladi. BMT korxonalar bo‘yicha mehmonlarni joylashtirish, axborot bilan ta’minlashda xalqaro darajani bir xilligiga erishish uchun namunaviy shakllarini tuzdi (shakl 2). Shakl 2 Joylashtirish vositalari uchun qayd qilish shakllarining namunaviy nusxasi Otel, (nomi) shahar mamlakat Familiyasi,Ismi, Fuqaroligi,Kasbi ,Tug‘ilgan yili ,(kun, oy, yil)
Tug‘ilgan joyi, Doimo yashaydigan mamlakat (uy adres, (mamlakat), (shahar, ko‘cha) Mamlakatdan keldi, Mamlakatga yo‘l oladi, Taransport turlari,avtomobilning qayd qilingan nomeri Pasport berilgan joyi,berilgan sanasi, (oy, kun, yil) Otelga kelgan sanasi,Jo‘nab ketgan sanasi ,Kishilar soni, kuzatib boruvchi oila boshlig‘I, (shahar sana), (sayyohat qiluvchi imzosi) Mehmon kartochkasidan tegishli ma’lumotlar kelishning qayd qilish daftariga o‘tkaziladi va nomer fondining yuklanish daftarida takror qayd qilinadi. Mehmonlarning kelishi va jo‘nab ketishi, tashrif buyuruvchilar harakati haqida birinchi yozuv amalga oshiriladi. Ikkinchi bo‘lib joylashish vositalarining o‘tkazish qobiliyati, nomer fondi tarkibi va undan foydalanish ko‘rsatiladi. Daftarda to‘plangan axborotlar kelishlar sonini, bo‘lishning o‘rtacha davomiyligi, shuningdek nomerlarning yuklanishini aniqlashga yordam beradi.
Kompyuter tizimi bilan jihozlangan yirik otellarda birlamchi hisob operatsiyalarining bajarilishi va ularni keyingi qayta ishlash uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Manzara to‘liq va ishonchli bo‘lishi uchun oqim yuqori bo‘lgan mavsum bilan cheklanib qolmasdan, otellarda yoki boshqa joylashish vositalarida to‘xtab o‘tgan, jumladan uzoq muddatli, barcha mehmonlarni qamrab olgan holda statistik kuzatuvlar yil davomida olib borilishi zarur. 66 Kelishlarni qayd etish va nomerlarning yuklanishini aks etgan daftar statistik hisobotlarning tegishli formalarini to‘ldirishga xizmat qiladi. U joylashish vositasi harakteristikasi aks etgan (tip, kategoriya, o‘yinlar soni, band xodimlar soni va boshq.), har kuni kelayotgan mijozlar, ularni mamlakat bo‘ylab bo‘linishi, nomerlar yuklanishining yakuniy qismi va bir oyda kelishlar miqdori ko‘rsatiladigan jadvaldan iborat.
Formaning orqa tomonida uni to‘ldirish va axborotlarning ishonchligini kafolatlagan statistika organi haqida yo‘riqlar, ma’lumotlar keltirilgan. Hisobotning amaldagi shakli joylashtirish korxonalari tomonidan to‘ldiriladi va har oyda belgilangan muddatda milliy turistik ma’muriyatga yoki statistika organlariga topshiriladi. Bu yerda turistik kelishuvlar va tunashlar, o‘rtacha bo‘lish davomiyligi, xonalar miqdori va o‘rinlar soni, bandlik soni, nomer fondi yuklanishi, kalendar oylari bo‘yicha guruhlanishi, mamlakatda turistlar doimiy yashaydigan joy, joylashish tipi va kategoriyasi, ularning manzili haqida olingan statistik materiallar ishlab chiqiladi. Bunday katta hisob-kitob ishlarini muvaffaqiyatli olib borish, barcha joylashish vositalari, mehmonxonlarni qayd etish bo‘yicha ma’lumotlarning to‘liq bo‘lishiga bog‘liqdir. Ammo bu korxonalarning ayrimlari ular bergan ma’lumotlar soliq xizmatlarining diqqatini tortishi va jiddiy ko‘ngilsizliklar keltirib chiqishidan xavfsirab to‘ldirilgan formalarni qaytarishmaydi. Ma’lumotlar jadvalini tuzish va hisob-kitoblarni umumlashtirishda o‘rganilayotgan holatlar to‘liq qamrab olinadi. Bunda o‘tgan davrga doir ma’lumotlardan foydalaniladi va taqqoslanadi. Bu yakuniy manzarani buzmaydi, chunki bundan joylashish vositalari hajmi va oboroti odatda uncha kata bo‘lmaydi. Joylashtirish vositalarida kelishni qayd etish Germaniya, Shveysariya, Ispaniya, Marokko, Tunis, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya va boshqa mamlakatlarda yuritilmoqda. Statistik kuzatuvning ko‘rib chiqilayotgan usuli keng tarqalgan, shunga qaramay u bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, statistik tadqiqotlardan bir kunlik tashrif buyuruvchilar tushib qoladi, xususiy turistlar esa boshqa mehmonlar qatorida qayd etiladilar va ko‘p
hollarda mustaqil kategoriyaga ajratilmaydilar. Misol uchun, g‘arbda otellar mehmoni ko‘pincha mahalliy aholi bo‘lishadi.
|
| |