O’zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi




Download 21.25 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2024
Hajmi21.25 Kb.
#162163
1   2
Bog'liq
Buddaviylik dini
1 TOPSHIRIQ, IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLARGA TA\'SIRI, ТАШКЕНТ - СТОЛИЦА УЗБЕКИСТАНА, mustaqil ishi Oromov Siroj, Internet 60 uz 18 11 2022, ISTISNOLARNI BOSHQARISH, qurilish mashinalari, 4dqeEKFa0jTzGOE0-G6Tjo8TlsvX5qup, boshlang-ich-ta-limda-sinfdan-tashqari-darslarni-tashkil-etish-metodikasi-va-ularning-ahamiyati, Ms excel’da makrobuyruqlar [makroslar]-fayllar.org, ABDURASHIDOVA MAFTUNA ERKIN QIZI, BIOMAROMLAR VA TIRIK ORGANIZMLARNING HAYOTIY SHAKLLARI. VAQT EKOLOGIK OMILI, IJTIMOIY PEDAGOGNING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR BILANISH YURITISH, 9 imtihon, 109 tishli gildiraklarni tayyorlash texnologiyasi-fayllar.org
2.O’zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi.
Miloddan avvalgi III-I asrlarda buddaviylik hindiston hududidan chiqib janubi-sharqiy yo’nalish bo’yicha xinayana ta’limoti shaklida yoyilgan. Lekin milodning boshlarida shimolga, shimoli-g’arbga hamda shimoli-sharqqa maxayana tarzida harakat qildi. Buni sababi bir necha asrlar mobaynida SHimoliy Hindiston, O’rta va Markaziy Osiyo xududlarining yagona Kushon saltanati bayrog’i ostida birlashtirilishi bo’ldi. Aynan Markaziy Osiyo orqali buddaviylik O’zoq SHarqqa kirib ikkinchi hayotini boshladi.
O’rta Osiyoda buddaviylikka tegishli juda ko’plab tarixiy obidalar topilgan. Ular orasida Fayoz-tepadan topilgan bu dinga tegishli kompleks eng yirigi hisoblanadi. U erdan chiqqan diniy bitiklar, haykallar bilan birga topilgan ibodatxonaning hududi ancha katta joyni egallagan.
1926 yilda A.S. Strelkov tomonidan aniqlangan Eski Termizning sharqidagi «Zurmala minorasi» O’rta Osiyo territoriyasidagi birinchi ochilgan, ahamiyatga molik bo’lgan buddaviy inshootdir. Eski Termizdan topilgan Qora-Tepa buddaviy kompleksi milodning I asri Kushon saltanatining gullagan davriga to’g’ri keladi. Qora-tepadagi har bir inshoot er ustki va g’or ichida joylashgan - ibodatxona, saroy, bir xizmatchi - monax uchun moslashtirilgan hujradan iborat. Dalvarzin - tepa kompleksi 1967-68 yillarda qazib ochilgan bo’lib, Termiz yaqinidagi Surxon vohasining o’rta qismida joylashib G.A. Pugachenkova va B.A. Turgunov boshchiligidagi O’zbekiston san’atshunoslik akademiyasi tomonidan ochildi Dalvarzintepada topilgan buddaviylik kompleksi bu din ta’limoti Kushon saltanatining shimoliy viloyatlarida milodning I asrida yoyilganligini ko’rsatadi.
Janubiy O’zbekistonda joylashgan Baqtriya - Toxaristonning shimoliy qismida 60-yillarning yarmidan 80-yillargacha buddaviy inshootlarning ettitasi aniqlanib o’rganildi. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan buddaviylikka tegishli Janubiy Tojikistondagi Ajina-tepa, Kofir qal’adagi kichik ibodatxona, Јalai-Kofirnigon ibodatxonasi, Ayritom kompleksi, Turkmanistonning janubi-sharqida hozirgi ma’muriy markaz Marvdan 30 km o’zoqlikda joylagan Govr qal’a kompleksi, Farg’ona vodiysida joylashgan Quvadagi ibodatxona kabi ko’plab yodgorliklar ushbu dinning mazkur mintaqadagi tarixi haqida xabar beradi.
O’rta Osiyoning Marv, Balx, Termiz, Sug’d, Quva, Koson, Samarqand va Buxoro kabi shaharlari, viloyatlari buddachilik ta’limoti va marosimlarini ishlab chiqishda, boshqa o’lkalar, mamlakatlarda targ’ib va tashviq etishda, eng muhimi, buddachilikning hozirgi zamonning ilg’or jahon dinlaridan biriga aylanishda favqulodda ahamiyatga ega markazlari bo’lgan. Buddaviylikning tarqalishida O’rta Osiyoning g’arbdagi Parfiya, Baqtriya, Sug’d kabi viloyatlari muhim ahamiyat kasb etganliklari Xitoy yozma manbalarida ta’kidlanadi. Bu ma’lumotlarni A.Pelo, E.SHavan, G.Mospero, O.Frank, E.Syurxer hamda boshqa g’arb, xitoy va yapon olimlari o’z ishlarida tilga olib o’tganlar.
So’g’d viloyati Xitoy bilan savdo-sotiq hamda madaniy aloqalarni o’rnatishda ahamiyatli rol o’ynagan. Sug’dliklar Xitoyda buddaviylikni yoyishda juda muhim o’rin egallaydilar. Biroq Sug’dda buddaviylikning keng yoyilganligi masalasi haligacha ochiq qolmoqda. To’g’ri, hozirga qadar bu erda buddaviylikka oid ba’zi haykalchalar, Sanzordagi buddaviylik ibodatxonasi, Samarqand yaqinida Budda haykalining boshi topilgani ma’lum. Ammo bu topilmalar ushbu hududda bu din keng tarqalgan degan xulosani chiqarishga etarli emas. Surxondaryo Toxiristonidan chiqqan buddaviylikning yirik namoyandalaridan biri – Tanmonantidir (yoki Dxarmanandin). U yoshligidayoq tarkidunyochilik yo’lini tutib, o’zlatga chekingan. U yosh bo’lsada, aqli juda o’tkir bo’lib, sutralarni o’rgangan va yoddan aytib yurgan, bunga o’zining butun borlig’ini bag’ishlagan. U Tripitakani to’la o’zlashtirgan. Dxarmanandinning ilmdagi salohiyati chuqur va benihoya edi. U o’z vatanida ham, boshqa o’zoq erlarda ham katta obro’ga ega bo’lgan. 365-385 yillarda Dxarmanandin Xitoyning Chan’an viloyatiga (Sutralarni o’zi bilan olib) Budda ta’limotini targ’ib etgani va ibodatxonalar, vagn va vixaralar qurgani kelgan. Imperator Fu Szyanya Xitoydagi barcha avliyolar Dxarmanadinga ko’rsatilayotgan izzat-hurmatni ko’rib, uni juda oliy maqom bilan kutib oladi va tortiqlar beradi. Xitoyda bu paytda buddaviylik ancha keng tarqalganiga qaramay, 4 qismli «Agama - Sutra»lardan birortasi ham hali xitoy tiliga tarjima etilmagandi. Imperator Fu Szyanyanning maslahatchisi va Uvey tumani xokimi CHjao CHjen Dxarmanandindan ana shu sutralarni tarjima qilib berishini so’rash niyatida edi. CHjao CHjen barcha avliyolar va Dxarmanandinni o’z poytaxtiga taklif etib, «Agama-Sutra»larning ikkitasini - CHjun va Szen hamda mustaqil asarlar sanalgan Pi tan Sin, San fa du va boshqa asarlarni tarjima etish, sharhlab berish va e’lon etishni iltimos qiladi. Dxarmanandin bu ishga 2 yil rahbarlik qilib, ishini muvafaqqiyatli nihoyasiga etkazgan. So’ngra o’z vataniga qaytgan. Qachon va qaerda vafot etganligi to’g’risidagi ma’lumotlar bizgacha etib kelmagan.
Turkiy halqlar butun Osiyoni,Xitoy va O’zoq Sharqni nafaqat qilich va ot kuchi bilan zabt etishgan, balki o’sha davrda mavjud bo’lgan diniy-falsafiy ta’limotlar, madaniyat, insonparvarlik sohasida ham etakchilik qilganlar. O’zlaridan boshqa xalqlarni «varvarlar» deb atagan kalondimog’ qadimgi Xitoy siyosatchilari ham bu jihatlardan ularni tan olishga majbur bo’lganlar. Buddaviylikning asosiy yo’nalishlaridan biri Xinayana yo’nalishidir. Xinayana «kichik g’ildirak» ma’nosini anglatib, u rasmiy diniy yo’nalish sifatida mil. av. I asrlarda shakllangan. Biroq uning asosiy qoidalari ancha avval, shu jumladan, Tripitakada bayon qilingan.
Xinayana ta’kidlashicha, dxarmalar tabiatini o’rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo’l bilan bo’ladi. Bu yo’l juda og’ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Keyinchalik xinayanada juda ham murakkab va dabdabali ibodatlar (masalan, «Budda tishiga sig’inish»), buddaviylikning muqaddas joylariga ommaviy ziyoratlar joriy qilingan. Bu yo’nalish sharqiy Hindistonda, SHri-Lanka, hindi-xitoy davlatlarida tarqalgan.



.
Download 21.25 Kb.
1   2




Download 21.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi

Download 21.25 Kb.