Musiqa madaniyati




Download 14.39 Kb.
Sana10.04.2017
Hajmi14.39 Kb.

Musiqa madaniyati

Musiqa ta’limining ham bola shaxsini shakllan­ti­rishdagi o‘rni beqiyos. Shun­day ekan, ushbu fan o‘qi­tilishida samaradorlikni oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishiga e’tibor qaratish musiqa ma­da­niyati fani o‘qituvchilariga alohida mas’uliyat yuklaydi.

Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin.
Prezi­dentimizning “Musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash to‘g‘risida”gi 910-sonli qarori doirasida amalga oshirilayot­gan ishlar zamirida o‘quv­chilari­mizni barkamol qilib tar­biyalash, ma’naviyatli yoshlar orqali yurtimiz taraq­qiyotining poydevorini mus­tahkamlash, uning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsad yotadi.

2012-2013-o‘quv yili uchun takomillashtirilgan o‘quv das­turi bola ruhiyati va ma’naviy ola-mini go‘zallashtiruvchi, Vatan tuyg‘usini kuchay­tiruvchi, milliy va umuminsoniy qad­riyatlar tarannumi aks etgan kuy-qo‘shiqlar bilan boyitildi. Optimallashtirilib, qayta ishlangan o‘quv dasturi asosida tuzilgan taqvim-mavzuli reja asosida 2—7-sinflarga jamoa bo‘lib kuylash uchun quyidagi qo‘shiqlar kiritildi: 2-sinfda “Bolalar qo‘shig‘i”, Mirshakar she’ri, X.

Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Mirshakar (taxallusi; asl ism-sharifi Mirshakarov Mirsaid) (1912.23.4, Tojikiston, Shugʻnon tumani - 1993.31.8, Dushanba) - tojik shoiri, dramaturg . Tojikiston xalq shoiri (1962). Tojik adabiyotida sheʼriyatning epik janrlarini rivojlantirgan.
Hasanova musiqasi, “Sho‘x bolajonlar”, I.Jiyanov she’ri, X. Hasanova musiqasi “Quyosh”, I.Jiyanov she’ri, G.Qo‘chqo­rova musiqasi; 3-sinfda “Maktabim”, A. To‘xtayev she’ri, X. Inag‘omov musiqasi, “Bolalik”, Dilnur she’ri, X.Ha­sanova musiqasi; 4-sinfda “Vatan”, X.Raxmat she’ri, X.Hasanova musiqasi, “Mehrli kunlar”, N.Isroilov she’ri, X.Ha­sanova musiqasi, “Navbahor”, N.Narzullayev she’ri, G.Qo‘ch­qorova mu­siqasi, “Maktab”, K.Turdiyeva she’ri, J.Ab­durahmonov musiqasi; 5-sinfda “Mening diyorim”, I. Jiyanov she’ri, X. Hasanova musiqasi, “Navro‘z”, K.Turdiyeva she’ri, N.Qur­bonova musiqasi, “Sumalak”, A.Obidjon she’ri, X.Hasanova musiqasi, “Bar­kamol avlod”, I. Mirzo she’ri, I.Yo‘ldosheva musiqasi, “Gullar”, Fotima va Zuhra Ziyomuxa­medova she’ri va musiqasi; 6-sinfda “Us­tozlar”, G.Qo‘chqo­rova she’ri va musiqasi, “Sport”, K.Tur­diyeva she’ri X. Hasanova musiqasi; 7-sinfda “Tinchlik bo‘lsin”, X. Axmedova she’ri,
X. Hasanova musiqasi, “Sho­diyona”, R.Isroilova she’ri, X.Hasanova musiqasi, “O‘z­bekiston”, M.Omon she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.

O‘quvchilarning musiqaga qiziqishi, o‘zlashtirish sama­radorligini oshirish uchun o‘qituvchilar quyidagi jihat­larni e’tiborga olgan holda darslarni rejalashtirishi lozim:

— nazariy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarda musiqa savodi haqida umumiy tushunchani shakllantirish va notalar haqida bilim berish;

— musiqiy cholg‘ularni xususiyatiga ko‘ra guruhlarga bo‘lib o‘rgatish;

— dirijorlik qoidalari va ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quvchilarga tanish bo‘lgan musiqiy asarlardan foyda­lanish.

O‘qituvchilar shunga asosiy e’tibor qaratishi lozimki, amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish faoliyat turlarini bajaradilar.

Qo‘shiq o‘rgatishdan avval ovoz sozlash mashqlari bajariladi. Bunda ovozning sof, tiniq sozlanishiga erishish va o‘quvchilarni toliqtirib qo‘y­maslik uchun notalar o‘rniga so‘zlar qo‘yib, musiqiy shaklda kuylanadi. Bunday kuylash o‘quvchilarning talaffuzi rivojlanishini ham ta’minlaydi. Ovoz sozlash mashqlari bolalarga yaqin she’riy misralar, tez aytishlar, o‘yin sanoqlaridan tashkil topgan bo‘lishi mum­kin. Bunda to‘g‘ri nafas olish va nafas chiqarish qoidalari haqida ham tu­shuncha berilishi lozim. Nafas olish texnikasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun bolalarga shar puflash mashqini bajartirish tavsiya etiladi.

Boshlang‘ich sinflarda mu­siqiy asarlarning diapazoni kvinta oralig‘ida bo‘lishi, seksta intervalidan oshmasligi lozim. Ovoz sozlash mashq­laridan so‘ng qo‘shiq o‘rga­tishga o‘tish mumkin. Bunda avval qo‘shiq matni va mualliflari haqida qisqagina ma’lumot suhbat tarzida beriladi. Suhbat o‘quvchilarda mavzu haqida to‘liq tushun­chaga ega bo‘lib, fikr-mulohazasini ifodalash ko‘nikmasi rivojlanishiga yordam beradi.

Ritmik jihatdan qiyinchilik tug‘dira­digan qo‘shiqlarning ritmini avval chapak yordamida o‘rganib, so‘ng so‘zlar bilan takrorlab, so‘z va ritm aniq o‘zlashtirilgandan so‘ng ohang yo‘li o‘rgatilishi tavsiya etiladi. Musiqa savodi mashg‘u­lotlarida esa asta-asta milliy cholg‘ular bilan tanishtirgan holda keyinchalik notalar haqida bilimlar boyitib bo­riladi.

Boshlang‘ich sinflarda bolaning tez toliqishini inobatga olgan holda amaliy mashg‘u­lotlardan so‘ng musiqa tinglash, musiqa ijodkorligi hamda bolalarning musiqa asboblariga jo‘r bo‘lib kuylashi kabi faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin.

4—6-sinflarda ham ovoz sozlash va qo‘shiq o‘rganish jarayonlari quyi sinflarniki kabi bo‘lib, ovoz diapazonini sekunda va tersiya inter­valigacha ko‘tarish mumkin. Bu yoshdagi o‘quv­chi­lar­ning musiqiy tarbiyasida jamoa bo‘lib kuylash va tinglash bilan birga, musiqaga mos raqs elementlarini bajarish boladagi jismoniy sezgirlikni, musiqiy xarakterni to‘g‘ri anglash va unga munosabat bildirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

7-sinf o‘quvchilarining musiqiy va estetik didi bir muncha shakllangan bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi o‘quvchilarga zamonaviy musiqa va jahon musiqa madaniyatining ko‘zga ko‘­ringan sozanda va xonan­dalarining ijrosini eshit­tirish lozim. O‘smir yoshga mo‘l­jallangan barcha turdagi ovoz sozlash mashqlari ham shunga xos tanlanadi. Ushbu ovoz sozlash mashqlari qo‘shiq­lardan olingan lavhalar ko‘­rinishida bo‘lishi hamda notalarning nomlari bilan berilishi mumkin. Bunda mashq­lar quyi sinflarga qaraganda ritmik va ohang jihatdan murakkabroq bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bu yoshdagi o‘quvchilarning ijro repertuariga alohida e’tibor berish talab etiladi. Chunki ularning ijro mahorati darajasi ancha o‘sgan, ko‘nikma va malakalari shakllangan bo‘­ladi.

7-sinf o‘quvchilari bilan tinglash faoliyatini amalga oshirish jarayonida musiqani anglashga, uni idrok etishga, cholg‘ularni bir-biridan farqlashga, musiqiy janrlarni ajratish hamda diqqatni jamlashga o‘rgatish tavsiya etiladi.

Musiqa madaniyati dars­larida kompyuterning sibelius programmasidan foydalangan holda musiqa savodi, musiqa tinglash kabi faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin. O‘quvchilar mazkur program­ma orqali nota yozu­vini o‘zlash­tirishda muammoga duch kelmaydi. Musiqa madaniyati darslarida mav­zuga oid slaydlar, tex­nologik xaritalar, multimedia darslar, ko‘rgaz­mali, tarqatma mate­riallar, mavzuga oid animat­sion tasvirlar hamda tinglash uchun operalarning audio va video variantlaridan foyda­lanish maqsadga muvofiq.

Xarita Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya)

Musiqa madaniyati dars­larida internet tarmog‘idan foydalanish o‘quvchilarda qiziqishni oshirib, ularning dunyoqa­rashini shakllanishiga yordam beradi. Internet tarmog‘i­dan foydalanishda quyida­gilar tavsiya etiladi:

1. Internet tarmog‘idan foydalangan holda musiqa tinglash uchun sinf fono­tekasini tashkil etish.

2. Enkor, sibelius (notalarni terish, notali matnlar ijrosi) dasturlaridan foydalanib darslarni tashkil etish.

3. Musiqa madaniyati faniga oid yangiliklarni izlab topish va amaliyotga joriy etish.

4. Ta’lim saytlaridan foydalangan holda kerakli manba va ma’lumotlarni o‘quvchilarga o‘rgatish.

5. Internet tarmog‘idan foydalangan holda fanga oid turli tadbirlar, konfe­ren­siyalar va videoroliklarni masofaviy ta’lim asosida amalga oshirish.

Bugungi kunda Inter­netning turli saytlaridan musiqa madaniyati fani bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni topish mumkin. Quyida shunday saytlardan ayrimlari sanab o‘tilgan bo‘lib, musiqa madaniyati darslarini tashkil etishda tayyorgarlik ko‘rish uchun ushbu saytdagi ma’lumotlar va metodik qo‘llanmalardan foydalanish tavsiya etiladi:

http://www.uzedu.uz

http://www.rtm.uz

http://pedagog.uz



http://www.ziyonet.uz

http://www.marifat.uz


Download 14.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa


Musiqa madaniyati

Download 14.39 Kb.