|
Rekreatsiya va turizm geografiyasi
|
bet | 17/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIKTurizm geografik belgilar bo‘yicha 2 ga bo‘linadi; ichki va tashqi (xalqaro) turizm.
Ichki turizm – bu o‘z mamakati hududida qiyinchiliksiz (vizasiz, bojxona to‘siqlarisiz va h.k) istalgan joyga safar qilishi, dam olishi va boshqa turistik faoliyatda mashg‘ul bo‘lishidir. Ichki turizm bilan xalqaro turizm bir-biri bilan chambarchas rivojlanib boradi. Ammo ichki turizmda so‘zlashuv, transport (ko‘pchilik o‘z shaxsiy avtomabillarida sayohat qilishini hisobga olib) va boshqa muammolar oson kechadi. Hozirgi kunda ichki turizm salmog‘i – 90 %.
Xalqaro turizm – bu bir davlatdan boshqa davlatga uyushtirilgan sayohatidir. U viza, meditsina tekshiruvi, valyuta almashtirish va boshqa ko‘pgina tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro turizm ma‘lum maqsadda uyushtirilgan marshrut yo‘nalishi asosida guruh yoki yakka tartibda
kechishi mumkin. Bunda eng avvalo sayyohlar shu davlatning o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy obida va shaharlari, madaniyati san’ati, urf-odati bilan tanishish hamda boshqa betakror turistik obyektlaridan zavq olishdan iboratdir.
Xalqaro turizm mamlakatning to‘lov balansiga ta’sir ko‘rsatishga qarab faol va nofaol turlariga bo‘linadi. Har bir mamlakat uchun uning fuqoralari boshqa mamlakatlarga sayohat qilishi nofaol turizm, xorijiy sayyohlarning kelishi esa faol turizm deyiladi.
Sayohat qilishning davomiyligiga qarab xalqaro turizm qisqa muddatli va uzoq muddatli turlariga ajratiladi. Agar turistik sayohatning davomiyligi 3 kungacha bo‘lsa, uni qisqa muddatli turizm, 3 kundan oshsa uzoq muddatli turizm qatoriga kiritadilar.
Turistik oqimlar asosan 2 ta yo‘nalishda kechadi; bular kelish va ketish. Ma’lum bir davlat fuqoralarining boshqa davlatlarga sayohat qilishi ketish yo‘nalishiga misol bo‘la o‘lsa, boshqa davlatlardan bizning davlatimizga turistlarning tashrif buyurishi kelish yo‘nalishiga misol bola oladi.
Maqsadiga ko‘ra turizm quyidagi turlarga bo‘linadi Rekreatsiya turizimi – turistlarning o‘z yurti yoki biror bir
mamlakatga dam olish uchun borishdir. Ispaniya, Italiya, Fransiya va Avstraliyaga boruvchi turistlar ko‘proq dam olish uchun boradilar.
|
| |