• Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Tortinchoqlikni bartaraf etish uchun relaksatsion psixotreninglar




    Download 376.95 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana26.05.2023
    Hajmi376.95 Kb.
    #65182
      1   2   3
    Bog'liq
    Ro’ziyeva Dilobar Chori qizi (2)
    3-маъруза, TDIU maqola1, Педагогик тадкикотларнинг экспериментал натижаларини кайта ишлаш. Микдорий усулларнинг узига хослиги., 1596473494, Mirabdullayev Shukurulloh, 4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009, Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerla, Aslus kurs loyihasi, Behzod ehtimol, Laboratoriya ishi №12,13. Cisco Packet Tracer dasturida dhcp ser, Mavzu yordamchi so‘z turkumlari va ularning uslubiyati reja Ko, Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalar rеja I., Metallarni bukish texnologiyasi Reja i-bob. Metalldan yasalgan , Termodinamika asoslari (M.Alimova, Sh.Mavjudova)


     
    MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA 
    TORTINCHOQLIKNI BARTARAF ETISH UCHUN RELAKSATSION 
    PSIXOTRENINGLAR 
     
    https://doi.org/10.5281/zenodo.6595435
     
     
    Ro’ziyeva Dilobar Chori qizi 
    Jizzax shahar 32-DMTT psixologi 
     
    Annotatsiya: Bolaning muloqotga kirisha olishi, insonlarni yoqtirishi, notanish 
    insonlar orasida o‘zini erkin tutishi, tengdoshlari jamoasiga kira olishi, o‘zining
    shaxsiy kiziqishlari tufayli biron-bir faoliyatda o‘zini ko‘rsata olishi hamda
    hayotida uchraydigan omadsizliklarni yengil qabul qila olish xususiyatlari
    bolaning normal shaxs sifatida shakllanishida juda muhimdir.
    Kalit so‘zlar: tortinchoqlik, relaksatsion texnikalar, autogen mashqlar, 
    meditatsiya samimiylik, o‘z-o‘ziga baho berish, empatiya, “Men”-obrazi, muloqot. 
    Tortinchoqlik korreksiyasi muammosi turli xil yoshda hal etilishi mumkin.
    Lekin asosiy e’tiborni kichik bolalik davriga qaratilishi kerak, chunki
    muammoning asosiy negizi bolalik davri hisoblanadi. Bolaning muloqotga kirisha
    olishi, insonlarni yoqtirishi, notanish insonlar orasida o‘zini erkin tutishi,
    tengdoshlari jamoasiga kira olishi, o‘zining shaxsiy qiziqishlari tufayli biron-bir 
    faoliyatda o‘zini ko‘rsata olishi hamda hayotida uchraydigan omadsizliklarni yengil
    qabul qila olish xususiyatlari bolaning normal shaxs sifatida shakllanishida juda 
    muhimdir. Relaksatsion metodikalarni qo‘llash stresslarni bartaraf etishda, 
    nevrozlarning oldini olishda, psixik va jismoniy charchashning oldini olishda 
    mahsuldor hisoblanadi. Bolalar qo‘rquvlari, agressiya, hissiy va shaxsiy 
    muammolar bilan ishlashda ijobiy ahamiyatga ega.Relaksatsiyani doimiy amalda 
    qo‘llash (1 necha oy davomida 1 kunda 1-2 marta qo‘llanadi) umumiy xavotirlanishni
    kamaytiradi. Zo‘riqishli vaziyatlarda psixologik va fiziologik qo‘zg‘alishlarning
    kamayishiga olib keladi. Relaksatsiya ruhiy sog‘liqni mustahkamlashga olib keladi,
    xulq-atvorda internallik darajasi ortadi.Bolalar bilan ishlashda relaksatsion
    texnikalardan keng foydalanish ularning nerv psixik zo‘riqishlari bilan tushuntiriladi. 
    Hayotning tezlashgan tempi, kun davomida dam olish davrlarining qisqarishi 
    psixofizik va somatik buzilishlarga olib keladi. Psixologlar relaksatsion mashqlarni 
    bolalarning kundalik hayotiga tatbiq etish va ularni doimiy ravishda qo‘llashni
    tavsiya etadilar. Relaksatsion mashqlar natijasida erishiladigan psixofiziologik 
    tinchlik bolaning kuch-quvvatini tiklaydi.Relaksatsiyaning xulq-atvor metodlari sharq 
    madaniyatida keng qo‘llaniladi. G‘arbda ular yaqindan boshlab qo‘llanila
    boshlandi. So‘nggi vaqtlargacha relaksatsiya korreksion ta’sir ko‘rsatishning
    xavfsiz shakli hisoblanadi. Lekin bu metodlarning ommalashishi bilan bir necha


    salbiy effektlar aniqlandi. Eng avvalo reallik bilan aloqa yo‘qolishi mumkin. Bu
    tipdagi buzilishlar kuchli gallyusinatsiya (eshitish va ko‘rish) holatining kuchayishida 
    namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun fantaziyasi kuchli bolalar bilan 
    ishlashda juda ehtiyot bo‘lish lozim, chuqur relaksatsiya ularning holatini yanada 
    yomonlashtirishi mumkin.Relaksatsion texnikalarni qo‘llash dori va ximik 
    vositalarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Relaksatsion mashqlarni qo‘llash
    uchun doira shaklida qo‘yilgan qulay kreslo va alohida xona kerak. Polga
    matras yoki gilam to‘shalgan bo‘lishi zurur. Gulli pardalar, yorug‘lik, tabiat
    manzarasi tushirilgan kartinkalar bo‘shashishga qo‘shimcha vosita bo‘lishi
    mumkin. Relaksatsion texnikalarni psixogimnastika, art-terapiya, rolli-o‘yinlar bilan 
    qo‘shib 
    olib 
    borilsa, 
    psixokorreksiyada 
    katta 
    muvaffaqiyatga 
    erishish 
    mumkin.Relaksatsion texnikalar Relaksatsion texnikalar orasida nerv-muskul
    relaksatsiyasi asosiy hisoblanadi. Bunda skelet muskulaturasidagi zo‘riqishni va 
    asabiylashishni kamaytiradigan qator mashqlar bajariladi. Bu mashqlar qo‘llanmaga 
    muvofiq bajariladigan muskullarning qisqarishi va bo‘shashishiga qaratilgan 
    mashqlarni o‘z ichiga oladi. Nerv-muskul relaksatsiyasining eng mashhur 
    metodlaridan biri Dj.Djekobson metodidir. Unga ko‘ra mashqlar 2 fazadan iborat: 
    zo‘riqish va bo‘shashish.Bo‘shashish albatta zo‘riqish fazasidan keyin bo‘lishi
    kerak. Zo‘riqishda maksimal, muskullar qisqarishi juda kuchli bo‘ladi. Har bir mashq 
    4-5 marta takrorlanadi. Mashqlarni ko‘zlarni yumilgan holda bajarish zarur. 1
    qism. Bo‘shashamiz.Tanangizni bo‘sh qo‘ying. Bir tekis nafas oling.
    Ko‘zlaringizni yuming. Ko‘z oldingizga maysazordagi yolg‘iz gulni keltiring. U
    bo‘lib o‘tgan bo‘rondan so‘ng asta-sekin tiklanmoqda. Yuqoriga qarab asta- bo‘y
    cho‘zmoqda, barglari chiqmoqda. O‘zingizni shu gul deb tasavvur qiling. 
    Momaqaldiroq o‘tib ketgandan so‘ng gul yolg‘iz qoladi...Siz tinchlik, yorug‘lik,
    iliqlikni his qilasiz. Xavotirlangan ruhingizda ichki yorug‘likni his qilasiz. Dam
    oling. Tinchlik va jimlikda tayanchni his qilasiz. Yashang, o‘sing va takomillashing.
    2 qism. Psixorasm- “ Men kelajakda qanday bo‘laman?” mavzuida rasm chizish. 
    3- qism. Harakatli o‘yinlar – stuldan stulga o‘tish, o‘rtada turgan bola
    bo‘sh stulga o‘tira olmasin, koptokni bir-biriga otish. 
    4-qism. So‘zsiz muloqot – guruhning bir a’zosi axborotni imo-ishora, mimika 
    bilan yetkazib beradi. Eski tanishlarning salomlashishi, urishlar, bolalar 
    bog‘chasidagi o‘yinlar, chanada uchishlar va boshqalar o‘ynalishi mumkin. 
    5-qism. Mavzuli o‘yinlar- “Mening zerikishim”, “Yordam so‘rayman”, “Xafa 
    bo‘layotgan insonni yupatish”. Relaksatsiya atamasi butun organizmda yoki uning bir
    qismida quyi psixofizik faollik bilan xarakterlanadigan tetiklik holatidir.
    Psixokorreksion amaliyotda relaksatsiyaning quyidagi metodlari qo‘llaniladi: nerv-
    muskul 
    relaksatsiyasi, 
    autogen 
    mashqlar, 
    meditatsiya, 
    nafasninazorat 
    qilish.“Saqich”.Og‘zingizda qattiq, tishlab bo‘lmaydigan saqich bor. U og‘zingizni 
    to‘ldirib qo‘ydi. Og‘zingizni yopish uchun uni tishlaymiz.“Limon” (o‘tirgan yoki
    yotgan holda). Bir qo‘lingizda limon. Uni soki chiqquncha siqamiz. Limon
    ushlagan qo‘lingizni qattiq siqamiz. Limon soki qanday oqayotganini ko‘ramiz.


    Endi limon ikkinchi qo‘lda.Uni sok chiqquncha siqamiz. Endi ikkinchi
    qo‘lingizda ham limon bor, mushtingizni qattiq siqamiz. Limon qoldiqlarini otib 
    yuboramiz, qo‘limizni tozalaymiz.“Toshbaqa” (turgan yoki o‘tirgan holda). Toshbaqa 
    quyoshda o‘tirib isinmoqda. Bundan xavf tug‘ildi, kimdir, toshbaqaga
    yaqinlashmoqda. Toshbaqa xavf yaqinlashganda toshining ostiga bekinib oladi.
    Yelkalarni ko‘tarib, boshni yelkaga qarab tortdi, bunday holda 3-5 sekund qolinadi. 
    Xavf ketgandan keyin toshbaqa toshi ostidan chiqadi. Yelkalarni tushirib, qo‘llarni
    kerishtiring, bo‘shashing. Toshbaqa boshini qimirlatib, xavf yo‘qmikan deb
    qaraydi. Xavf tug‘ildi, mashq yana davom etadi.“Filcha”(turgan yoki yotgan holda).
    Filcha bola qorni ustidan o‘tmoqchi. Qorinni shunday qattiq qisish kerakki, filcha
    undan o‘ta olmasin. Qorin muskullarini 3-5 sekund qattiq ushlab turing. Fil o‘tib 
    ketdi, nafas chiqarib bo‘shashish mumkin. Filcha yana o‘tmoqchi va b.“Iflos 
    maysazor” (turgan yoki o‘tirgan holda).Oyoqlaring iflos maysazorga tushib ketdi,
    oyoqlarni tortib olgingiz keladi, lekin hech tortolmaysiz.Oyoqlarni tortib olgingiz
    keladi, lekin hech tortolmaysiz. Bir oyoqni chiqarib olamiz. Oyoqni kuch bilan
    poldan tortib olamiz. Endi xuddi shunday qilib, ikkinchi oyoqni ham tortib
    olamiz.Sekin maysazordan sakrab chiqamiz. Fu, qanday iflos oyoqlar. Har bir
    oyoqni silkib, iflos loylarni tushiramiz.“Mushuk” (turgan yoki o‘tirgan holda).
    Dangasa mushuk ko‘chada o‘tirib atrofdagilarni kuzatmoqda. Qo‘llarini yuqoriga
    ko‘tarib, qo‘llarini yuq origa ko‘tarib, iloji boricha yuqoriga osiladilar. O‘z 
    tovonlarini tushiradilar. Yana bir marta osiladi. 

    Download 376.95 Kb.
      1   2   3




    Download 376.95 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tortinchoqlikni bartaraf etish uchun relaksatsion psixotreninglar

    Download 376.95 Kb.
    Pdf ko'rish