• Tayanch tushunchalar
  • Buddaviylik dini, Reja




    Download 21.25 Kb.
    bet1/2
    Sana25.02.2024
    Hajmi21.25 Kb.
    #162163
      1   2
    Bog'liq
    Buddaviylik dini
    1 TOPSHIRIQ, IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLARGA TA\'SIRI, ТАШКЕНТ - СТОЛИЦА УЗБЕКИСТАНА, mustaqil ishi Oromov Siroj, Internet 60 uz 18 11 2022, ISTISNOLARNI BOSHQARISH, qurilish mashinalari, 4dqeEKFa0jTzGOE0-G6Tjo8TlsvX5qup, boshlang-ich-ta-limda-sinfdan-tashqari-darslarni-tashkil-etish-metodikasi-va-ularning-ahamiyati, Ms excel’da makrobuyruqlar [makroslar]-fayllar.org, ABDURASHIDOVA MAFTUNA ERKIN QIZI, BIOMAROMLAR VA TIRIK ORGANIZMLARNING HAYOTIY SHAKLLARI. VAQT EKOLOGIK OMILI, IJTIMOIY PEDAGOGNING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR BILANISH YURITISH, 9 imtihon, 109 tishli gildiraklarni tayyorlash texnologiyasi-fayllar.org

    Buddaviylik dini,
    Reja:
    1.Buddizm ta’limoti va uning asoslari.

    1. O’zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi.

    2. Buddizm va uning mazmun mohiyati.

    3. Buddaviylik dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi.



    Tayanch tushunchalar: Buddizm. Buddizm ta’limoti – to’rt oliy haqiqat, nirvana. Buddizm axloqiy ta’limoti – “pancha-shila”. Buddizmdagi oqimlar: mahayana, hinayana, lamaizm va h.k. O’zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi.
    Buddizmning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblangan. U tarixiy shaxs bo’lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi xind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan maononi bildiradi. Rivoyatlarga qaraganda, keng maonoda ko’p marta ilohiy tug’ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshqalarga ham diniy najot yo’lini ko’rsata oladigan odamdir.
    Aslida barkamollikka erishgan inson diniy emas, dunyoviy najot (ozodlik, erkinlik, mustaqillik, ma’naviyat) yo’lini bosib o’tishi va boshqalarga bu yo’lni ko’rsatishi mumkin xolos.
    Bu dinning rivoyatlarga ko’ra bir odam hayr sahovatli bo’lishi va haqiqiy olamdagi orzu-havaslarning behudaligini tushunishga etib borishi natijasidagina Buddadek bo’lishi mumkin emish. Bu zararli fikrdir. Inson dunyoga orzu-havas bilan, chin inson sifatida baxtli yashash, nasl qoldirish, yaxshi nom uchun keladi.
    Tor ma’noda ega Budda buddizm asoschisi hisoblangan Gautamadir. U go’yo “nurlangan”, ya’ni “haqiqiy bilimga erishgan”dan so’ng unga SHakoya-Muni Budda nomi berilgan. Rivoyatlarga ko’ra u Gang daryosining o’rta oqimida joylashgan kichik bir davlat shaxsining o’g’li bo’lgan ekan. Bu shaxsning xotini ilohiy homiladorlikdan Gautamani tug’gan. U voyaga etgach, har qanday mavjudoddek azob-uqubatdan iborat degan xulosaga kelgan. U 7 yil tarki dunyolikda yashagandan keyin “haqiqatga erishgan” va buni shahar qishloqlar bo’ylab targ’ib qila boshlagan. Gautama o’z taolimotining asosiy qoidalarini "4 oliy haqiqat" tusida bayon etgan. Uning shogirdlari Er yo’zida birinchi rohiblik (monaxlik) jamoasini tashkil etib, ular joylashgan xonaqohlar qurdirgan. Keyin Budda xaykallari o’rnatilgan hashamatli ibodatxonalar bunyod etilgan. Eramizning II-III asrlarida to’plangan Buddaning tarjimai xoli haqiqatdan ham bor bo’lgan targ’ibotchi haqidagi xotiralarga asoslanganmi yoki yo’qmi ekanligi dinshunoslikda hal qilingan emas. Biroq buddizmning birdan-bir "yaratuvchisi" emasligi shubhasiz.
    Dastlabki buddizmdagi bu dunyo o’tkinchi degan daovolvr butunlay asossizdir. Dunyo, olam abadiy. Faqat dunyodagi moddiy buyumlar, har bir odam o’tkinchidir. O’zi dunyoga vafo qilmaganlar bu bechora dunyoni bevafo deb daovo qiladilar. Bu asossiz daovo boshqa dinlarda ham bo’lgan.Buddizmdagi hikmatlar, haqiqat haqidagi baozi bilimlar foydalidir xolos.
    Bu din eramizdan oldingi 273-232 yillarda yashagan, hukmronlik qilgan imperator Ashoka davrida Hindistondan "shimoliy" mamlakatlarga tarqalgan. Sharqda, Yaponiya, Koreya, shimolda Markaziy Osiyoga, g’arbda Yaqin va O’rta Sharqqa tarqalgan. Buddizm Hindistondan keyin ko’proq Kushon podsholigida qaror topgan. Bu podsholik qadimgi dunyo quldorlik davlati bo’lib, uning rivojlangan davri eramizdan oldingi 1 asr oxiri va millodning 3 asri boshlariga to’g’ri keladi. Bu podsholik hozirgi Markaziy Osiyoning katta qismi, Pokiston, SHimoliy Hindiston va ehtimol hozirgi Uyg’ur avtonom respublikasi erlarini o’z doirasiga olgan. Bu podsholikda yashagan elatlar birgina buddizmga emas, zardushtiylik, hinduizimga ham eotiqod qilganlar.
    Kushon podsholigi o’rnida V-VI asrlarda eftalitlar davlati vujudga kelgan. Uning hududi Markaziy Osiyo, Afg’oniston, SHimoliy-SHarqiy Hindiston va SHarqiy Turkistonning bir qismidan iborat bo’lgan. VI asrning 2-yarmida turk xoqoni uni tor-mor qilgan. Bu davrda qadimgi mahalliy dinlar bilan birga zardushtiylik va buddizm, so’ngroq xristianlik ancha keng tarqalgan.
    Sho’rolar davrida Ayritom, Qora tepa, Dalvarzin tepa, Quva Zartepalarida arxeologiya ishlari tashkil etilganda bu erlarda zardushtiylarning otashxonalari. Buddaning sanam, katta va kichik xaykalchalari topilgan. Uy hayvonlarining haykalchalari, ramziy g’ildiraklar bor bo’lgan. Zarb etilgantangalar ortida turli xudolar-Quyosh,Olov, omad va maomurchilik xudolari va hakozolar tasvirlangan.
    Demak, Kushon va eftalitlar madaniyatida maojusiylik,fetishizm, otashparastlik, keyin buddaviylik diniy eotiqodlari tarqalgan. Buddizm Markaziy Osiyoda V-VIII asrlarda krizisga uchrab tarqalib ketgan.
    Xulosa shuki, buddizm milloddan avvalgi 1-ming yillik boshida vujudga kelib, Hinditonda qaror topgan. Hozirgacha uning bir ko’rinishi hinduizm davlat dini va hukmron mafkura hisoblanadi. Bu erdan Kushon podsholigi va eftalitlar davlati xududlarigacha tarqalib, ular tor-mor etilgach, parchalanib, o’rniga islom tarqatilgan; shundan so’ng uning ayrim asoratlari qolgan. Uning haykallari Markaziy Osiyoda yuqorida qayd qilingan tepalarda topilgan.
    Buddizm taolimotining asoslari uning Tripitaka nomli muqaddadas yozuvida bayon etilgan. Bu taolimotda salbiy, zararli, g’ayri ilmiy g’oyalar anchagina bor. Masalan, Buddaning daovosiga binoan har qanday borliq, har qanaqa shakldagi va ko’rinishdagi har bir hayot mavjudotlarga azob beradigan yomonlikdir. YOmonlik va azob-uqibatlarning sababi odamzotning va hamma tirik mavjudotlarning bu dunyoga, go’yo qayta tug’ilish dunyosiga bog’liqligi, unga ko’ngil qo’yganligi; garchi bu dunyo sezgilar vositasida xis etilsa-da asli hayoli dunyo deb targ’ib qilinadi.
    Dinshunoslik fani bu daovolarni tan olmaydi, ularni zararli deb hisoblaydi. Chunki oboektiv olam, ya’ni tabiyat va jamiyat birgina yomonlik emas, ularda ezgulik (yaxshilik) ham ko’p. Bular bir-biriga zid o’zaro kurashadi; bunda yomonlik, yovo’zlik chekinadi; yo’qotiladi, yangilari paydo bo’ladi; ular ham tor-mor bo’ladi, bo’lmasa oldi olinadi. Masalan, qurg’oqchilikka qarshi kanallar, chigirtkaga zid dorilar, sotsial kasalliklarga qarshi emlashlar, zilzilaga qarshi seysmik belbog’lar, vaxxobiylikka qarshi kurashlar, talabalarni yomon o’qishiga qarshi talabni kuchaytirish reytinglarga, qatoiy amal qilish va hakozolar joriy etilgan.
    Inson yomonlikka qarshi doim ziddi zaxar tayyorlagan va uni ishlatgan. Insonni qayta tug’ilishi haqidagi uydirmaga kelsak, u ham asossiz. Har bir odam bir marta tug’iladi. Buddizmda daovo etilganidek, boshqa tirik mavjudotlar, masalan maymun, cho’chqa qiyofasiga kirib qaytib kelmaydi. Bu daovoning zararini Dinshunoslik allaqachon fosh etgan. Bu fan xindilarni bu jonivorlar bizning ajdodlarimiz bo’lgan deb qishloq xo’jaligi zararkunandalarini yo’qotmasligi, ekin, mevalarni talab, eb yuboradigan maymunlarga qasrlar qurib berishi bu xalqning och, yarim yalong’och yashayotganligining kasofatidir. Baozi qavmlar sigirlar ekinlarini payxon qilsa, shox ko’chada yursa, yotsa, tezaklasa ham miq etmaydilar. Bu o’sha xalqning o’tmish dinlar taosiridan qutulmaganligidir. Buddistlar o’ylaganicha bu dunyo asli hayoliy dunyo emas; u real, haqiqiy, sevimli, ardoqli, inson uchun g’oyat kerakli, foydali adabiy dunyodir. Faqat giyoxvand, alkogolik, ovsar, muttaham, terroristlarga vafo qilmaydi. Xulosa shuki, buddizmning diniy taolimoti mazmuni o’z davrida xalqlar hayotiga muayyan darajada o’z taosirini ko’rsatgan. Bu din ham boshqalari kabi paydo bo’lishi bilanoq turli oqim, sekta, tarmoqlarga bo’linib ketgan. Turli mamlakatlarda turlicha nom bilan atalgan. Masalan, janubi-sharqiy mamlakatlarda himayana, shimoliy mintaqalarda mahayana, Xitoyda daosizm, Yaponiyada sintoizm, Tibetda lamaizm shular jumlasidandir.
    Butun buddizmga xos bo’lgan xususiyat uning ahloqiy-amaliy yo’naltirilganligidir; bu dinning o’zagini "to’rt olijanob haqiqat" haqidagi g’oyalarni targ’ib qilish tashkil etadi. Bulardan 1-azob-uqubat chekish; 2-chisi uning sabablari, 3-azob-uqubatdan xolos bo’lish; 4-azob-uqibatdan xolos bo’lishga olib boradigan yo’l. Buddizm taolimotining butun tizimi ana shu 4 qoidani tushuntirish va rivojlantirishdan, xususan ularda joylashgan shaxs avtonomligi, ya’ni qisman mustaqilligiga bag’ishlangan.
    Dinshunoslik nuqtai nazaridan haqiqat deb shahsning ongigiga, irodasiga bog’liq bo’lmagan, voqealikda qanday bo’lsa shunday holda inoikos ettiriladigan rost, chin, rad etib bo’lmaydigan hodisa va dalillarni aytiladi. SHuning uchun haqiqat oliyjanob bo’lmaydi; odam shunday bo’lishi mumkin. Azob chekish, uning sababi, undan xalos bo’lish, uni bartaraf qilish v.x. shaxs yoki ijtimoiy hodisalar bo’lib, ular haqiqatdan yiroq yoki unga yaqin, teskari ham bo’lishi mumkin. Azob chekish his-tuyg’uga tegishli; u suboektivdir; birov unga chidaydi, boshqasi faryod, isoyon ko’taradi. Haqiqat esa suboektiv emas, oboektiv bo’ladi, mavhum emas, real bo’ladi.
    Buddizmning ahloqiy meoyorlarida odam yovo’zlikka qarshi chiqmasligi, yuvosh, itoatkor, murosasiz bo’lishi kerak degan taolimot ham bor. Bu ham bizning falsafa, etikaga mos emas. Bular, jumladan Dinshunoslik yovo’zlikka qarshi ayovsiz kurashishni, uni yo’qotishni, aks holda u inson va jamiyatga battar zarar keltirishini isbotlagan. Daraxtning bo’shini qurt eydi, qovunning yaxshisini chiya bo’ri, o’zumning pishganini, o’rab qo’yilmasa ola qanot eydi degan hikmatlar bor. SHunday bo’lmasin uchun dushman bilan yo’zma-yo’z kelganda, qaynona xaddidan oshganda xujumkor, jasur, qo’rqmas, kurashchan bo’lishi kerak; itoatkorlikni chegarasi bor; undan oshsa rahbarlar nazar-pisand qilmaydi; murosasozlik yomon illat; u odamni qo’rqoq, qatoiyatsiz, kelishuvchan, loqayd, befarq qilib qo’yadi. Talabalar shiddatkor, qatoiyatli, jasur, printsipial, bir so’zli, murosasiz bo’lsinlar.
    Buddizmning ahloqiy g’oyalarda bilim, jumladan ahloqiy meoyorlar xudojo’ylikka xizmat qilishi kerak degan daovat ham bor. Bu daovat tahlil etilsa asossizligi maolum bo’ladi. Bilim, ayniqsa, ilm-fan jamiyat taraqqiyotiga, tabiatni insonga bo’ysundirishga, salbiy omillarni yo’qotishga shaxs, jumladan talaba kamolatiga xizmat qilishi shart; xudojo’ylikka esa diniy taolimot xizmat qilaversin. Lekin buddizning bilimlar azob-uqubatdan qutilishga xizmat qilishi zarur degan daovosi juda to’g’ri. Masalan, meditsina bilimlari hamma odamlar uchun suv bilan havodek zarur. Xulosa shuki, buddizm taolimotida ijobiy jihatlardan ko’ra salbiy, g’oyat ko’xna,. g’ayriilmiy daovat, nasixat, tavsiyalar va o’rinsiz cheklash, asossiz taoqiqlashlar ustunroqdir. Shuning uchun bu din tez parchalanib ketgan.
    Buddizmning muqaddas yozuvi Tripitaka eramizdan oldingi 1-ming yillikda bitilgani uchun zamonlar o’tishi, Hindistonda har xil o’zgarishlar yo’z berishi natijasida talabga javob bermay qolgan; buddistlar orasida ziddiyatlar, xatto konfliktlar yo’zaga kelgan. Buddizm Hindistonda Kushon podshoxligi davrida ravnaq topib, keyin uning taosiri kamayib, o’zi bo’linib, o’z o’rnini hinduizmga bo’shatib bergan. XII asrga kelganda bu o’lkada deyarli yo’qolib, boshqa mamlakatlarga kengroq yoyilgan. Buddizm orasida boshqa jaxon dinlaridagi kabi ko’plab oqim va sektorlarning kurashi hamisha yo’z berib turgan. Buddizmning himayana, mahayana degan yirik shakllari keng tarqalgan. Tibetda esa XIV-XVI asrlarda lamaizm shakllangan. Xitoyda boshqasi bo’lgan.
    XX asr o’rtalariga kelib buddizm G’arbiy Evropa mamlakatlarida ommalashib ketgan. Bu asrning oxirlari 80-90 yillarda neobuddizm va metabuddizmning bir qancha oqimlari paydo bo’lgan. Hozirgi davrda Osiyoning o’zida saqlanib qolgan mintaqaviy shakllarining uyushmalari ijtimoiy hayotga, siyosatga aralashib, goh ijobiy, goh salbiy rol o’ynamoqda. endi yaxlit buddizm yo’q, mintaqaviylari qolgan. Buddizmning bir qanoti Evropaga o’tgan.
    Hindistonning ingliz mustamlakasi sirtmog’idan chiqishi uchun olib borilgan milliy-ozodlik xarakatida hinduizm, himayana, mahayana oqimlari muhim siyosiy rol o’ynaganlar. Bularning salbiy roli shundaki, ular vastachilik guruxbozlikni kuchaytirib, hind xalqi qavm, tabaqalar orasiga nifoq solmoqda; musulmonlar bilan hindiylar orasida nizolar keltirib chiqarmoqdalar. YAponiyada birmuncha muotadil, yuvvosh, radikal emas, biroq imperator parast sintoizm hukmron. Lamaizm esa Tibetda, Buryatiya, Tuva, Altayda keng tarqalgan.

    Download 21.25 Kb.
      1   2




    Download 21.25 Kb.