|
Singapur Mamlakat haqida
|
bet | 1/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 30,25 Kb. | | #230244 |
Bog'liq Singapur ta`limi haqida
Singapur Mamlakat haqida
Singapur Osiyoning eng rang-barang va jozibador davlatidir. Turli madaniyatlar uyg’uinligi, zamonaviy osmono’par binolarni va kolonial tuzilmalarining ajablanarli darajada mos kelganligi, ajoyib tabiiy landshaftlar, ajoyib parklar, tarixiy va madaniy sayyohlik joylari ko’plab sayyohlarni o’ziga tortadi. Shu bilan birga Singapur — muhim jahon savdo markazi va Osiyoning asosiy portlaridan biri hisoblanadi.
Singapur Respublikasi Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan, asosiy orol, Pulau Ubin orollari, Pulau-Tekong, Sentosa va 60 dan ziyod kichik orollardan tashkil topgan shahar davlatidir. Malayziya tarkibiga kiruvchi Johor sultonligi va Indoneziyaning Riau orollari bilan chegaradosh.
Singapur — parlamentli respublika. Davlat rahbari — prezident. Qonunchilik organi — bir palatali parlament. Hukumat boshlig’i — bosh vazir. Rasmiy tillar: Malay, xitoy, tamil, ingliz. Singapurliklarning aksariyati ingliz tilida gaplashishadi.
Aholining taxminan uchdan bir qismi buddizm, 20% dan ortig’i — Taoizm (konfutsiylik), va boshqa etnik guruhlar — musulmonlar, Hindular, 13% xristianlar, taxminan 15% ateistlar. Singapur xalqaro puli: SGD, Singapur dollari. Chet el valyutasini va sayohat cheklarini ko’pgina banklarda va ixtisoslashtirilgan almashinuv shaxobchalarida almashtirish mumkin. Kurs barqaror va hamma joyda deyarli bir xil. Kredit kartalari eng keng tarqalgan, va to’lovning asosiy vositasi hisoblanadi. Singapur yaqin kelajakda barcha tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to’lov usuliga o’tishni rejalashtirmoqda. Barcha muassasalar American Express, Diners Club, MasterCard va Visa kabi mahalliy bank kartalarini qabul qiladi. Bankomatlar hatto kichik kafe yoki xususiy do’konlarda ham o’rnatilgan.
Singapur Respublikasi — rivojlangan davlat, uning hukumati dunyodagi eng kam korrupsiyaga ega bo’lgan mamlakatdir. Butun jahon iqtisodiy tashkiloti tomonidan aniqlangan hayot sifati indeksiga ko’ra, Singapur Osiyoda eng yuqori yashash standartiga ega bo’lib, dunyodagi 11-o’rinni egallaydi. Forbes jurnaliga ko’ra, Singapur dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingida uchinchi o’rinni egallaydi. Ushbu kichik mamlakatda har bir fuqaroning daromadi 56694 dollar. O’n yil ketma-ket Singapur biznesni yuritish uchun dunyodagi eng qulay mamlakat sifatida Jahon bankining «Doing Business» reytingida birinchi o’rinni egalladi. Buyuk banklarning soni bo’yicha Singapur dunyoda uchinchi o’rinni egallaydi. Bloombergning eng ishonchli 10 ta bankning so’nggi reytingiga ko’ra Singapurning «Oversea-China Banking Corp» kompaniyasi birinchi o’rinni egallaydi. Birinchi o’ntalik ichida Kanadaning to’rtta va uchta Singapur banklari mavjud.
|
| |