|
Rekreatsiya va turizm geografiyasi
|
bet | 18/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIKDavolanish turizmi. Ushbu turdagi turizm shaxsiy xarakterga ega bo‘lib, ko‘p hollarda turistlar o‘z sog‘ligini tiklash, yani davolanish uchun bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. Davolanish turizmi organizmga ta’sir ko‘rsatishiga qarab, iqlimiy, dengiz iqlimida
davolanish, shifobaxsh balchiqqa, quyosh nurlarida davolanish kabi turlarga bo‘linadi.
Ko‘rish(Tanishuv) turizmi. Turizmning ushbu turi biror bir mamlakat hududini tomosha qilish uchun tashkil qilinadi. Sayohat qilishdan asosiy maqsad – turistlarning dunyoqarashini kengaytirishdir. Tomosho qilish uchun sayohatga chiqishning muhim turlaridan biri avtomobillarda, avtobuslarda sayohat qilish hisoblanadi.
Tadbirkorlik turizmi. Turizmning ushbu turida turistlar ma’lum bir maqsad yuzasidan bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. Ish yuzasidan amalga oshiriladigan turistlar davvlat yoki biror bir tashkilot tomonidan safar xarajatlari to‘lanadi. Shu sababli ko‘pchilik davlatlar o‘zlarida ko‘proq xalqora yig‘ilishlr o‘tkazishga harakat qiladilar. Tadbirkorlik turizmida savdo-sotiq ishlarini tashkil qlish, ilmiy kongres, anjuman, ishlab chiqarish seminarlari, xalqaro ko‘rgazmalar, stanoklarning Yangi texnologik linyalarini ishga tushirish, shartnomalarni imzolash ishlari amalga oshiriladi.
Ilmiy turizm. Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o‘qish, ta’lim olish, malakasini oshirish, anjumanlarda ishtirok etish uchun amalga oshiriladigan tashriflar ilmiy turizm deb ataladi. Turizmning ushbu turi Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya, Xitoy kabi davlatlarda rivojlangan. Sport turizmi. Turizmning ushbu turi sportchilarning turli musobaqalarda qatnashishi, ma’lum sport turi bo‘ycha tayyorgarlik
ko‘rish uchun joy mamlakatlarga borishidir.
Shop turizm. Xorijiy mamlakatlardan har xil tovarlar sotib olishi tushuniladi. Jumladan, turistlar Turkiya, Italiya, Portugaliya va Suriyaga poyabzal, trikotaj va boshqa tovarlar sotib olish uchun borsa, Hindistonga
to‘qimachilik mahsulotlarini sotib olish uchun Gretsiya va Argentinaga mo‘yna, po‘stin sorib olish uchun borishadi. Turizmning ushbu turi hisobiga Tovar sotuvchi mamlakatlar kata foyda oladilar.
|
| |