• Tarbiyaviy
  • Dars turi
  • Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. Salomlashish. O’qituvchi
  • O’quvchi: Hozir musiqa darsi. Davomatni aniqlash: O’qituvchi
  • Bugungi darsimiz Milliy cholg’ulardan doira va nog’ora. Doira
  • M usiqa tinglash: Raqs o’zbek xalq kuyi
  • Mavzu: Milliy cholg'ular bilan tanishamiz




    Download 40,11 Mb.
    Sana19.01.2024
    Hajmi40,11 Mb.
    #141398
    Bog'liq
    2 sinf milliy cholg\'ular



    Mavzu:Milliy cholg'ular bilan tanishamiz.
    Musiqa tinglash:,,RAQS”o'zbek xalq kuyini tinglab,kuyga mos qo'l harakatlarini bajarish
    Jamoa bo'lib kuylash:,,Olma,,P.Mo'min she'ri D.Ommonullayeva musiqasi
    Musiqa savodi: ,,Milliy cholg'ular-doira va nog'ora bilan tanishish
    Darsning maqsadi:
    Ta'limiy:,,Raqs"o'zbek xalq kuyini tinglab,kuyga mos qo'l harakatlarini bajarish haqida tushuncha berish.
    Tarbiyaviy:O'quvchilarda jahon va o'zbek musiqasiga bo'lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
    Rivojlantiruvchi:O'quvchilarda musiqaga bo’lgan mehrlarini uyg’otish va estetik his tuyg’ularini shakllantirish.
    Kommunikativ kompetensiya:O’z fikrini og’zaki bayon qila olish,mavzudan kelib-chiqib savollarga to’g’ri javob bera olish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan(audio-video yozuvlarga jo’r bo’lib kuylay olish)tinglash faoliyatida foydalana olish.
    Dars turi:An’anaviy
    Dars jihozlari:musiqa kitobi,slayd,tarqatma materiallar,musiqa asbobi
    Uslub:Hikoya,Suhbat,aqliy hujum,klaster
    Shakl:suhbat-munozara,jamoada ishlash.
    Vosita:Tarqatma materiallar,audio SD-disk yozuvlari,fortepiano cholg’u asbobi,rag’batlantiruvchi kartochkalar.
    Nazorat:Og’zaki nazorat,savol-javoblar,kuzatish.
    Dars jarayoni:
    1.Tashkiliy qism. 5-min
    2.O’quvchilarga musiqa fani haqida tushuncha berish 10-min
    3.Yangi mavzuni tushuntirish. 10 -min
    4.Yangi mavzuni mustahkamlash. 15-min
    5.O’quvchilarni baholash. 3-min
    6.Uyga vazifa. 2-min
    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism.
    Salomlashish.
    O’qituvchi:
    -Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,
    Latofatga boylarim,ham sho’x quvnoqlarim
    Tinglab mening so’zlarim,olgaysiz saboqlarim
    O’ylab puxta javob bering,hozir qay dars ayting
    O’quvchi:
    Hozir musiqa darsi.
    Davomatni aniqlash:
    O’qituvchi:
    Qani bolajonlar aytingchi bugun kim navbatchi sinfda.
    Davomat olingandan so’ng o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.
    II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash:Aziz bo’ston-O’zbekiston sherini so’rash va tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni aytish.
    III.Yangi mavzu bayoni:Milliy cholg’ularimiz doira va nog'ora bilan tanishish.
    Bolajonlar yangi mavzuni tushuntirishda oldin sizlarga bitta hikoya aytib beraman.
    Doira.
    Qadim-qadim zamonlarda bir mamlakatning savdogarlari savdo qilish uchun safarga chiqishibdi.Yo’llari Cho’li Malikdan o’tar ekan.Yo’l yurishib yo’l yurishsa ham mo’l yurishib Cho’li Malikning qoq o’rtasiga borib qolishipti.
    Bir payt g’amlagan suvlari tugab qolipti.Suvsizlikdan birin-ketin sullayishib qolishipti.Karvonda bir yigit ham bor ekan.U o’zining meshidagi oxirgi suvini safardoshlari og’ziga tomchilab tomchilab quyipti.Odamlar biroz o’ziga kelishibdiyu ammo issiqlik va suvsizlikdan yo’lga chiqa olishmabdi.Shunda boyagi yigit o’ylab-o’ylab suvdan bo’shagan meshni yorib,aravaning g’idiragiga tarang qilib tortibdi Shundan keyin oftobga qaratib qo’yibdi.So’ngra uni taka-tumlata qilib chala boshladi.G’ayratabiiy bu ovozdan odamlar ham o’zlariga kelib g’imirlay boshlashibdi. Doira ovozi boshqa karvondagilarga yetib boripti va ushbu ovozni eshitib kelishibdi.Suv berib falokatga uchragan savdogarlarni o’zlari bilan savdoga olib ketishibdi.Shu-shu doira ovozi bum baka bum deb chiqadigan bo’libdi.
    Bugungi darsimiz Milliy cholg’ulardan doira va nog’ora.
    Doira
    Zarbli cholg’u asboblaridan biri hisoblanadi
    X o’sh bolajonlar doira cholg’usini ko’rganmisizlar?

    Nog’ora
    Bu ham zarbli cholg’u asboblari turiga kiradi bu 2 ta tayoqcha bilan chalinadi. Mavzu tushuntirilganidan keyin kalonkada ushbu cholg’ular ovozi eshittiriladi.

    Xo’sh bolajonlar mana ozgina bo’lsa ham ushbu cholg’u asboblar bilan tanishdik yana yuqori sinfda ko’proq cholg’ular haqida ma’lumotga ega bo’lamiz.Ana endi sizlar bilan musiqa tinglaymiz.


    M usiqa tinglash: Raqs o’zbek xalq kuyi

    Mana bolajonlar kuyni ham eshitdik xo’sh bolajonlar ushbu kuyda qanaqa cholg’ular ovozi eshitildi.


    Hamma bolajonlar pianino oldiga kelamiz va sizlar bilan yangi qo’shiq o’rganamiz.
    J amoa bo’lib kuylash:

    Mana bolajonlar ushbu qo’shiqni so’zlarni yodlab kelasizlar.


    Uyga vazifa: Uyga vazifa qilib bugungi qo’shiqni yodlab kelish.



    Download 40,11 Mb.




    Download 40,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Milliy cholg'ular bilan tanishamiz

    Download 40,11 Mb.