Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili




Download 21.65 Kb.
Sana28.09.2023
Hajmi21.65 Kb.
#85152
Bog'liq
BIOMAROMLAR VA TIRIK ORGANIZMLARNING HAYOTIY SHAKLLARI. VAQT EKOLOGIK OMILI
1 TOPSHIRIQ, IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLARGA TA\'SIRI, ТАШКЕНТ - СТОЛИЦА УЗБЕКИСТАНА, mustaqil ishi Oromov Siroj, Internet 60 uz 18 11 2022, ISTISNOLARNI BOSHQARISH, qurilish mashinalari, 4dqeEKFa0jTzGOE0-G6Tjo8TlsvX5qup, boshlang-ich-ta-limda-sinfdan-tashqari-darslarni-tashkil-etish-metodikasi-va-ularning-ahamiyati, Ms excel’da makrobuyruqlar [makroslar]-fayllar.org, ABDURASHIDOVA MAFTUNA ERKIN QIZI, IJTIMOIY PEDAGOGNING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR BILANISH YURITISH, 9 imtihon, 109 tishli gildiraklarni tayyorlash texnologiyasi-fayllar.org

BIOMAROMLAR VA TIRIK ORGANIZMLARNING HAYOTIY SHAKLLARI. VAQT EKOLOGIK OMILI
Reja:



  1. Ekologik vakt omili

  2. Usimlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar

  3. O‘simlik va hayvonlardagi mavsumiy uzgarishlar

Ekologik vakt omili: .Tabiatdagi barcha tirik organizmlar ma’lum muhit sharoitlarida hayot kechiradilar. Tashqi muhit bilan jonli organizmlar o‘rtasida doimiy ravishda modda almashinuvi sodir bo‘lib turadi, bu esa organizmlarning hayotiy faoliyatini saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Jonli tabiatning fundamental xususiyatlaridan biri, undagi hayotiy jarayonlarning davriyligi bilan tavsiflanadi.


Ichki davriylik. Bu organizmlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlardir. Tirik organizmlarda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uzluksiz davom etmaydi.Tashqi (ekzogen) ritmlar. Tabiatda doimiy ravishda takrorlanib turadigan ana shunday muhim o‘zgarishlar jumlasiga, avvalo, Yerning quyosh atrofida, oyning esa yer va o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadigan mavsumiy hamda sutkalik davriylik kiradi.
2 O’simlik va hayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar:
Sutkalik ritmlar — yerning‘ o‘z o‘qi atrofida harakatlanishi natijasida hosil bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari kompleksining qonuniy almashinib turishiga javoban organizmlarning o‘ziga xos adaptatsiyasidir. Sutkalik davriylikning xususiyati tinch holat va faol faoliyat davrining navbatlanib turishidan iborat. Ayrim tirik organizmlarda faol faoliyat kunning yorug‘ vaqtiga to‘g‘ri kelsa, boshqa jonli . individlarda kechkurunga to‘g‘ri keladi.
Ayrim turlarning faol faoliyati sutkaning ma’lum paytlariga to‘g‘ri keladi, boshqalarida sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Masalan, shafran o‘simligi gulining ochilishi haroratga bog‘liq. Kungaboqar o‘simligining savatchasi esa bulutli kunlarda ochilmaydi. Cho‘l zonasida tarqalgan hayvonlarning faol faoliyatlari sutkaning har xil vaqtiga to‘g‘ri keladi, bu asosan shu yerdagi harorat va namlik bilan bog‘liqdir.
Fasllar bo‘yicha o‘zgaruvchanlik organizmlarning fiziologik holatida va xulq-atvorida chuqur o‘zgarishlar sodish bo‘lishiga sababchi bo‘ladi, xuddi shuningdek, ularning hayotiy sikllarida va morfologik tuzilishlarida katta siljishlarning hosil bo‘lishiga olib keladi.
Tashqi muhit qancha tez o‘zgarsa, tirik organizmlar hayotiy faoliyatining yillik davriyligi shunchalik kuchli bo‘ladi. Masalan, kuzda o‘simliklar bargining to‘kilishi, zaxira yog‘larning hosil qilinishi, ko‘chish (migraiiya) va hokazolar. Bunday davriylik faqatgina iqlim sharoitlari mo‘tadil va sovuq bo‘lgan mamlakatlar uchun xosdir.
O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishida Fotodavriylikning roli. Muhit sharoitining davriy o‘zgarishi natijasida o‘simliklar va hayvonlarning fiziologik holatida yil bo‘yicha katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Agar tirik organizmlar yil davrlariga moslashmasa, ular nobud bo‘lishi mumkin. Masalan, tinim bosqichlari qishgacha shakllanib bo‘lsa, individlar nobud bo‘ladi.
Shu narsa ma’lumki, yorug‘ kunlarning uzunligi yil faslidan tashqari, joyning geografik o‘rniga ham bog‘liqdir. Qisqa kunli turlar asosan past kenglikda o‘sadi va yashaydi, uzun kunli turlar esa mo‘tadil va yuqori kenglikda o‘sadi va rivojlanadi. Keng areallarga ega bo‘lgan shimoliy individlar va fotodavriylik xili bilan janubiy individlardan farq qiladi, Shunday qilib, fotodavriylik xili bu turlarning muntazam xususiyati bo‘lmay, balki ekologik xususiyatidir.
Hozirgi davrda insoniyat oldida turgan eng dolzarb ekologik muammo kun sayin ifloslanib borayotgan hayotiy muhitlarimizning ifloslanishini bartaraf etib, ularning barqaror muhofazasini ta'minlashdir. Bu, o'z navbatida, samarali chora-tadbirlarni ko'rishni taqoza etadi. Sunday vazifani bajaruvchi har bir kishi, avvalambor, atrof-muhit va ular tarkibidagi barcha hayotiy omillarga oid ekologik ilmiy tushuncha va qonuniyatlarni chuqur anglab olishlari zarur.
Shu kungi ekologik muammolarning kelib chiqishi negizida, asosan, tabiatga antropogen ta'sir yotadi. Bunday ta'sir, oldin aytib o'tilgandek, fan-texnika rivoji va buning natijasida, xususan XX asrda, barcha tabiiy manbalardan jadal sur'atda foydalanib, atrof-muhitga turli xil: gaz, suyuq va qattiq, ko'p hollarda, o'ta qizigan ham zaharli moddalar chiqarib yuborilishi oqibatidir. Bu, nafaqat insonlarning tabiatga befarqligi, shuningdek, atrof-muhit bilan bog'liq ekologik ilmiy ma'lumotlarning tub mohiyatini bilmasligidan darak beradi.
«Ekologiya» atamasi, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra, kishilik jamiyatining tabiiy manbalardan foydalanishda zarur bo'lgan munosabatlarning chuqur ilmiy-amaliy asoslarini mujassatnlaydi. Ekologiya, oldin bayon qilganimizdek, tabiat -jamiyat munosabatlarini har tomonlama tahlil va tadqiq qiladi, ilmiy asoslaydi. Uning ob'ektlari xususida gap borganda, birinchi galda, biosferani tashkil etuvchi alohida olingan biologik turlar, jumladan, o'simlik va hayvonlar, ularning har biriga oid populyatsiyalarni ko'rsatib o'tmoq kerak. Qisqasi, butun biosfera -Yer jonli qobig'idagi har bir tirik organizmni o'rganib, ularga xos xislat va xususiyatlarni anglab olish zarur.
Doim tabiatda tirik organizm va atrbf-muhit o'rtasida modda — energiya almashinish jarayonlari bo'lib turishi aytib o'tildi. Bu haqda yuqorida kerakli ma'lumotlar bayon qilindi. Faqat shuni qayd etamizki, Yer sathining turli mintaqa va hududlarida bu o'ziga xos tarzda va darajada amalga oshadi. Bunga sabab suv muhiti (dengiz-okean), havo muhiti yoki litosfera bir-biridan keskin farqlanadi. Ushbu masalaning umumiy tomoni shundan iboratki, tabiatdagi har bir tur organizm o'z tashqi muhitiga ta'sir ko'rsatadi. Aynan ana shunday holatdan kelib chiqib ham tabiatda xilma-xillik va rang-baranglik mavjud.
Ekologiyaning nazariy asoslarini ilmiy talqin etganda, albatta, Yer sayyorasidagi 4 ta asosiy hayotiy muhitlarning (suv, tuproq, havo va tirik organizmlar majmui, ular haqida 2-mavzuda batafsil ma'lumot berilgan) har birini alohida nazarda tutib. fikr yuritmoq maqsadga muvofiq. Organizmlarning tasliqi muhitga moslashishi deganda, o'simliklar va hayvonlarning har bir biologik turini suv, havo va tuprog'u-zaminiga moslashishni tushunmoq kerak. Inson uchun esa, qayd etmoq kerak, biosferaning o'zi eng muhim muhit hisoblanadi.
Suv - ko'plab turdagi tirik Organizmlarning yashash muhiti bo’lishi bilan birga insoniyat uchun eng zaruriy hayotiy omillardan. Bundan tashqari, suv yer tabiiy iqlim sharoiti, ob-havo va hokazolar vositasi hamdir.
Barcha suv havzalarini alohida olib qaralsa, suvda yashaydigan tirik organizmlarning bari o'zlarining hayot-faoliyati uchun zarur bo'lgan oziqa moddalar, gazlar va bevosita suvni o'zlashtiradi. Mavjud organizmlar tegishli suv manbai tarkibi va fizik-kimyoviy xossa ko'rsatkichlariga moslashgan bo'ladi. Buni ularning hayot ramzi: harakatlanishi, nafas olishlari, oziqlanishi va ko'payishlaridan yaqqol ko'rish mumkin. Shu mavzuga oid boshqa ma'lumotlar keyingi mavzularda beriladi.
Kurrai-zaminning uzoq geologik davrlar davomida, evolyutsion tarzda, shakllana borishda tirik organizmlar suvli muhitdan keyin, turli Yer hududi xilma-xilligidan qat'iy nazar, havo muhiti va quruqlikka moslashib rivojlangan. So'zsiz, bunda ham mavjud muhitga mosJashish jarayonlari amalga oshgan. Har bir mintaqa va hududda yashaydigan tirik organizmlar turi va ularning sifat - rniqdor ko'rsatkichlariga havo muhitining tarkib-tuzilmasi va sifatining ham ta'sir ko'rsatgani aniq. Masalan, ba'zi hududlar havosi quruq va yuqori haroratli (cho'l-sahro va b.) bo'lsa, boshqa joylarda nisbatan past harorat va namli havo bo'lishini inkor etib bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, yana turli hududlarda havo bosimi ham o'zgacha bo'lishi muqarrar.
Shu narsani ham nazarda tutmoq kerakki, suvga qaraganda, havo massasining tarkib -- tuzilmasi, zichligi, bosimi bir-biridan keskin farqlanadi. Shunday holatdan kelib chiqib, havodan bevosita bahramand bo'ladigan jonzotfar turlari, ularning harakatlanishi, xilma-xil hayot faoliyati va boshqa ko'rsatkichlariga ko'ra, suvli muhit organizmlaridan boshqacha bo'ladi. Xususan, sudraluvchi, uchadigan, sakraydigan, yuguradigan va hokazo tirik organizmlar xilma-xilligi ham kuzatilishi mumkin.
Havo qatlami (atmosfera)da ham tirik organizm (masalan, ba'zi ko'z ilg'amas juda mayda jonzot-bakteriya) lar makon topganligi yuqorida ko'rsatib o'tildi. Shuni ham ta'kidlash joizki, yuqoridagilardan tashqari, havo oqimi turli o'simlik urug'lari va mikroorganizmlarni, shuningdek, suv bug'larini Yerning turli hududlariga tarqatish bilan birga har xil iqlim, ob-havo sharoitlarini namoyon bo'Iishida muhim vosita hamdir. Yanada to'laroq fikr-mulohazalar keyinroq bayon etiladi.
Yer sayyorasining yuza sathi qatlami (litosfera) o'ziga xos ko'plab organizmlar uchun yashash makoni bo'lishi bilan birga, turli xil mineral jins va qazilma boyliklarni o'zida tutadi. Qator mineral moddalarning hosil bo'Iishida, jumladan, tuproq hosil bo'Iishida ham qator jonzot bakteriyalar faoliyat ko'rsatishini bilib qo'yish kerak.
Tahlil va tadqiqotlar natijasiga ko'ra, tuproq muhiti, aniqrog'i, yer yuza qatlamidagi hayotiy unsurlar nihoyatda xilma-xil. Masalan, ayrim tur organizmlar hayot faoliyati faqat tuproq ichida o'tsa, boshqalariniki tuproq yuzasida kechadi. Qayd etmoq kerakki, tuproq tarkibidagi jonzotlar ham bir-birlaridan farqlanadigan sharoitlarda, ya'ni kisIorodli (aerob), kislorodsiz — zich mineral qatlamlar (anaerob) sharoitlarda yashashlari mumkin.
Yer osti qatlamlari orasida turli tarkib va sifetli suvlar, mineral boyliklar (gaz, ko'mir, neft va hokazo) bo'lishi ko'pchilikka yaxshi ayon. Ularning tarkibida ham qator jonzotlar yashaydi. Xullas, litosfera muhiti xilma-xil organizmlar uchun hayot faoliyat makoni hisoblanadi. Birgina yer usti — tuproqlarni olib ko'rsak, ular xilma-xil o'simliklar, mevali va mevasiz daraxtlar uchun ham muhim hayotiy muhit hisoblanadi. Bu borada boshqa qo'shimcha ma'lumotlarni keyingi saboqlardan ham o'qib olish mumkin.
Yer bioqobig'i -- tirik organizmlar majmuining o'zi, qator hayvonlar ham odamzot uchun muhim hayotiy muhit hisoblanadi. Yanada aniqroq aytilsa, bir turdagi organizmlar boshqa turdagilar uchun asosiy hayotiy omil sifatida xizmat qiladi. Misol sifatida, ko'plab o'simlik va hayvonlar tanasida har xil microorga-nizmlar yashashini ko'rsatish mumkin. Biroq bu kabi organizmlar o'z tarkib-tuzilmasi bilan ochiq muhit (suv, havo, tuproq va b.) lardagi erkin yashovchi turlardan keskin farqlanadi. Ular «parazitik hayoti» tufayli ko'p tizimli organlariga ega emas. Bunday vazifani, odatda, muhit rolini o'tovchi xo'jayin o'simlik yoki hayvonning tanasi o'taydi. Shuning uchun ham parazit unsurlarning ko'payishi, rivojlanishi, hatto, o'ziga xos ekotizim barpo etishi ham aniq. Tabiatdan juda ko'plab bunga isbotu-dalillar keltirish mumkin.
Tirik organizmlarning atrof- muhitga moslashishi. Har qanday turdagi tirik organizm muayyan tashqi muhitga moslashishi tufayli yashaydi va doim mavjuddir. Tashqi muhit o'zgarsa, so'zsiz, unga moslashgan jonli unsurlargina hayotini davom ettiradi, moslasha olmagani qirilib ketadi. Lekin aksariyat organizmlar kuchli moslashish xususiyatiga ega. Bu tolerantlik deyiladi («Tolerantlik» - yunoncha so'z bo'lib, chidamlilik ma'nosiga ega). Demak, har bir tirik organizm yashash muhiti va sharoitini o'zgarishiga qarab, chidamlik xususiyatiga ham ega ekan.Yashash sharoiti, umuman, atrof-muhit o'zgarishi bilan, odatda, unga xos ko'rsatkichlarda amalga oshadigan biokimyoviy tabiiy jarayonlarning borishi ramzi ham o'zgaradi. Xususan, ularning amalga oshish tezligi va darajasi boshqacha tarzda bo'ladi. Misol keltirilsa, ko'pchilik o'simliklarning o'sish tezligi va bar tomonlama mukammal bo'lishi ular uchun zarur bo'lgan suv, oziqa moddalar, shu jumladan, karbonat angidrid gazi, azot, kaliy, temir kabi mikroelementlar, hamda mineral va organik o'g'itlarning tuproqdagi miqdorlariga ham bog'liq.Keng miqyosda tolerantlikka ega bo'lgan organizmlar turining nomi oldiga «e v r i» qo'shimchasi qo'shib o'qiladi. Bunga quyidagilarni misol qilib ko'rsatish mumkin: Evribiont — har xil muhit — sharoitlarda yashashga moslashgan tirik jonzot, mavjud omillarga qarab turlicha nomlanadi. Masalan, haroratga moslashgani e v r i t e r m, namlikka — evrigidrid, sho'rlanishga - e v r i gal va hokazo.Muayyan omilning nisbatan qisqa qiymat yoki doirada o'zgarishiga moslasha oladigan bioturga s t e n о qo'shimchasi qo'shib o'qiladi: stenobiont - o'z hayot faoliyati uchun ma'lum shart-sharoit talab etadigan tirik organizm. Xuddi shuningdek, stenoterm. stenogidrid. stenogal va stenofaglarning ham har bin, tegishli holda, harorat, namlik, sho'rlik va muayyan oziqa moddasi bilan oziq-lanishga moslashgan organizmlar hisoblanadi.Shuni alohida ta'kidlash ham joizki, biror tashqi omilga nisbatan u yoki bu turdagi organizmlarning keng doirada moslashishi boshqa omillarga ham xuddi shunday moslashishga qodir degani emas. Muayyan o'simlik turi haroratga nisbatan evriterm bo'lishi mumkin (masalan, cho'ldagi saksovul). Lekin boshqa omil ta'sirida o'zgarishga uchrashi ham mumkin. Shuningdek, xonbaliq kabi boshqa bir tur jonzotni stenoterm va har xil oziqa moddalarga moslashganmi evrifag deb yuritiladi.Aniq bir turdagi organizm o'z hayoti davomida har xil sharoitga tushib tole-rantlik xususiyatini namoyon etishi mumkin. Masalan, paxta g'o'zasining o'sib yetilish mavsumi (vegetatsiyasi) davrida 14-16 °S dan harorat 38°S gacha o'zgarishi g'o'za o'sishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Lekin saratonda, ayniqsa, iyun oyi oxiri, iyul hamda avgust boshlarida havo harorati 38°S dan ortiq bo'lishi ham ko'p kuzatiladi. G'o'za o'simligi misolida, harorat ko'tarilib ketgan sharoitda ham o'simlik rivojlanishda davom etib, hatto, ancha yuqori haroratga bardosh bera olish xususiyatiga ega. Demak, g'o'za yuqori harorat bo'lgan sharoitga oson moslashadigan o'simlik ekan. Faqat o'z vaqtida sug'orilib turilsa, bas. Bunday moslashishni — tolerantlik chizig'ining o'zgarishidan ham kuzatish mumkin. Tolerantlik chizig'ining siljishi, organizmni moslashishini xarakterlaydi degan xulosani chiqarsa bo'ladi.Moslashish (adaptatsiya) - tirik organizmning tuzilishi, bajaradigan vazifasi va xossalarining tegishli shart-sharoitga hayot faoliyatining muvoftqligidir. Ta'kidlash joizki, moslashishning m о r f о 1 о g i k, f i z i о I о g i k va x u l q- a t v о r 1 i turlari ham mavjud.Morfologik moslashishlarga. misol sifatida, suv muhitda yashaydigan tirik organizmlarning suv oqimi qarshiligini engib, harakatlanishga mos tarzda, tanatuzilishi va doim suvda muallaq (osilgan) holda yashashiga qodirligini ko'rsatish mumkin. Shuningdek, o'simliklar olamida, masalan, cho'l sharoitida suvni oz sarflashga moslashish bo'yicha saksovul, shuningdek yantoq barglari o'lchamining nisbatan kichik bo'lishi yoki butunlay bo'lmasligini ko'rsatsa to'g'ri bo'ladi.Fiziologik moslashishlarga misol qilib, hayvonlar organizmlarida oziqa moddalar tarkibiga ko'ra, ovqat xazm qilish davrida ma'lum ferment (biokatalizator) turlarining ishtiroki yoki cho'l sharoitida yashaydigan hayvonlarning suvga bo'lgan ehtiyojini qondirish xislati o'zidagi yog'larning parchalanishi evaziga bo'lishi kabilarni ko'rsatish mumkin.
Yer uz uki atrofida garbdan sharkka tomon yoki shimoliy kutb tomondan karaganda soat strelkasiga xarakati yunalishga teskari tomonga aylanadi. Uzi atrofida aylanish vakti sutka kuyoshga va yulduzlarga karab aylanishi mumkin.
Yer kuyosh atrofida uz uki atrofida aylangan yunalishda aylanganidan kuyosh sutkalari Yerning atrofida tulik aylanib chikishi uchun ketgan vaktdan salgina uzun buladi. Yerning uz uki atrofida tulik aylanib chikish muayyan joy mYeridianidan yulduzning ketma ket ikki marta utishi orasidagi vakt bilan aniklanadi.
Yer shari sutkalik aylanishining geografik axamiyati nixoyatda katta. YYerning kuyosh radiaciyasi mavjud fazoda aylanishi uning sharsimon shaklda ekanligi bilan birga tabiatning zonal bulishiga olib keladi. Yer uzi uki atrofida aylanishi Yer yuzasining kuyosh nuri ta’sirida xayot uchun kulay ravishda isib va sovib turishga sabab buladi.Yer yuzasining Kuyosh yoritib turgan tamoni kun davomida muvtadil isiydi tun da esa soy tomon mu’tadil sovi ydi.
Yerning uz uki atrofida aylanishi natijasida ikkita doimiy nukta kutub xosil buladi .Bu xol sharda kardinatalar turini yashashga ya’ni meridianlar va paralellar ekvator utkazishga imkon beradi. Kutblarni tutishini tutashtiruvchi sharlar chiziklar mYeridian deyiladi. MYeridian tekisligi gorizont tekisligiga tik buladi. Bu ikkala chizik kesishgan chizik tush chizigi deyiladi. Bosh mYeridianni aniklash uchun tabiiy bir belgi yuk. Shu sababli mYeridianning biri shartli ravishda bosh mYeridian deb kabul kilingan.
YYerning uz uki atrofida aylanishi asosiy vakt birligi bulgan sutkani xosil kiladi va sutkani ikki asosiy kismga tun va kunga ajratiladi.
Sutka organik dunyo evolyuciyasi jarayonida usimlik va xayvonlarning fizialogik faoliyati moslashib kolgan vakt birligidir. evolyuciya jarayoni davomida ichki biologik soat sutkaga moslashgan organizmlar tabiiy tanlanib kolgan.
Insonning xujalik faoliyati ta’sirida atmosfera xavosi ifloslanib uning gaz tarkibida uzgarishlarining ruy berishi iklimning global masshtabda uzgarishga olib kelmokda. Atmosfera xavosi tarkibida zararli gazlarning eng avval karbonot angidridi mikdorining kupayishi natijasida paranik effekt vujudga keladi. Bunda SO2 gazi kuyoshning kiska tulkinli nurlarini bemalol Yer yuzasiga utkazib yuboradi, aksincha Yer yuzasidan koinotga tarkaladigan uzun tulkinli nurlanish ushlab koladi natijada sayyoramiz yuzasidagi xavoning urtacha xarorati ortib boradi. Olimlardan M.I. Budinkovning va AmYerika olimlari fikriga kura atmosfera tarkibida antropogen omillar ta’sirida SO2 gazi mikdorining ortib borishi natijasida 2001 yilga borib Yer yuzasi xavosining urtacha xarorati 0,5 0 isiydi. Agar atmosfera ifloslanishining oldini olinmasa 50 yildan sung AmYerikalik olimlarning bashoratiga kura sayyoramiz xarorati 1,5 -4,50 S isish mumkin. Natijada muzliklar Yerib okean suvlari kutarilib kurukliklarning bir kismini suv bosadi. Zonalarning chegarasi va tabiati uzgaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Yu. Shodimetov “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” Toshkent 1994 yil

  2. Vernadskiy “Biosfera” Moskva 1967 yil

  3. G.A.Novikov “Osnova obshey ekologii i oxrana prirodi”.

  4. A.Xo`jaxonov “Atrof muhitni muhofaza qiling” Toshkent “Ibn Sino” 1985 yil

  5. P. Baratov “Yer bo`limi va o`lkashunoslik” Toshkent “O`qituvchi” 1990 yil

  6. www.ziyonet.uz

Download 21.65 Kb.




Download 21.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili

Download 21.65 Kb.