|
Rekreatsiya va turizm geografiyasi
|
bet | 22/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIKsiyosiy omillar, ikki davlat o’rtasidagi munosabat, shartnomalar, tovar va turist almashish va davlatda barqarorlik;
iqtisodiy omillar, turistik tashkilotlar, infrastrukturaning sifati, iqtisodiy engilliklar, moliyaviy investitsiyalar, bank ssudalari;
tabiiy omillar, tarixiy va arxeologik inshootlar, daryo, dengiz va kullar, er osti davolovchi suvlar, toglardagi chiroyli manzaralar;
ilmiy-texnik omillar, zamonaviy xizmat ko’rsatish yullari va usullari, yangicha texnika va texnologiyalar, ilmiy tajribalar; yangi turistik menejment, marketing bilimlari, turistlarga maxsus ma’ruza matnlarining mavjudligi va h.k.z.
Insoniyat tarixining uzoq davri mobaynida iqtisodiy sabablar tufayli sayohatlar muhim o’lchovda qilinadi. Tovarini sotish va boshqa yerlardaish ko’rish maqsadida ruyobga chiqqan kuchishlar sayohatlarni tarkib toptirdi, Bularning yonida muqaddas yerlarni ziyorat qilish va urushlardan qochish ham muhim sayohat sabablari orasida edi. Bu jihatdan sayohat qilishning ma’nosi qiyinchiliklar va tashvishlarga duchor bo’lishi edi. Ammo bugungi kunga kelib, hozirgi zamon insonlari turli xil sabablar tufayli sayohat qilayaptilar. Bu to’g’rida birbiriga o’xshagan takliflar bor. Batafsil bo’lishi uchun bu erda sayohat motivlariga aloqador
aniq ta’rif ustida to’xtalib o’tish zarur. Jon A.Tomasning taklifiga asosan
18 ta sayohat yo’nalishlari motivlari bo’lganini ifoda qilgan. Bular quyidagilardir: Ta’lim va madaniyatga aloqador yo’nalish motivlari;
Boshqa jamiyatlarning yashash va ishlash tarzini ko’rish.
Ajoyib yerlarni tamosha qilish.
Aktual hodisalarni yanada yaxshi tushunish.
Madaniyat yoki san’at voqealarida ishtirok yetish, dam olish motivlari.
Kundalik hayotdan, monotonlikdan va konunlardan kochish.
Xush va o’yin-kulgili vaqt o’tkazish.
Yangi aloqalar o’rnatish.
Kishining, oilasining negizi kelib chiqqan yerlarni ziyorat qilish.
Kishining, oilasining do’stlari joylashgan yerlarni ziyorat qilish.
Sog’liq (quyosh, quruq iqlim).
Sport faoliyatlari (so’zish, changida uchish, baliq tutish).
Iqtisodiy arzon yashash.
Sarguzasht (yangi erlar, insonlar, tajriba).
Moslashish.
O’zini oliyjanob qilib ko’rsatish.
Tarixiy erlarni ziyorat qilish.
Ijtimoiy motivlar (dunyoni tanish).
Umuman olganda turistlarning psixologik xarakterlariga mos muomila shakllariga ko’ra har xil yo’nalishlar tashkil qilinib turistlar guruxlarga ajratiladi. Psixologik ma’lumotlar ichida kishi keng yashash tarzi, yaratgan obrusi, munosabatlari, sayohatga bo’lgan qiziqishi, oilaviy ahvolida ko’rsatgan muomalasiga qarab chiqiladi. Bu ma’lumotlarga
asosan so’rov anketalari va o’zaro uchrashuvlar bilan qo’shimcha kiritiladi. Turizm bo’yicha ispan olimi T.Plog tomonidan ro’yobga chiqarilgan sayohat yo’nalishining paydo bo’lishi motivatsiya bilan bog’liq tadqiqotlar natijasida farqlibir xulosa o’rtaga chiqqan.
T.Plog izlanishlari natijasiga ko’ra sayohat qiladiganlar bo’linmaydigan davomli bir qator shaklda qo’yilsa, uch shakldagi yo’nalishlar qo’lga olinishi mumkin. Ko’p kishilar qatorning o’rtasida qolmokda. Ikkita uch nuqtada joylashganlari esa Plog tadqiqotining asosiy tamoyilini tashkil qiladi. Bu uch yo’nalishlarning birinchi uchiga “psixotsentrik”, boshqa uchiga “allotsentrik” nomi berilgan. Bular “psixotsentrik” uchida joylashgan kishilar siqilgan, tortinchok, sarguzashtni sevmaydigan insonlardir. “allotsentrik” uchida joylashganlari esa o’zlariga ishongan, sarguzashtni yoqtiradigan kishilardir. Bu ikki guruh xususiyatlariga ko’ra Plog boshqa turist tiplarini va boshqa ziyorat qilinadigan erlarning borligidan bahs etgan. Plogga ko’ra, “allotsentrik” bir tip mustaqil bir tajribaga o’xshay oladigan sayohatni, erishishi qiyin bo’lgan joylarni tanlaydi. Masalan, Afrika, Janubiy Amerika va kimsasiz orol kabi joylarda. O’rta nuqtada qolgan tiplar Gavai, Yevropa kabi tanilgan erlarga sayohat qiladilar. "Psixotsentrik" tipdagi bir turist esa, masalan, “Disneyland” ga paket (raskade) tur bilan kyetishdan mamnun bo’ladi. Bu ikkita uchda joylashgan tiplarning xususiyatlari shu shaklda ajratilishi mumkin.
“Allotsentrik” tiplar: Sarguzashtchi va o’z boshiga tadqiqotdan zavq oladi, kashfiyotdan zavqlanuvchi va yangi hayajonlarni istaydi. Kashfiyotsiz yerlarni borib ko’rishni hohlaydilar. Umuman, qiziqish doirasi katta. Turistik hususiyati bo’lmagan yerlarni sevadilar. O’ynash
va ovqatlanish mavzusida, asosan, komfort va qulaylikni yoqtiradilar. Boshqa o’lkaning insonlari bilan tanishishdan, madaniyatlari bilan qiziqishdan zavqlanadilar.
|
| |