• Ijtimoiy rag‘banlantirish turizmi
  • Rekreatsiya va turizm geografiyasi




    Download 0,56 Mb.
    bet20/59
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #142301
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
    Bog'liq
    TURIZM DARSLIK

    Ekzotik (antiqa) turizmi keying yillarda tarkib topa boshladi. Jumladan, Gretsiyaning “Manos Treval” turistik firmasi oyiga sayohat qilishni rejalashtirmoqda. Fransiyaning “Ajara” turistik firmasi muzyorar kemada Antarktida va Arktikaga sayohat qilishni rejalashtirmoqda. Ayrim turistlar suv ostiga sayr qilishni yaxshi ko‘radilar.
    Ijtimoiy rag‘banlantirish turizmi. Ushbu turizm davlat tomonidan aholining ma’lum qatlami uchun ijtimoiy yordam sifatida ajratilgan mablag‘ hisobiga amalga oshiriladi. Turizmning ushbu turi evziga daromadi kam kishilarning dam olishi uchun imkoniyat yaratiladi.
    Tashkiliy turizm. Yakka holda yoki guruh holda turistik tashkilotlar tomonidan uyishtiriladi. Bunday turistlar turistil yo‘llanmalarga ega bo‘ladilar.
    Harakatlanishi bo‘yicha turistlar asosan piyoda harakatlanishi mumkin, samalyotlarda, kemalarda, velosipedda, avtomobilda va h.k aytib o‘tishimiz mumkin. Bunda masalan hududdan ma‘lumot turisttik obyektlariga joylashgan hududga borish uchun turli xil harakatlanish vositalaridan foydalanishadi. Turistik obyektlarni aylanish davomida ham shu harakatlanish vositalaridan foydalanishi mumkin. Joylashish joyi
    bo‘yicha turistlar mehmonxonada, motelda, pansionatda, kempingda, palatka singari joylarga joylashishi mumkin. Motel, pansionat va kemping haqida tushuncha.
    Motel – shahar tashqarisida, shahar bo‘yida, magistral yo‘l yoqalarida joylashgan oddiy bir yoki ikki qavatli binolar. Bu kichik yoki o‘rta korxonalardir (400 o‘ringacha). Kam sonli xodimlarni o‘rta darajali xizmat ko‘rsatishi harakterlidir. Mijozlari bo‘lib havvaskor avtoturizmiga urg‘u berilgan turli kategoriyadagi turistlar hisoblanadi.
    Pansionat – dam olish uyining bir turi yoki kurortda dam oluvchilar mehmonxonasi. Asosan, shahar tashqarisida, xushmanzara joylarga quriladigan bino va inshootlar majmui. Pansionat xonalar 1 kishiga, oilaviy va keksa kishilarga mo‘ljallanganligi bilan dam olish uylaridan farqlanadi. Pansionatda yotoq korpusi, oshxona, kinokonsert zali, ma’muriy, xo‘jalik va boshqa yordamchi xonalar bo‘ladi.
    Kemping – avtomashinalarda sayohat qiluvchilar uchun chodirli yoki yengil tipda qurilgan uylari va avtomobillar turadigan joylari (bevosita chodirlar oldida yoki umumiy maydonchada) bor yozgi oromgoh. Kempingda yotoqxona (2-4 kishiga), oshxona, dushxona, yuvinish joyi va boshqalar bo‘ladi. Ba’zan Kempingda sport va raqs tushish maydonchalari, kino zali, aloqa bo‘limi va do‘konlarni o‘z ichiga oladi.

    Download 0,56 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rekreatsiya va turizm geografiyasi

    Download 0,56 Mb.