• Meditatsiya
  • Tortinchoqlikni bartaraf etish uchun relaksatsion psixotreninglar




    Download 376.95 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana26.05.2023
    Hajmi376.95 Kb.
    #65182
    1   2   3
    Bog'liq
    Ro’ziyeva Dilobar Chori qizi (2)
    3-маъруза, TDIU maqola1, Педагогик тадкикотларнинг экспериментал натижаларини кайта ишлаш. Микдорий усулларнинг узига хослиги., 1596473494, Mirabdullayev Shukurulloh, 4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009, Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerla, Aslus kurs loyihasi, Behzod ehtimol, Laboratoriya ishi №12,13. Cisco Packet Tracer dasturida dhcp ser, Mavzu yordamchi so‘z turkumlari va ularning uslubiyati reja Ko, Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalar rеja I., Metallarni bukish texnologiyasi Reja i-bob. Metalldan yasalgan , Termodinamika asoslari (M.Alimova, Sh.Mavjudova)
    Autogen mashqlar 
    Autogen mashqlar – psixoterapiya metodlaridan biri bo‘lib, stressli ta’sir 
    natijasida buzilgan bola organizmidan dinamik muvozanatni qayta tiklashga 
    yo‘naltirilgandir. Metodikaning asosiy elementlari bo‘lib muskul relaksatsiyasi,
    o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini tarbiyalash (autodektiya) hisoblanadi. Autogen 
    mashqlarning faolligi gipnoterapiyaning ba’zi salbiy jihatlariga qarshi chiqishi 
    mumkin.Autogen mashqlarning ikki bosqichini ajratish mumkin. Quyi bosqichi
    –og‘irlikni issiqlikni, his qilish, yurak va nafas faoliyati ritmlarini egallashga
    yo‘naltirilgan mashqlar yordamida relaksatsiyaga o‘rgatish. Yuqori bosqichi
    autogen meditatsiya bo‘lib, turli darajada trans holatlarini yaratishdir. Autogen
    mashqlar nevrozlar korreksiyasida va psixosomatik kasalliklarda mahsuldordir. U
    hissiy zo‘riqish, nutqning nerv buzilishida keng qo‘llanilishi mumkin. 
    Meditatsiya – boshqa metodlarga qaraganda bolalar bilan ishlashda kamroq 
    qo‘llaniladi. Psixokorreksiyada meditatsiya nerv psixik buzilishlarni tuzatishda,
    psixologik muammolarni anglashni yengillashtirishda qo‘llanilishi mumkin.Har
    qanday meditatsiyaning boshlanishi – konsentratsiya –diqqatning bir joyga 
    to‘planishi, barcha chetki narsalarga e’tibor bermaslik, barcha boshqa ichki his-
    tuyg‘ularga chalg‘imaslik. Barcha meditatsiya turlarida yangilanish, yorug‘lik, 
    odatdagi ong chegarasidan chiqish, ongsizlik holatiga o‘tish kutiladi.Meditatsiya 
    ob’ektda diqqatning to‘planishini, ongni maqsadga yo‘naltirib qaratishda namoyon


    bo‘ladi. Diqqat konsentratsiya ob’ektidan chalg‘ishi bilan shaxs ixtiyoriy ravishda 
    uni ob’ektga qaratadi. 
    Meditatsiya o‘tkazish qoidalari 
    - Tinch, shovqindan xoli bo‘lgan, iliq xonada o‘tkazish zarur; 
    - Och qoringa yoki ovqatdan 1,5- 2 soatdan keyin o‘tkaziladi; 
    - Mashg‘ulotlar doimiy bo‘lib, haftasiga 3-4 marta o‘tkazish maqsadga 
    muvofiq.15 minutdan 45 minutgacha o‘tkazish zarur. Har kungi qisqa mashqlar, har 
    zamonda uzoq vaqt o‘tkaziladigan mashqlardan afzaldir. 
    - Meditatsiyani barcha sodir bo‘layotganlarni passiv qabul qilish ustanovkasi 
    bilan o‘tkazish kerak. 
    - Relaksatsiya usuli sifatida meditatsiya bolalarda alohida o‘tkazilmaydi, boshqa 
    texnikalar bilan qo‘llaganda yuqori natijalarga erishish mumkin. Bugungi kunda
    amaliy psixologiya mediativ ertaklar, psixogimnastik
    etyudlarni ko‘p to‘plagan. Misol sifatida L.M.Krijanovskiyning “Garmoniya” 
    nomli ijtimoiy ta’limiy dasturini keltiramiz. Nafasni ongli nazorat qilish – hissiy
    zo‘riqishni bartaraf qiladigan qadimgi usullardan biridir. Eramizgacha bo‘lgan
    davrda xavotirlanish hissini kamaytirish va umumiy relaksatsiya uchun qo‘llaniladi. 
    Psixofiziologik relaksatsiya holatiga erishish uchun diafragmal nafas olish usullari 
    mahsuldor hisoblanadi.Nafasni ixtiyoriy boshqarish – haddan tashqari zo‘riqishni 
    bartaraf etish uchun qulaydir. Uni har xil holatlarda qo‘llash mumkin.Nafas mashqlari. 
    To‘liq nafas oling. Nafas olishni burun orqali boshlash kerak. Nafas olganda qorin
    oldinga chiqadi, keyin ko‘krak qafasi kengayadi. Nafas olish uzunligi 2-3 sekund.
    Nafa olishdan keyin tanaffus bo‘lmasligi kerak. Keyin asta-sekin nafas chiqariladi.
    Nafas chiqarish burun yoki og‘iz orqali boshlanadi.2-3 sekund nafas chiqariladi.
    Nafas chiqarishdan so‘ng 2 sekund pauza qilinadi. Keyin yana nafas olinadi.K.Everli 
    metodi bo‘yicha nafas mashqlari Mashq relaksatsiyani tez chaqirishga qaratilgan. 
    1 bosqich. “Qulay joylashib oling. Chap qo‘lingizni qorningiz, kindigingiz ustiga
    qo‘ying.Endi o‘ng qo‘lingizni chap qo‘lingiz ustiga shunday qo‘yingki, sizga 
    qulay bo‘lsin. Yopiq ko‘zlar bilan mashqlarni bajarish oson bo‘ladi. 
    2 bosqich. “Ko‘z oldingizga bo‘sh butilka yoki qopni keltiring, u qo‘lingiz turgan
    joyda sizning uyingizda yotibdi. Qop havo bilan to‘lishi bilan qo‘llaringiz
    ko‘tarila boshlaydi. Tasavvur qiling, nafas olayotganingizda qop havo bilan to‘ladi.
    Qorin sohasida boshlangan to‘lqinsimon harakat ko‘krak qafasining o‘rta va yuqori 
    qismiga o‘tadi”. Mashg‘ulotlarning birinchi va ikkinchi haftasida nafas olish 
    davomiyligi 2 sekundni tashkil qilishi kerak, keyinchalik ko‘nikma hosil bo‘lgandan 
    so‘ng uni 3 sekundga oshirish mumkin. 
    3 bosqich. Nafasingizni ushlab turing. Havoni qopning ichida ushlab turing. 
    Quyidagilarni qaytaring. “Mening tanam tinch”. Bu bosqich 2 sekunddan ortiq davom 
    etmasligi kerak. 
    4 bosqich. Sekin-asta nafas chiqarib qopni bo‘shating. Bunda ham “Mening 
    tanam tinch” deb davom eting. Nafas chiqarayotganda ko‘tarilgan qorin va ko‘krak 
    qafasining bo‘shashayotganligini his qilasiz. Bu bosqich ham oldingilariday davom 


    etadi, lekin 1-2 haftadan keyin uni 1 sekundga oshirish mumkin. Barcha mashqlarni 3-
    5 marta davom ettirish keark. Bosh aylanganda 6-8 yoshli bolalar uchun 
    psixogimnastika asosida mashg‘ulotlardan namunalar 
    Salom bolalar. Bugun biz kichik sehrli bolalar bilan tanishamiz va ular bilan
    birga o‘ynaymiz. Bu odamlarning ismi gnomiklar. Ular sizlar kabi kichik. 
    Sizlardan ham kichik bo‘lishi mumkin.Menga ularning qanday kichikligini
    ko‘rsating (boshlovchi poldan qandaydir balandlikni ko‘rsatadi, bolalardan yanada
    kichik balandlikni ko‘rsatishni so‘raydi). Gnomiklar qanday kichik bo‘lishadi.
    Yana ularda uzun mo‘ylovi bo‘ladi, qanday ko‘rsating (Bolalar ularning mo‘ylovi
    qanday uzunligini ko‘rsatishadi).Gnomiklarnin oyog‘ida yog‘och oyoqlari bo‘lib,
    qattiq ovoz chiqaradi. Yog‘och kabluklar qanday ovoz chiqaradi (Bolalar oyoqlari 
    bilan taqillatishadi).Gnomiklar boshida “din-din” deb ovoz chiqaradigan
    qo‘ng‘iroqli 
    qalpoqchalar 
    bor 
    (bolalar 
    shapkalar 
    kiyib 
    boshlarini 
    qimirlatadilar).Gnomiklar o‘rmondagi g‘orda yashaydilar (hamma devor oldiga borib, 
    unga suyanadi). G‘orda gnomiklar o‘z buvalari bilan o‘ynashni yoqtiradilar. Kelinglar 
    o‘ynaymiz.Men buvaman. Men chapak chalganimda, oldimga kelasizlar. Agar men 
    “lya-lya-lya” deb qo‘shiq aytsam, siz sakraysiz. Qani bir ko‘raylikchi? Olib boruvchi 
    galma-galdan qarsak chaladi, qo‘shiq aytadi. Dastlab u ham sakrab yuradi. 
    Keyinchalik bolalar nima qilishni tushunib olganlaridan keyin o‘zlari qarsak va 
    qo‘shiqqa mos harakatlar qiladilar.Gnomiklar o‘rdakchalarga o‘xshab yurishni 
    yoqtiradilar (boshlovchi qanday yurish kerakligini ko‘rsatib beradi). Qarsak qanchalik 
    tez chalsam, gnomiklar o‘rdakcha bo‘lib shunchalik tez yuguradilar.
    Boshladik.(Olib boruvchi 3-4 marta chapak chalish ritmini o‘zgartiradi.Endi
    qo‘llarimizni ushlab, kimdir buvaning qo‘lidan ushlab oladi va “ipli nina” o‘yinini
    o‘ynaymiz. Buva qayoqqa borsa, sizlar ham shu yoqqa borasizlar. Faqat
    qo‘llaringizni tushirmanglar, ip uzilib ketishi mumkin.(boshlovchi orqasidan xona 
    bo‘ylab yuguradilar, har xil to‘siqlarga duch keladilar, temp bir tezlatiladi, bir 
    sekinlatiladi). 
    4 mashg‘ulot. “Boshlovchi ortidan bor” mashqi raqs terapiyasiga kiradi. Uncha 
    katta bo‘lmagan guruh ishtirokchilari boshlovchi bilan birga bo‘lish imkoniyatiga
    ega bo‘ladilar. Mashqlar maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Katta guruh 4-5 
    odamlik guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhcha chiziq bo‘ylab turib oladi. Eng chetda 
    turgan ishtirokchi boshlovchi rolini o‘ynaydi.Boshlovchi xona bo‘ylab xayoliga
    nima kelsa, shunday harakatlanadi. Boshqalar istak bo‘yicha uning harakatlarini
    takrorlaydilar. Bir necha minutdan so‘ng boshlovchi oxiriga kelib turadi. Uning
    o‘rnini boshqa ishtirokchi egallaydi. Mashqni har bir ishtirokchi boshlovchi bo‘lib, 
    harakatli repertuarni kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Bu mashq ayniqsa agar 
    harakat yo‘lida bir necha guruh to‘qnashsa juda qiziq va quvnoq bo‘lishi mumkin. 



    Download 376.95 Kb.
    1   2   3




    Download 376.95 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tortinchoqlikni bartaraf etish uchun relaksatsion psixotreninglar

    Download 376.95 Kb.
    Pdf ko'rish