Vikipediya, ochiq ensiklopediya




Download 130.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.07.2023
Hajmi130.9 Kb.
#76290
Bog'liq
Navigatsiya - Vikipediya
3-mavzu. Xatoliklar nazariyasi reja-fayllar.org, 1-амалий иш, I-II-III darajali sertifikat


Navigatsiya
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya (lotincha: navigo — kemada suzaman) — 1) kemalarda suzish, uchish apparatlarida uchish;
kemalarni (dengiz N.si), uchish apparatlari — samolyot, vertolyot va boshqalarni (havo N.si), kosmik
apparatlar — kosmik kemalarni (kosmik N.) boshqarishning nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab
chiqish bilan shugʻullanadigan fan. Asosiy vazifalari: eng xavfsiz va qulay yoʻlni (kureni) tanlash; N.
asboblari yordamida harakat yoʻnalishi va oʻtgan yoʻlni aniqlash; apparatlarni boshqarish uchun eng
qulay haritafafik proyeksiyalarni oʻrganish va tanlash; N. ma-salalarini analitik va grafik usullarda
yechish; apparatning tanlangan yoʻldan ogʻishiga sabab boʻladigan tashqi omillarni hisobga olish; sunʼiy
yoʻldoshlar va Yerdagi nishonlar yordamida apparat oʻrnini aniklash hamda bu maʼlumotlarning
anikligini tekshirish. N.ning vazifalari geodeziya, haritagrafiya, gidrografiya, okeanologiya va
meteorologiya usullaridan foydalanib hal etiladi.
Dengiz N.si kadimdan maʼlum. Kemalarni boshqarishning oddiy usullari qad. Sharq xalqlariga maʼlum
boʻlgan. Kema kursini magnit mili yordamida aniqlash usuli topilgach (11-asr), teng burchakli toʻfi
silindrik proyeksiyalash usulini qoʻllab harita tuzilgach (16-asr), mexanik lag (kemaning oʻtgan yoʻlini
aniqlaydigan asbob) kashf qilingach (19-asr), hozirgi N.ga asos solindi. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida
fizika fanining taraqqiy etishi natijasida kemalarni boshqarishning elektr N. va radiotexnika asboblari
yaratildi. L. Eyler, M. V. Lomonosov va boshqa olimlar N. masalalarini ishlab chiqishda katta rol
oʻynadilar. A. S. Popov radioni ixtiro qilgandan soʻng N. taraqqiyotining yangi bosqichi shakllandi. N.da
impulsli, impulsfazali va fazali radionavigatsiya tizimlari yoki sektorli radiomayaklardan foydalanildi.
Ochiqdengizdagi N. uchun global radionavigatsiya tizimlari ishlab chiqildi. Bu maqsadda navigatsiya
sunʼiy yoʻldoshlari tizimidan foydalanish ancha samarali.
Fanning rivojlanishi va texnikaning takomillashishi natijasida N. maʼlumotlarini olish, ishlab chiqish va
bevosita boshqarish tizimiga uzatish ishlarini avtomatlashtirishga imkon tugʻildi; 2) mahalliy iklim
shartsharoitlarni hisobga olgan holda, dengiz, daryo va boshqa suv havzalarida kemachilikka imkon
beradigan mavsum.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Navigatsiya&a
ction=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Manbalar


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Navigatsiya&oldid=2849983" dan olindi

Download 130.9 Kb.




Download 130.9 Kb.
Pdf ko'rish